Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet138/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Литература



  1. Божович Л.И. Личность и ее формирование в детском возрасте / Л.И. Божович. –

М.: Педагогика, 1968 – 296 с.



  1. Жесткова Е. А. Формирование ценностных ориентиров у младших школьников в процессе изучения лексики на уроках русского языка / Е.А. Жесткова, Е.В. Цуцкова // Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. – 2014. – № 12 – С. 85-88.




  1. Жесткова Е.А. Развитие речи младших школьников в процессе работы с толковыми словарями // В сборнике: Культура, наука, образование: проблемы и перспективы Материалы III Всероссийской научно-практической конференции. Ответственный редактор А.В. Коричко; Министерство образования и науки Российской Федерации, Департамент образования и молодежной политики Ханты-Мансийского автономного округа – Югры, Нижневартовский государственный университет. 2014. С. 43-45.




  1. Тяжелова М.Г. Приемы развития личностной заинтересованности младших школьников в изучении русского языка.//Начальная школа.-2007.-№11.-C.29-33.




  1. Тикунова Л.И., Игнатьева Т.В.. Начальная школа: 1200 диктантов и творческих работ по русскому языку: пособие для учителя. – М.: Дрофа, 1999. – 320с.




  1. Филиппова Л.В. Лексические упражнения как средство формирования универсальных учебных действий у младших школьников // Проблемы современной науки. –

2012. – №5.1. – С.60-69.


BUYUK SHARQNING KITOBXONLIK TARIXI VA KELAJAGI

Abdurahmonova Muhabbat Obloqulovna




Buxoro viloyati Gʻ ijduvon tumani 17-umumiy oʻrta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


oʻqituvchisi

Mustaqil respublikamizning kelgusi taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishi hozirgi davrda hayotga qadam qoʻyayotgan yosh avlodga, ularning kamolotiga bevosita bogʻliqdir. Jamiyat istiqboli ham, xalqimiz istiqloli ham har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishni taqozo etadi. Kitobxonlik madaniyati xalqning ma`naviy qiyofasini belgilaydi. Shu bois bugun yurtimizda aholining, ayniqsa, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Xalq ta`limi tizimida o'quvchilarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Prezidentimizning 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi xalqimiz ma`naviyatini yanada yuksaltirish, yosh avlod qalbida kitobga mehr uygʻotish, komil insonni tarbiyalash borasida juda muhim qadam boʻldi. Mazkur farmoyish biz, tilshunoslarning zimmamizga ham ulkan mas`uliyatni yukladi. Avvalo, kitobxonlik masalasi jamiyatning negizini tashkil etuvchi oiladan boshlash lozim. Har bir oila oʻziga xos an'anaga, boy ijodiy-intellektual boylikka ega. Ana shu ma'naviy-madaniy boylikni oʻrganish, undan jamiyat taraqqiyotida foydalanish, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun bilim va tafakkur manbai kitobxonlikni oiladan va maktabdan boshlamoq zarurligini koʻrsatadi. Lekin bu muammo O.Sharofiddinov ta'kidlaginidek, “Keng ma'nodagi kitobxonlik masalasi faqat chaqiriqlar-u da'vat bilan, xitobu shiorlar bilan hal boʻladigan masala emas... ma'naviyat masalalariga juda katta ahamiyat berayotgan, uni har bir fuqaro qalbiga yetkazish tadbirlarini juda jiddiy oʻylayotgan jamiyat... bu yoʻldagi dasturiga kitobxonlik dasturini ham qoʻshib qoʻymasa boʻlmaydi”-juda jiddiy masaladir. Olim bejizga bu haqda kuyinib


208
gapirmagan. Chunki,oilada bolalarni kitob vositasida tarbiyalash juda qiyin jarayon. Ana shu jarayonda oʻqilayotgan kitoblardagi barcha hodisa-voqealar ota-ona, oilaning boshqa a'zolari va bolalar uchun tushunarli boʻlishi, oʻquvchilarda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi, bilim berishi, ezgulikni his etishga yoʻllashi zarur. Ana shu taqdirdagina kitobxonlik oʻquvchi ma'naviyatini shakllantirishga yordam beradi. Bunda ota-onaning ma'naviy dunyosi, xulq-odobi, orzu-umidlari, hayotiy tajribasi, an'analari, kasbi katta yordam beradi. Kitob bolani dunyoni anglab olishi bilan bir qatorda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, uning shaxsiy fazilatlari tarkib topib boradi, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yoʻllarini tushunib yetadi. Bu xislatlarni egallab olgan har bir oʻquvchi yuksak ma'naviyatli shaxs boʻlib yetishadi.


Uzoq yillik tarixga nazar tashlasak, Sharqda farzand ham oilani, ham yurtni shon-shuhratga burkashni oʻzining ilk burchi deb bilgan. Islom olamida shunday hikmat mashhur boʻlgan: “Joy kishini emas, kishi joyni aziz etadi”. Buning quyidagicha sharhlari bor:


Birinchidan, sen farzandlik burchingni oʻtamog‘ing uchun dunyoga chiq, dunyo seni va tug‘ilgan joyingni tanisin. Qadimda bu hol “el kezish” deb atalgan.


Ikkinchidan, ilmda, axloqda va faoliyatda farishtasimon boʻl, toki tug‘ilgan yurtingga olam sajda


qilsin.

Uchinchidan, tug‘ilib oʻsgan joying bilan g‘ururlanma, bu oʻtkinchi haqiqatdir. Qoʻlingdan kelsa joy nomini aziz qil.


Sharqda farzandlar butun hayotida ana shu aqidani amalga oshirishga intilganlar. Misol uchun Bahouddin Naqshband tug‘ilgan qishloq oʻsha kezlari “Qasri hinduvon” - hindlar yashaydigan qishloq deb atalar ekan. Bahouddin Naqshband olamni valiylik nuriga toʻldira boshlagach, qishloq “Qasri Orifon” Xudoni taniganlar – bilimlilar qishlog‘i deb atala boshlangan. Bu darajada oʻz joyini shon-shavkatga burkash uchun har bir inson oila va maktabdan qalbga nur va ilm bilan chiqishi lozim.Xuddi shu maqsad bilan tarbiyalangan insonlar yurti ham obod boʻlib boravergan. Buyuk allomalarimizning onalari oilada farzand kamoloti uchun kitob mutolaasi, bilim egallash nechog`lik muhim ekanligini yaxshi anglagan holda o’z farzandlarini tarbiyalaganlar. Buyuk sharqning kitobxonlik an`anasi tarix zarvaraqlariga oʻz izini qoldiraolgan. Bizgacha yetib kelgan manbalarning guvohlik berishicha sharq gavhari bo’lmish Buxoroda oʻsha davrlardanoq katta kitob bozori boʻlgan, kitob doʻkonlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazgan. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud boʻlgan. Amir kutubxonasini oʻsha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Kitobga bo’lgan qiziqish uzoq oʻtmishdan asrlar osha bizga ulkan meros boʻlib yetib kelgan. Tarixdan bizga ma'lumki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiyasi juda erta, ya'ni 3-4 yoshdan boshlangan, kitob mutolaa qilishga, oʻz onalari yoki enagalari (tarbiyachilari) yordamida ertaklar, dostonlar, qissalar, rivoyatlar, hikmatli soʻzlarni tinglashga, kitob bilan doʻstlashishga ahamiyat berganlar. Shuning uchun boʻlsa kerak buyuk allomalarimiz ham olim, ham shoir, ham san'atkor, ham ijodkor, bir so’z bilan aytganda har tomonlama yetuk bilimli va komil inson bo’lib tarbiyalanganlar. Kitobxonlik masalasida bejizga tarixga nazar tashlanmadi. Chunki oʻz tarixini yaxshi bilmagan, ajdodlari qoldirgan ilmiy merosni puxta egallamagan va ularning yoʻlini davom ettirmagan kelajak avlod mustaqil, mustahkam yurtning poydevori bo’lolmaydi.


Oʻquvchi bolalikdan oilada va maktabda kitob oʻqishni bilgan taqdirdagina kitobxon boʻla oladi. Adabiyotshunos olim S.Matchonov “Kitob oʻqishni bilasizmi?” degan asarida shu masalada mulohaza yuritadi. U kitobxonlik ko’p jihatdan adabiyot va jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq deb koʻrsatadi va kitobxonlikni ijodiy mehnat sifatida ta'rif etib, kitobxonlik mehnatining shakli, darajasi, tanlangan asarning turiga qarab oʻzgarib boradi, deydi. Bu borada ilmiy asarlar, albatta muayyan mehnat talab etishi, badiiy asarni oʻqish garchi mehnat talab etmaganday koʻrinsa ham, aslida kitobxon qahramon boshidan kechirgan voqealar orqasidan borib, asarda tasvirlangan voqealar ustida fikr yuritadi, qahramonlar taqdirini oʻylab, diqqatini jamlaydi, tafakkurini ishga soladi. Bu yozuvchi maqsadini, asarda ilgari surilgan muammoni o’ylashga, fikr qilishga yo’llaydi. Ana shu jarayon kitobxonda estetik his-tuyg‘u uyg‘otadi. Shuning uchun ham badiiy asarni oʻqish va oʻqiganini tushunib oʻqish muhim sanaladi. Xullas, kitobni “tushunib” oʻqish, kitobxonlik darajasini, uning madaniyatini koʻrsatadi. Buyuk mutafakkirlar birinchi navbatda qobiliyatli kitobxon ham boʻlganlar. Demak, kitobxonlik qobiliyati tug‘ma emas, balki insonning kitob ustida ishlashi, malaka va koʻnikmalar hosil qilishi orqali kamol topa boradi, deydi olim. [2; 25-26] Adabiyotshunos Safo Matchonovning fikriga qo’shilgan holda kitobxonlik bu – insonda oʻqilganlari yuzasidan his-tuyg‘u uyg‘onishi, uning ruhiyatini oʻstirishi, kitob oʻqishning zaruriyatga aylanishi, bilim va tafakkurning ortishi, madaniy-ma'naviy saviyasining ortishi, hayot bilan badiiy adabiyot oʻrtasidagi oʻxshashlikni anglab olish, adabiyot bilan jamiyat taraqqiyoti oʻrtasidagi bog‘liqlikni tushunish bilan bog‘liq jarayondir. Xudoyberdi


209
Toʻxtaboyevning yozishicha: “Taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarda – kitobxonlik fan darajasiga koʻtarilgan. Kitobxonlik kitobni targʻib qilishgina emas, balki kitob oʻqishni, oʻqiladigan kitobni tanlay olishni, magʻzini chaqishni, ya'ni kitob yordamida oʻzini anglashni oʻrgatish hamdir” . Adabiyotimizning buyuk namoyandalarining ushbu xulosalaridan kelib chiqqan holda kitobxon oʻqimoqchi boʻlgan asari goh ilmiy, goh badiiy, goh ilmiy-fantastik boʻlishidan qat`iy nazar oʻquvchining yuragidan joy olsin, tafakkur dunyosini kengaytirsin, unga yangi gʻoyalar bera olsin, uni oʻz kelajagiga ishonch tuyg`usini shakllantira olsin.Shundagina biz, ya`ni shu yurtning har bir fuqarosi kitobxonlik masalasining mevasini koʻra olamiz.Kitobxonlik qobiliyati tug‘ma emas, u insonning oʻz ustida ishlashi orqali, tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik bu ijodiy mehnat. Buyuk mutafakkir olimlar, fan va madaniyat arboblari avvalambor iste'dodli kitobxon ham boʻlganlar. Shu haqiqatdan kelib chiqqan holda biz tilshunoslarning oldidagi muhim vazifasi yoshlarimiz, nainki yoshlar barcha kitobxonlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatlarini yanada kuchaytirish va asarlardagi soʻzlarning sofligi, ma`nodorligi bilan shugʻullanishdan iboratdir. Tarixda hech bir xalq yoki millat oʻz ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qoʻlga kiritmagan. Buni jahon tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, Toʻmaris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, soʻnggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish yoʻlidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir. Qiyinchiliklar bilan qoʻlga kiritilgan mustaqilligimizni asrab-avaylash siz-u bizning muqaddas burchimizdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Sharofiddinov O. Kitobsiz yashab bo’lmas.O’zAS,1999.24-sentabr. 2.Donishmandlar tarbiya xususida: Arab, fors va boshqa sharq tillaridan Shorasul Zunnun tarj.To’pl.va nashrga tayyorl. A.Zunnun. Toshkent:O’qituvchi,1982.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish