Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHINI JISMONIY TARBIYALASHDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK



Download 7,41 Mb.
bet178/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

O‘QUVCHINI JISMONIY TARBIYALASHDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK


Toshov Murod Xalilovich
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi

Har bir pedegogik jarayonning asosini uzviylik va uzluksizlik tashkil etadi. O‘qitish yoki tarbiyalash jarayonlari mazkur tamoyillar negizida o‘z mazmunini yanada mukammal boyitib boradi. Jumladan, pedagogikaning bir qismi hisoblangan jismoniy tarbiya va sport ham uzluksizlik, uzviylik va izchillik kabi tamoyillar negizida amalga oshirishni taqozo etadi.


Jismoniy tarbiya va sport sohasi amaliy va nazariy jihatlari bilan ajralib turadi. Bu esa sohani amalga oshirishda yuqorida aytib o‘tilgan uzluksizlik va uzviylik tamoymillari qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiya va sportda amaliy bilimlar, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uzluksizlik va uzviylikni talab etadi.


Respublikada 2000 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan va dunyoda yagona hisoblangan uch bosqichli sport musobaqalari tizimi – «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport musobaqalari aynan ta’lim tizim hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarining uyg‘unlashtirilgan, bir-biriga yo‘g‘rilgan shakli hisoblanadi. «Milliy model» nomini olgan mazkur sport musobaqalari tizimi ta’lim tizimining uchta asosiy bosqichini qamrab oladi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim bosqichlarini. O‘quvchi va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mazkur sport musobaqalariga tayyorlanadilar. Sport bilimlari oshishi, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi asnosida o‘quvchi va talab yoshlarning salomatlik darajasi ham yaxshilanib boradi. Ular orasida sog‘lom turmush tarzi shakllanadi.


Respublikamizda aholi salomatlik darajasini aniqlash va oshirish masalasi hukumatimizning doimiy diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bu o‘rinda aholining barcha qatlamlari, xususan, ta’lim tizimini ham qamrab oluvchi «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu test me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi aholisining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatlamini o‘z ichiga oladi. Mazkur test me’yorlari ham ta’lim tizimidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashda katta ahmiyatga egaligi bilan ajralib turadi.


Yuqorida aytilgan sport musobaqalari va test me’yorlaridan tashqari jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari sport to‘garaklari ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Umumta’lim maktablari, Akademik litsey va ksb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari DTS asosida o‘qitilib kelinayotganligi, darsdan tashqari sport to‘garaklarining tashkil qilinganligi jismoniy tarbiya va sportdagi uzluksizlik hamda uzviylikning amaliy ifodasidir.


286
Yoshlarning sportga qiziqishlari ortishi, salomatlik darajasi yaxshilanib borishida ta’lim tizimiga jismoniy tarbiya va sport chuqur kirib borganligining natijasi, deb tushunish mumkin. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport harakatini aniq tasavvur qilish uchun quyidagi rasmni misol tariqasida keltirish mumkin.


Umuman, jismoniy tarbiya va sport sohasi amaliy xarakterda ekanligi, doimiy mashg‘ulotlar va shug‘ullanishlar natijasida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Shu sababli sohani rivojlantirish, uni yanada yuqori bosqichlarga olib chiqish yuqorida aytilganidek uzviylik va uzluksizlik asosida amalga oshadi.


Hozirda ko‘pgina mutaxassislar, yetakchi olimlar jismoniy tarbiya darslarini, xususan, umumta’lim maktablarida tashkil qilinayotgan jismoniy tarbiya darslarini yanada takomillashtirish masalasi ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ma’lumotlarga ko‘ra jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarning harakatga ehtiyojining 10 – 11 %ini qondirar ekan. Shunga ko‘ra aytib o‘tish kerakki, o‘quvchilarning harakatga ehtiyojini to‘la qondirish maktab va sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlari orqali amalga oshiriladi.


O‘quvchi hamda talaba yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada qiziqtirish, ularni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish mazkur sohada uzluksizlik va uzviylikning mazmunini tashkil etadi. Ushbu jarayonlarni tizimli yondashuvlar asosida, maqsadli tarzda amalga oshirish samardorligi yuqori hisoblanadi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish