Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt15i (samarasi), yoki
faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma
menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli
boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya
egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali
menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi
(xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga
chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda),
uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular
kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda
davom eta-dilar
Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Oxir oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar
kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar
aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu
korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi
singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat
qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarfxarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari
kerak.
Biroq, korporativ menejment maqsadlarini faqat aksiyadorlar manfa-atlariga
xizmat qilish bilan cheklab qo‘yilganda ham, unga erishish usullarini aniq
belgilashning iloji yo‘q. Aslini olganda, menejerlar kompaniya egalari bilan har bir
masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari va xizmatlari assortiment17ini tanlash,
kapital jalb qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhokama
qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini so‘rashlari mumkin. Unday
bo‘lsa, kompaniya egalari firmani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik muta-saddi
bo‘lsalar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shuncha darajada
mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan
foydalanishdan ma’no qolmagan bo‘lar edi.
Bundan tashqari, bir necha kishi boshqaradigan firma uchun bunday
yondoshuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksiyadorlari soni juda ko‘p firmalarda
buning deyarli iloji yo‘q. Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahon-ning turli
mamlakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mavjud. Shunday qilib,
menejerlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab
chiqish juda muhim masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga
taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida doimo so‘rov
o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak.
Avvalambor, mazkur qoida samarali bo‘lishi uchun uni bajarish mene
jerlardan aksiyadorlarning riskka moyilligini ham, biznesni boshqarish bo‘yicha
kundalik amaliyotning boshqa masalalari yuzasidan ularning fik-rini bilishlarini
ham talab etmasligi kerak. Chunki bu kabi ma’lumot-larni olishning o‘zi – ilojsiz
narsa. Hatto bunday masalalar ma’lum vaqt kelib, oshkor bo‘lsa ham, bundan katta
ma’no yo‘q, chunki ular doimo o‘zgarib turadi. Aksiyalar doimo qo‘ldan qo‘lga
o‘tib turganligi uchun demak, korpo-ratsiya mulkdorlari ham muntazam ravishda
o‘zgarib turadi. Demak, menej-ment asosiy qoidasining bajarilishi korporatsiya
mulkdori (egasi) kim ekaniga zinhor bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Rioya qilingan taqdirda, menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani
o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qaror-larni
qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |