MARKETING FANINI O'QITISHDA MINTAQADA TOVAR VA XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGINI BAHOLASHGA INNOVASION YONDOSHUV
M.M.Tairova
Buxoro davlat universiteti. Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida tovar va xizmatlar bozorini rivojlantirish, uni oziq-ovqat va boshqa xalq iste’moli tovarlari bilan to‘ldirish respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, olib borilgan tahlillardan kelib chiqib, Xorazm viloyati mintaqasida tovar va xizmatlar bozori samaradorligini quyidagi usullar orqali baholash taklif etiladi:
SWOT tahlil usuli. Ma’lumki, mintaqada tovar va xizmatlar bozorining samaradorligini baholash uni tahlil qilishni talab qiladi. Buning uchun SWOT tahlilni amalga oshirish iqtisodiyot va aholi turmush farovonligiga uning qanchalik darajada ta’sir eta olish salohiyatini ko‘rsatadi (jadval).
Mintaqada tovar va xizmatlar bozori samaradorligini baholash bo‘yicha SWOT tahlil jadvali1
-
Kuchli tomonlar
|
Zaif tomonlar
|
|
|
ijtimoiy-iqtisodiy muhit;
|
norasmiy savdoni mavjudligi;
|
savdoning ixtisoslashuvi;
|
ayrim xizmatlarda narxlarning egiluvchanligi;
|
zamonaviy xizmat turlarini o‘sishi;
|
bir maromda taraqqiy topmaganlik;
|
aholini iqtisodiy faoliyati.
|
tavakkalchilik holatlari.
|
|
|
Imkoniyatlar
|
Xavf-xatarlar
|
|
|
yanada kengaytirish va yiriklashtirish;
|
ichki monopollashuv holatlari;
|
ulgurji tovarlarni sotish;
|
korxonalarning bankrot bo‘lishi;
|
chetdan xaridor jalb etish;
|
yangi raqobatchi guruhlarning paydo bo‘lishi;
|
ishchanlik orqali daromad olish.
|
turli o‘zgarishlarni paydo bo‘lishi.
|
|
|
Jadvalga asosan, mazkur tahlilning natijasi tovar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tizim hisoblanadi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining eksport va importga bog‘liqligini kuchaytirib, bozordagi ayirboshlash jarayonlarini takomillashtiradi.
Kompleksli tahlil usuli. Mazkur tahlil mintaqada tovar va xizmatlar bozori samaradorligini oshiruvchi variantlardan biri sifatida o‘z ichiga iqtisodiy tarmoqlarni barqaror rivojlantirishni taqozo qiladi. Bu baholash tovar va xizmatlar bozorini samarali tashkil etish va rag‘batlantirish, turli resurslaridan oqilona foydalanish, iste’molchilarga servis xizmati ko‘rsatishni jadallashtirish asosida kelajakda mintaqaning iqtisodiy salohiyatini oshirishni ta’minlaydi.
Korrelyatsion-regression tahlil usuli. Ma’lumki, korrelyatsiya va regressiya tahlilining asosiy vazifalaridan biri o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning ko‘rinishi va miqdoriy ifodasini tahlil qilish hisoblanadi. Buni korrelyatsiya koeffitsiyentlari tahlili yordamida bajariladi.
Umuman olganda, mazkur tahlillar asosida mintaqada tovar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishdagi ustuvor masalalar hal qilinadi hamda tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni samarali boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”. 2017 yil 7 fevral.
212
FIZIKA-MATEMATIKA FANLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |