SPORT RIVOJLANISH, HAR TOMONLAMA TARBIYALASH VA HAYOTIY TAJRIBAGA TAYYORLASH VOSITASI SIFATIDA
Fatullayeva Muazzam Azimovna
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi
Sport faoliyati jismoniy mashqlarni keng miqyosda qo‘llashga asoslanganligi uchun ham sportchi organizmiga o‘z–o‘zidan sog‘lomlashtiruvchi, mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega ekanligi ayondir. Jismoniy sifatlarni rivojlantirib borish, irodani tarbiyalash va mustahkamlash shaxsning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishiga imkon beradi. Sport mashg‘u-lotlari jarayonida sportchi o‘z funksional imkoniyatlarining yuqori darajasiga erishishi va unda juda ko‘p boshqa foydali malakalarning hosil bo‘lishi unga ayrim hayotiy vaziyatlarda vujudga keladigan muammolarni yaxshiroq hal qilishga yordam beradi va shu tariqa amaliy xususiyat kasb etadi.
Sportning sog‘lomlashtirish vazifasi. Sportning ushbu vazifasini amalga oshirilishida ommaviy yoki bazaviy sport, ayniqsa, katta rol uynaydi. Bunda sport natijalari unchalik yuqori bo‘lmasada, lekin kishining qo‘lidan keladigan, bajarsa bo‘ladigan mashg‘ulot yuklari, mashg‘ulotlar va musobaqalarning yuqori darajada his-hayajon tuyg‘ulari bilan to‘liq o‘tkazilishi turli yoshdagi hamda har-xil ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan million-million kishilarni sportchilar safiga jalb kilish imkoniyatini beradi.
Inson organizmi, uning qalbi va hayotiy kuchlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tufayli hamda ayni vaqtda bir talay his-hayajon manbai bo‘lganligi uchun ham sport bo‘sh vaqtni yaxshi o‘tkazish, ko‘ngilli dam olish va ko‘ngil ochar tadbirlar tashkil qilishning keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi.
Sportning estetik hususiyatlari. Sport tomosha turi sifatida qadimdan mashhur bo‘lib kelgan. Hozirgi zamon ommaviy kommunikatsiyasi (aloqa) turlari, ayniksa, televideniye dunyoning istalgan yerida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalardan millionlab kishilarning bahramand bo‘lishiga yordam bermoqda.
Sportga xos bo‘lgan ob’ektiv xususiyatlar uning juda ko‘p kishilarni qiziqtiruvchi tomosha turlaridan biriga aylanishi asosi bo‘lgan. Musobaqalashish sharoitidagi yuqori ruhiy xolatlar, oldindan aytib bo‘lmaydigan natijalar, o‘z jamoasi yoki o‘z mamlakati, millati, mintaqasi, sportchisi uchun qayg‘urib, vatanparvarlik his-tuyg‘ularining namoyon bo‘lishi va boshqa shunga o‘xshash xolatlar sportning yuksak darajadagi estetik ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’at va boshqa san’at turlarida sport o‘z ifodasini topganligi tasodifiy emas.
Sport ijtimoiy munosabatlar sohasi ekanligi. Sport faoliyati jarayonida insonlar bir-birlari bilan quyidagicha turli munosabatlarga kirishadilar:
– raqobatchilik munosabatlari;
– hamkorlik munosabatlari;
– jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar;
– raqobatlashayotgan jamoalar orasidagi munosabatlar;
– sportchilar o‘rtasidagi munosabatlar va
sportchilar bilan sport hakamlari o‘rtasidagi munosa-batlar;
sportchilar bilan tomoshobinlar o‘rtasidagi munosabatlar; v) sportchilar bilan murabbiylar o‘rtasidagi munosabatlar; Mazkur munosabatlarning hammasi birgalashib sportchining shakllanishiga yordam beradi va ular sportning shaxsga ta’sir ko‘rsa-tish (shaxsning ijtimoiylashuvi) asosini tashkil etadi. Ijtimoiy munosabatlarning ushbu masala bo‘yicha jiddiy shug‘ullanish va unga katta e’tibor berish zarur hamda amalda
282
sport faoliyatidan ijti-moiy munosabatlarda har kanday shaklda bo‘lsa ham namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Sportning insonparvarlik (gumanitar) vazifasi. Gumanitar – fransuzcha so‘z bo‘lib, insonparvarlik, degan ma’noni anglatadi. «Sport tili» baynalminal til bo‘lganligi tu-fayli, sport kurashining mantiqi halollikdan iboratdir. Raqiblar izzat-nafsiga tegmaslik, ularni bir-biridan ajratmaslik, aksincha, ularning eng yaxshi fazilatlarini namoyon etishga yordam berish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, sport faoliyati xalqlar o‘rtasi-dagi o‘zaro hamkorlikka, ularni jipslashtirishga xizmat qiladi. Sportning insoparvarlik asoslarini mustahkamlash va kengayti-rishda halqaro olimpiya harakatining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Sport ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa sifatida. Sport insonga badan tarbiya tarzida jismoniy ta’sir ko‘rsatadiki, faol omillar insonni mehnatga va ijtimoiy faoliyatining boshqa zarur turlariga tayyorlashning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi, millatlararo va baynalmilal aloqalarni mustahkamlash hamda kengaytirishga yo‘naltirilgan etik va estetik tarbiya vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Sport musobaqa faoliyati sifatida. Musobaqalar, bellashuvlar, ya’ni muayyan chegaradagi raqobat-chilik sportning musobaqalashish faoliyatini ifoda etadi. Shu tariqa raqiblar o‘rtasidagi natijalar ob’ektiv ravishda bir-biriga taqqoslanadi, hamda bir-biriga qarshi kurashayotgan shaxslar va jamoalarning muayyan qobiliyatlariga baho beriladi.
Sport faoliyatining ehtiyojlari, motivlari, tabiiy va ijtimoiy stimullari. Sportni hayotga tatbiq etadigan bo‘lsak, sport – bu inson imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga umumiy ta’sir etish, buning uchun maxsus tayyorgarlik orqali o‘sha imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, tobora oshib boradigan qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan musobaqalarga maxsus tayyorlanish va ularda muntazam ishtirok etishdan iborat ekanligi; sport – bu muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladigan hissiyotlar olami ekani, bu jismoniy munosabatlarning murakkab majmuasi hamda shu bilan birga eng keng tarqalgan tomosha shakli ekanligi, hozirgi zamonning ommaviy ijtimoiy harakatlaridan biri ekanligini ko‘ramiz.
Sport sohasidagi o‘zaro munosabatlar. Sportning sohaga ta’sirini shakllantiruvchi omillardan biri bu sport faoliyati jarayonida va shu faoliyat bilan bog‘liq holda vujudga keladigan odamlar o‘rtasidagi musobaqalar, bu musobaqalarning ko‘lami va keskinligidir. Mazkur musobaqalar hech qachon sof holda faqat shaxsiy musobaqalardan iborat bo‘lmaydi. Ular har doim jamoalararo, millatlararo va halqaro sport musobaqalaridan iborat bo‘lib, bu musobaqalar sportchini keng ko‘lamdagi ijtimoiy munosabatlar olamiga olib keladi. Sport hayotining murakkab vaziyatlarida insondagi olijanoblik, halollik, o‘z raqibiga hurmat, musobaqa qoidalariga va sport etikasiga qat’iy rioya qilish singari fazilatlarning namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |