Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BADIIY MATN TAHLILIDA MUSTAQIL TA’LIMGA INNOVASION YONDASHUV



Download 7,41 Mb.
bet135/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BADIIY MATN TAHLILIDA MUSTAQIL TA’LIMGA INNOVASION YONDASHUV

Bafoyeva Nigora Azimovna. Nuriddinova Mehriniso




Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi

Uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini sifatida oliy ta’lim tizimida o‘quv faoliyatini modernizatsiya qilish masalasi bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.


Ma’lumki, yosh avlodni yuksak axloqiy va nafosat ruhida tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish davr talabi ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.


Yangi davr kishini shakllantirishda badiiy asarga xos tasviriy vositalar, o‘ziga xos xususiyatlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy ahamiyati, ta’sir kuchi to‘liq namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa badiiy asar tilini lisoniy tahlil qilmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun badiiy asarlar tilini tahlil qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda “Badiiy matnning lisoniy tahlili” fanining o‘qitilishi talabalarning umumfilologik saviyasini oshirish, matn tahlili bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishda ahamiyati katta bo‘lmoqda. Mazkur fan umumlashma xususiyatga ega bo‘lib, u tilshunoslik, adabiyotshunoslikdan olgan bilimlarni yangi ilmiy va uslubiy bosqichga ko‘taradi. O‘quv jarayonida quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etadi:


Matn tiplari va turlari, ularni tahlil qilish metodi va prinsiplari bilan tanishtirish.


Har qanday matnning u yoki bu funksional uslub talablari asosida yaratilgan bo‘lishidan, bunda badiiy matnning o‘ziga xos jihatlari borligidan xabardor qilish.


Til birliklarining lisoniy va uslubiy xususiyatlarini farqlay olishga o‘rgatish.


Mazkur kurs bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni badiiy asardan tanlangan matn tahlilida sinab ko‘rish.


Mustaqil ta’lim talabalarning bilim olishdan maqsadlari va shu maqsadlarga qanday erishishlari-mavjud o‘quv resurslaridan foydalangan holda amaldagi o‘quv dasturlari doirasidagi materiallarni qanday o‘zlashtirishlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishlarini nazarda tutadi.


202
Talaba o‘zi anglashi va harakat qilishi, o‘qituvchi esa, o‘z navbatida, talabalarning tadqiqot olib borish ko‘nikmalari, o‘tilgan materiallarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni izlab topish qobiliyatlarini rivojlantirishga undashi lozim. Talabalarni mustaqil faoliyatni tashkil etishga va uni bajarishga o‘rgatish ta’lim samaradorligini oshiradi.


Badiiy adabiyot tilini o‘rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko‘pdan buyon filologlarni qiziqtirib keladi. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir.


Badiiy asar tilida keng qamrovli til birliklari -fonetik, leksik, grammatik va majoziy vositalarni kuzatish mumkin. Shu bilan birga, ijodkorning so‘z boyligidan o‘ziga xos tarzda foydalanishi, morfologik shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga chiqadi.


Badiiy matnni lisoniy tahlil qilishda qator tamoyillarga tayanib ish ko‘rish mumkin. Jumladan, “Badiiy matnning lingvistik tahlili” fani bo‘yicha “Lug‘aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari” mavzusini o‘rganishda quyidagicha yondashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi ana shunday tamoyillardan biri - lisoniy birliklar indeksini tuzishni talabalarga mustaqil topshiriq sifatida berishi mumkin.


Buning uchun talaba badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indeksini tuzib chiqishi kerak bo‘ladi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p qo‘llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo‘lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonimlar, antonimlar, epitetli birikmalar, metafora, metonimiya, okkazionalizmlar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining (shoirning) lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori Erkin Vohidovning she’riyatida qo‘llangan yuzlab ibora, xalq maqollari, ko‘chma ma’noli so‘zlar, sinonimlar, antonimlar va omonimlar indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqish mumkin.


Frazeologik birlik:
Ayt, qachon ko‘nglimga solding

Ishq o‘tin, ey sohira, Dil o‘zi bog‘landimu, yo Bog‘lading jodu bilan?


Men senga ko‘nglimni ochdim, Ha deb ayt, yo yo‘q deb ayt, Buncha qiynaysan dilimni, O‘rtama kulgu bilan.


Xalq maqoli:


Ko‘yida men tosh boshimni Urmagan ostona yo‘q.


Elda bor shunday masal:
Jon chekmasang jonona yo‘q.
Yoki:

Seving, deb she’r bitib avval, O‘zim bo‘ldim asiri ishq,


O‘zi tushgay emish oxir Birovga kimki qazgay choh. Bo‘libsan oshiq, Erkin,
Uz umid jondin, o‘kinch qilmay, O‘zingga, deydilar, dushman Keyin chekkan pushaymon, oh.
Metafora:

Sinonimlar:


Dilkusho do‘st, dilrabo yor- Birla kechgan dam shirin. Do‘stu yor birlan hayotu Siynai olam shirin.
Sevgining dardi faqat Beishq uchun begonadir, Ishqi yor bo‘lsa firoq- Chekkanda hatto g‘am shirin.
Dilga oqsin baxtli umrim

Kuy bo‘lib, ohang bo‘lib, Sen uning “Oromijoni”, “Gulyoru Shahnozi” bo‘l. Orzu-istakdin-ku shodon Dilga bog‘labsan qanot, Bu tilak osmonining Doim baland parvozi bo‘l.


Antonimlar:
Omonimlar:

Barcha shodlik senga bo‘lsin, Bor sitam, zorlik menga.


Barcha dildorlik senga-yu, Barcha xushtorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol, Bor azobin menga ber.
Senga bo‘lsin barcha orom, Barcha bedorlik menga.

Ko‘rdimu lol bo‘ldi aqlim, o‘ngmidi bu yoki tush, Bo‘lsa ham o‘ng, yo seni ko‘rgach, boshimdan uchdi hush. Sen baland tog‘ uzra erding, misli ohu yoki qush, Yolvorib men pastda derdim: bir nafas yonimga tush, Azganush, hoy Azganush, Azganushjon, Azganush.


Topshiriqning shu tarzda qo‘yilishi tadqiqotchiga induktiv metodddan foydalanish, ya’ni fakt, dalillardan qoidaga, nazariyaga borish imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, talabaga til birliklari haqidagi bilimlarni ongli o‘zlashtirishiga keng imkoniyatlar ochadi.


203
Lingvopoetik tahlil har bir asarga individual yondashishni taqozo qiladi. Chunki lisoniy birliklar asarga alohida maqsad va badiiyat ehtiyoji bilan olib kiriladi. Shuning uchun har bir asar lisoniy jihatdan yaxlit butunlik deb qaraladi. Tahlil asardan uzib olingan misol haqidagi mulohazalardangina iborat bo‘lib qolmasligi uchun har bir unsur asarning butuniga aloqador estetik yukni o‘zida aks ettirishini nazardan chetda qoldirmaslik muhim sanaladi.


Xulosa qilib aytganda, badiiy matn tahlilida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan mustaqil ta’limning o‘rni beqiyosdir.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish