4.2. Kerakli asbob uskunalar
1) Laboratorik tarozi.
2) Idishlar (stakanlar).
3) O’lchovchi chizg’ich.
4) Shtanginsirkul.
5) Kurakcha maydalangan tog‘ jinsini solish uchun.
6) Patnos idish.
7) Tajriba ishlarini qayd qilish jurnali.
8) Yozish asboblari.
4.3 Tajriba natijalarini ishlash, hisobot tuzish
Doimiy og'irlikda quritilgan rudalardan yoki kernlardan namunalar turli o'lchamdagi noto‘g‘ri shakldaagi buzilgan tog’ jinslari bo'laklari shaklida tayyorlanadi, ular bir necha o'lchamdagi fraktsiyalarni olish uchun elakdan o'tkaziladi.
2) Har bir talabalar uchun rahbar maxsus idishlarga joylashtirilgan har biri 3,0-4,0 kg og'irlikdagi fraktsiyalar bo'laklari shaklida tadqiqot uchun buzilgan jinslarning namunalarini beradi.
4.4. Tajribani bajarish tartibi
1. Tajriba o’tkazilayotgan har bir namunani raqamlab chiqish.
2) Har bir jins namunasini diqqat bilan tekshiring; tashqi ko'rinishi bo'yicha ish jurnalida, so'ngra laboratoriya ishi bo'yicha hisobotda uning tuzilishining xususiyatlarini aniqlang va tavsiflang:
- rangi, struktura, teksturasi;
- namunaning mineralogik tarkibi - namunadagi monomineral yoki polimineral jinsligi;
- tog‘ jinslariga kelib chiqishi bo'yicha qaysi guruhga kirish mumkinligi (magmatik, metamorfik, cho‘kindi).
3) Har bir o‘lchamdagi fraktsiya namunalarining umumiy ko‘rinishining eskizlarini (yoki fotosuratlarini) tuzing.
4) Buzilgan namunalarining har bir qismini ularning bo‘laklarining o‘rtacha diametrining o‘lchamiga o‘sish tartibida raqamlang.
5) Tashqi o‘lchamlarni shtanginsirkul bilan o‘lchang va har bir fraksiyaning buzilgan tog‘ jinslari bo'laklarining minimal va maksimal (dan to) o'rtacha diametrini hisoblang.
6) Shtanginsirkul bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o'lchash yo‘li bilan o‘lchash idishining ichki bo‘shlig‘ining diametri dс va chuqurligini (balandligi) hс aniqlang.
7) Laboratoriya tarozisida 0,1 g aniqlikda bo'sh va toza o'lchov idishining mс massasini aniqlang.
8) Ruda solingan konteynerdan o‘lchov idishiga savok bilan idish chegarasidan sal ortiqroq qilib buzilgan tog‘jinsini soling.
9) Lineyka bilan idishning yuqori chegarasini tekislab idish bilan tog‘ jinsining tekis holga keltiring.
10) Tog‘ jinsi bilan birgalikda idishni og‘irligini mсп 0.1 gr aniqlikdagi laboratoriya tarozisida o‘lchang.
11) Idishdagi buzilgan tog‘ jinsini dastlabki konteynerga qaytadan soling va qolgan fraksiyadagi namunalar uchun shu tajribani takrorlang.
12) 13) O'lchov natijalarini 4.1-jadvalga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |