1.O`quv materialini idrok qilish, tushunish, mustahkamlash, hamda amalda qo‘llash qaysi jarayonning bosqichlari?
A. Ta‘lim jarayonining
B. Takrorlashning
V. Bilish jarayonining
G. Tarbiya jarayonining
D. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining
2.Ta‘lim mazmuniga qaysi javobda to‘g‘ri ta‘rif berilgan?
A. Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari doirasida o‘z aksini topadi
B. Davlatning xalq ta‘limi va muayyan turdagi o`quv yurti oldiga quyidagi vazifalarida namoyon bo‘ladi
V. Maktabda belgilab beriladigan ta‘lim-tarbiya jarayoni
G. O`quvchilarni egallab olishi lozim bo‘lgan, bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi
D. Hamma javoblar to‘g‘ri ta‘riflangan
3. O`quv rejasining mohiyati qaysi javobda berilgan.
A.Har bir o`quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim, hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjati
B.O‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o`quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjati
V.Tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi hujjat
G.Ta‘lim mazmunini belgilovchi hujjat
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
1.Ta‘lim qoidalari qaysilar?
A.Ilmiylik va onglilik
B.Izchillik va muntazamlilik
V.Tarbiyalovchilik va ko‘rsatmalilik
G.Amaliyot bilan bog‘liqlik
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
2. O‘qitish usullari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A.Og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, muammoli izlanish, reproduktiv
B.Ko‘rgazmali, uqtirish, nasixat, namuna, o‘rgatish, odatlantirish
V.Amaliy mehnat, jismoniy, aqliy, ekologik, iqtisodiy, amaliy
G.Estetik, grafik tushuncha, ta‘riflar, qoidalar chiqarish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
3. Ta‘limning og‘zaki usulining turlari qaysi javobda berilgan?
A.O‘qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab ma‘ruzasi
B.Ko‘rgazmali, texnika vositalari, kuzatish
V.Muammoli vaziyat yaratish, testlar, amaliy mashg‘ulot
G.Mashqlar, grafik ishlar, ko‘rgazmali, ekskursiya
D.Hech qaysi javoblar to‘g‘ri berilmagan
1.O‘qitishning amaliy usuli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A.Og‘zaki, yozma mashqlar, frontal tajribalar, grafik ishlar
B.Laboratoriya ishlari, namoyish qilish, ko‘rsatish, kuzatish
V.Kuzatish, ko‘rsatish, suhbat, ma‘ruza, hikoya
G.Namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya, muammoli o‘qitish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
2. Qaysi javobda sinfga to‘g‘ri ta‘rif berilgan?
A.O`quv ishlarining asosiy tashkiliy shakl, o`quvchilar bilan ishlash
B.O`quv ishlarining markaziy qismi, bolalar guruhi
V.Yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma‘lum miqdordagi o`quvchilar guruhi
G.Bilim darajasi bir xil bo‘lgan o`quvchilar guruhi
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
3.Darsning qanday turlari mavjud?
A.Aralash dars
B.Yangi bilimlarni bayon qilish
V.O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi
G.Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
1. Pedagogika qanday fan?
A.Ta‘lim haqidagi fan
B.Inson tarbiyasi haqidagi fan
V.Ma‘lumot haqidagi fan
G.Bilim haqidagi fan
D.Jamiyat haqidagi fan
2.Birinchi bo‘lib kim sinf-dars tizimini kashf etgan?
A.Forobiy
B.Ya.A.Komenskiy
V.Marg‘iloniy
G.Ruvinskiy
D.Babanskiy
3. Differentsiyalash tushunchasini qaysi tushuncha bilan teng deb qo‘llaymiz?
A.Ta‘limni optimallashtirish
B.Ta‘limni qulaylashtirish
V.Ta‘limni tabaqalashtirish
G.Hamma javoblar to‘g‘ri
D.Hamma javoblar noto‘g‘ri
1.Ta‘lim mazmuni nimalarda ifodalanadi?
A.DTS, o`quv rejasida, dasturi va darsliklarida
B.Ta‘lim metodlari, vosita va qo‘llanmalarda
V.Ta‘lim printsiplarida, o‘qituvchining amaliy ishida
G.Ta‘lim shaklida, dars tuzilishi, tipi va qo‘llanishida
D.Barcha javoblar to‘g‘ri
2.Ya.A.Komenskiyning qaysi asari ta‘lim rivojlantirishga g‘oyat katta hissa qo‘shdi?
A.Ustozi avval
B.Yengil adabiyot
V.Bolalarga jonim fido
G.Pedagogika
D.Buyuk didaktika
3.O`zbekistonda ta‘lim nazariyasining rivojiga hissa qo‘shgan pedagoglar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A.A.Avloniy
B.X.X.Niyoziy
V.S.Rasuliy
G.Qori Niyoziy
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
1.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan.
A.1996-2000, 2001-2004, 2005 yildan keyingi yillar
B.1995-1998, 1999-2001, 2002-2005 yillar
V.1997-2001, 2001-2005, 2005 va undan keyingi yillar
G.A va B javob to‘g‘ri
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
2.Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari to‘g‘ri berilgan katorni belgilang.
A.Davlat va jamiyat, ishlab chiqarish uzluksiz ta‘lim
B.Shaxs, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish
V.Ta‘lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat
G.Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
3.Uzluksiz ta‘limni faoliyat ko‘rsatish printsiplarini aniqlang.
A.Ta‘limni ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi
B.Ta‘limning insonparvarlashuvi
V.Ta‘limning ijtimoiylashuvi, milliy yo‘naltirilganligi
G.Ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
4.Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
A.Oliy pedagogik ma‘lumotli, tegishli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lgan shaxslar
B.Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar
V.Oliy va o‘rta maxsus pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslar
G.A va V javoblar to‘g‘ri
D.B va V javoblar to‘g‘ri
5.Kimlarga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi
A.Tegishli ma‘lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga
B.Oliy ma‘lumotli bo‘lmagan shaxslarga
V.Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarga
G.O‘rta maxsus ma‘lumotli shaxslarga
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
1. Quyidagi berilganlardan aqliy tarbiyaning vazifasini aniqlang.
A. Jasur va botir Vatan himoyachilarini tarbiyalash
B. Tabiatdagi, jamiyatdagi insonlar munosabatidagi go‘zallikni anglash va baho berish.
V.Nutq va tafakkurni rivojlantirish,fan asoslaridan bilimlarini har tomonlama o‘rganish.
G. Insonlarga to‘g‘ri, oqilona munosabatda bo‘lish
D. Intellektual imkoniyatlarni tarbiyalash
2. Didaktikaning asoschisi kim?
A. I.G.Pestalotstsi
B. Abu Ali ibn Sino
V. Marg‘iloniy
G. Ya.A.Komenskiy
D. Forobiy
3. Quyidagi javoblardan qaysi biri ta‘lim jarayonini ifodalaydi:
A.Shaxs shakllanadigan jarayon
B.Muayyan dunyoqarash qaror topa boradi
V.Bilmaslikdan bilishga tomon harakatning o‘z ichiga oladigan jarayon
G.Tarbiyalash jarayoni
D.O‘qishni tashkil etish jarayoni
4.Ta‘limning ikki yoqlama xarakteri nimani anglatadi?
A.Ta‘lim va tarbiya birligi
B.O‘qituvchi va o`quvchi faoliyatining birligi
V.O‘qishni tashkil qilish, o`quvchilarni individual psixik rivojlantirish sur‘atini tezlashtirish
G.O`quvchilarda muayyan dunyoqarashni tarkib toptirish
D.Ta‘lim va ma‘lumot
1.Ta‘lim jarayonining muhim belgilarini aniqlang.
A.Tarbiyaviy vazifalari amalga oshirish
B.O`quvchilarning mustaqil ishlarga o‘rgatish
V.O‘qishni tashkil qilish, o`quvchilarning individual psixik rivojlantirish sur‘atini tezlashtirish
G.O‘qish va o‘qitish
D.Hamma javoblar to‘g‘ri
2.Pedagogik texnologiya nima?
A.Pedagogik fan
B.Ta‘lim metodi
V.Pedagogik maxorat
G.A va B javoblar to‘g‘ri
3. Didaktika nimani o‘rgatadi?
A.Tarbiya jarayonining umumiy qonuniyatlarini
B.Ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini
V.Tarbiya metodlarini
G.Xalq ta‘lim tizimini
D.Barcha jarayonlarni
4. Didaktika so‘zining lug‘aviy ma‘nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A. O‘rgatuvchi
B. Bola yetaklovchi
V. Zehn va qobiliyat
G. Aqlga qayta ishlov berish
D. Tabiatni o‘rganaman
Do'stlaringiz bilan baham: |