Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet148/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Слагаемое

40




85

50

4

















































Слагаемое




12

15







36

















































Сумма

56

20




90


















































































Уменьшаемое

30




45

60








































Вычитаемое




12




36

8





































Разность

8

6

30




7



14


6

223




  1. Набери число




8.

Магические квадраты

















































10







4





























































8







6


























































11

6







8

3

























9.

Волшебные палочки



















  • Составь из 12 палочек 5 квадратов. Убери 2 палочки так, чтобы осталось 2 квадрата. В фигуре первого задания переложи 4 палочки так, чтобы получилось 3 квадрата.

224


  1. Игра «укрась елочку




  1. Игра «Чья ракета быстрее взлетит»

Дидактическая игра является ценным средством воспитания умственной активности детей, она стимулирует психические процессы, вызывает у учащихся живой интерес к процессу познания.





  • ней дети охотно представляют значительные трудности, тренируют свои силы, развивают способности и умения. Она помогает сделать любой учебный материал увлекательным, создает радостное рабочее настроение, облегчает процесс усвоения знаний. Интересная игра, доставившая детям удовлетворение, оказывает положительное влияние и на проведение последующих игр. При проведении дидактических игр забавность и обучение надо сочетать так, чтобы они не мешали, а, наоборот, помогали друг другу. Средства и способы, повышающие эмоциональное отношение детей к игре, следует рассматривать не как самоцель, а как путь, ведущий к выполнению дидактических задач. Математическая сторона содержания игры всегда должна отчётливо выдвигаться на первый план. Только тогда игра будет выполнять свою роль в математическом развитии детей и воспитании интереса их к математике.

Дидактическая игра может быть использована как и на этапах повторения и закрепления, изучения нового материала. Она должна в полной мере решать как образовательные задачи урока, так и задачи активизации познавательной деятельности, и быть основной ступенью в развитии познавательных интересов учащихся.


Дидактические игры особенно необходимы в обучении и воспитании детей младшего школьного возраста. Благодаря играм удаётся сконцентрировать внимание и привлечь интерес даже у самых несобранных учеников. Вначале их увлекают только игровые действия, а затем и то, чему учит та или иная игра. Постепенно у детей пробуждается интерес и к самому предмету обучения.


Таким образом, дидактическая игра – это целенаправленная творческая деятельность, в процессе которой обучаемые глубже и ярче постигают явления окружающей действительности и познают мир.


225
O‘QUVCHILARNI MATEMATIK SAVODXONLIK BO’YICHA PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHGA DOIR USLUBIY TAVSIYALAR


Raximova Gulora Ibragimovna




Urganch shahar 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi

PISA – o’quvchilar yutuqlarini xalqaro baholash dasturi doirasida ko’p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasi o’laroq, quyidagi xulosalarga kelingan:


Dunyoning aksariyat o’quvchi yoshlari XXI asrda yashashga tayyor emaslar, ya’ni zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetentsiyalariga to’liq ega emaslar;


maktab ta’limi ko’p jihatdan bu kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltiril-magan; o’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini qayerda ishlatilishini bilishmaydi;


Hali ham ko’p maktablarda eskicha usullarda ta’lim berilayapti, ya’ni tayyor bilimlar berilayapti. Aslida maktab o’quvchilarni “o’rganishga o’rgatish” ya’ni mustaqil bilim olishga o’rgatishi kerak bo’ladi; darsliklar va undagi o’quv topshiriqlari mazmuni ham bunday vazifani bajarish-ga mo’ljallanmagan. Yuqoridagi bu xulosalardan kelib chiqib, mamlakatimizda 2021-yilda o’tkazilishi mo’ljallanayotgan PISA tadqiqotlari doirasida matematik savodxonlikni baholashda quyidagi muammolarga duch kelishimiz


mumin:

darsliklarda PISA topshiriqlariga o’xshash masalalarning yo’qligi yoki kamligi sababli, o’quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining yetishmasligi oqibatida PISA tadqiqotlarida ularning natijalari past bo’lishi mumkin;

PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bo’limiga murojaat qilish haqida ko’rsatmalar yo’q;


PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog’lanishlar grafiklari kabi) turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o’girish va yechim topilgandan so’ng uni yana real sharoit bilan bog’lab baholash va talqin qilish talab qilinadi.


odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida yechiladi, ya’ni o’quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum algoritmlar asosida yechishga o’rgatiladi. PISA topshiriqlarida esa unday emas. Odatda matematika darsliklaridagi masalalar muayyan bobda beriladi va bu bilan ularni yechish usullari ham shu bobda ko’rilgan usullarga bog’langan holda beriladi, ya’ni muayyan bo’limining masalalari qanday yechilishi haqida ko’rsatma beriladi;


bundan tashqari, darslikdagi masalalar sof matematik masalaning tavsifidan iborat bo’lib, odatda ularning mazmuni hayotdagi real vaziyatlardan ancha uzoqda bo’ladi;


darsliklarimizda PISA topshiriqlariga o’xshash masalalar juda kam yoki umuman yo’q. Masalalarda ko’rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi axborot berilib, ularda juda ko’p yangi matnli ma’lumotlarning borligi – masalani tushunish va uni yechishni yanada og’irlashtiradi;


ma’lumot turli: matn, raqam va tasvirli shakllarda taqdim etilad. Masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar matnning turli qismlaridan olinishi kerak bo’ladi. Ba’zi masalalarda “aylana” so’zi topshiriq matnida qayd etilmasada, o’quvchilarning o’zlari ob’ektning aylana shaklida ekanligini topishlari kerak bo’ladi.


mamlakatimiz maktablari matematika fani o’quv dasturi PISA tadqiqotlarining matematik savodxonlikni baholash dasturi mazmuni va ketma-ketligidan farq qiladi. PISA sinovlarida hali o’tilmagan mavzular bo’yicha topshiriqlar ham berilishi mumkin;


PISA topshiriqlarining berilishi va unga javob berishning o’zgachaligi ham o’quvchilarda ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi. Sinovning kompyuter asosida o’tkazilishi esa kompyuterda ishlash va ba’zi maxsus ilovalardan foydalanish ko’nikmalarini ham talab etadi. Ba’zi intraktiv topshiriqlarni bajarish oldindan bunday topshiriqlar bilan tanish bo’lish va ularda ishlash dasturidan foydalanish ko’nikmalrining shakllanganligiga ham bog’liq bo’ladi.


Bu va shunga o’xshash muammolar borki, PISA tadqiqotlarida ilk bor qatnashayotgan mamlakatimiz ta’lim tizimi oldida bir qator qo’shimcha vazifalarni ko’ndalang qilib qo’yadi. Bu muammolarni oldindan bilish va ularni hal qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar grafigi va rejasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.


Shundan kelib chiqib, sinovlarga tayyorlanish ishlarini tashkil qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratilishini tavsiya qilamiz:


226
barcha tadqiqot yo’nalishlari doirasidagi umumta’lim fanlari o’qitucvhilarning maqsadli malakasini oshirish, PISA tadqiqotlari bilan tanishtirish, topshiriqlar mazmuni va tuzilishi haqida ma’lumot berish, ularni tahlil qilishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilish;


Seminar qatnashchilarini tegishli o’quv materiallari bilan ta’minlash, turli o’quv-uslubiy adabiyotlarni chop ettirib, joylarga yetkazish;


Matematika fani o’qituvchilarini nafaqat matematik savodxonlik bo’yicha, balki kreativ fikrlash bo’yicha ham tadqiqotlarni o’tkazishga tayyorlash;


Malaka oshirishdan o’tgan o’qituvchilar maktabda to’garak soatlari hisobidan ”PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb nomlangan fakultativ kurslarni 7-, 8- va 9- sinf o’quvchilari uchun haftasiga 2 soat hajmida tashkil qilish tavsiya etiladi. Asosiy e’tiborni 2021-yilda sinovdan o’tadigan 8-sinf o’quvchilariga qaratish;


Respublikadagi matematikani o’qitishga tayanch maktab sifatida belgilangan maktablarning PISA-


2021 tadqiqotlariga tayyorlanishga mas’ul markaz sifatidagi faoliyatini tashkil qilish va ularga har tomonlama uslubiy yordam ko’rsatish;


Televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng targ’ibot ishlarini olib borish, ”Ma’naviyat va ma’rifat” kanalida har haftada berib boriladigan turkum ko’rsatuvini tashkil qilish. Bu ko’rsatuv orqali ochiq PISA topshiriqlarini tahlil qilish va o’qituvchilarga yil bo’yi tegishli uslubiy tavsiyalarni berib borish;


Xalq talimi vazirligi portalida va Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vebsaytida ”PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb nomlangan alohida interaktiv rukn tashkil qilish va ularga tadqiqotlar bilan bog’liq barcha ma’lumot, xabar va materiallarni joylashtirib borish. Onlayn maslahat olish imkoniyatlarini yaratish.


Ma’lumki, PISA topshiriqlari matematika fanining quyidagi mazmun sohalari (bo‘limlari) ga doir tuziladi: Miqdorlar (arifmetika); O‘zgarishlar va munosabatlar (algebra); Fazo va shakl (geometriya); Ma’lumotlar va aniqmasliklar (ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari).


Shundan kelib chiqib, o’quvchilarni PISA tadqiqotlariga 5- sinfdan boshlab tayyorlab borish lozim bo’ladi. Chunki, aynan 5-6- sinflarda matematikaning asosiy hisob-kitob, ya’ni arifmetik ko’nikmalarini tizimli ravishda shakllantisrish boshlanadi. Shuningdek, PISA topshiriqlarining ko’pchiligi aynan sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish, hisoblash texnikalaridan foydalanishni taqozo qiladi. 7- 9- sinflarda esa algebra va geometriya fanlarini tizimli o’rganish boshlanadi.


O’rta umumiy ta’lim maktablari uchun matematika fanidan yangilangan o’quv dasturi aynan PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik mazmunidan kelib chiqib qayta tuzilgan. Undagi ba’zi mavzularning oldingi sinflarga surilgani, dasturga kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlarining 5-sinfdan boshlab erta qo’shilganining boisi ham shu bilan bog’liq. Shuningdek, 5-6-sinflarda planimetriya elementlari va fazoyiy shakllarni o’rganishga ko’proq e’tibor berilgani, hamda 7-9-sinf geometriya kursida stereometriyaning boshlang’ich tushunchalarining ham kiritilishi PISA topshiriqlari bilan bog’liq amalga oshirilgan. Shu bilan birga, boshqa umumta’lim fanlarida bu mavzularga ehtiyoj bo’lgani uchun ham bunday qarorga kelingan. Dasturni yangilash jahonda matematika fanini o’qitishga bo’layotgan innovatsion yondashunlarga javoban amalga oshirildi. Shu bilan birga, dasturni yaratishda matematika fanini o’qitishning ming yillar davomida shakllanib kelgan jahon va yurtimizdagi ilg’or an’analar va fanning nazariy asoslangan mazmuni, hajmi, ketma- ketligi va uzviyligini ta’minlagan holda va unga putur yetkazmagan holda ish tutildi.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, PISA topshiriqlarini yechish uchun matematikada chuqur bilim va ko’nikmalarni talab qilinmaydi. Lekin, o’zlashtirilgan muayyan bilim va ko’nikmalarni hayotiy vaziyatlarga qo’llashga juda katta e’tibor beriladi. Ularni fakultativ kurs (to’garak) mashg’ulotlarida ham muhokama qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, matematika o’quv dasturiga yangi kiritilgan loyiha ishlariga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bu loyiha ishlariga mavzu sifatida PISA topshiriqlari yoki ularga o’xshash kichik ilmiy ishlanishlarni talab qiladigan topshiriqlarni berish tavsiya etiladi.


227
BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY YONDASHUVLAR

Rajabova Zamira Jumaboyevna




Urganch shahar 25-son IDUM ning matematika oliy toifali o'qituvchisi

Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri —bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o'rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilishi kerak. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo'lgan g'oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g'oya paydo bo'ladi, keyin shu yangilik haqida fikr yuritiladi. Fikr o'z qarorini topishi uchun voqealarni taqqoslaydi, ko'rib chiqadi va ularga asoslanib, kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi.


Matematik masalalarni yechish jarayon o'zining mohiyati bo'yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo'ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta'limda boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O'zining mohiyati bo'yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr — izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining o'ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta'sir ko'rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga yengil o'tishga undaydi, deb hisoblaydilar. S.L.Rubinshteynning birinchilardan bo'lib umumiy aqliy rivojlanish borasida qilgan izlanishlari maqsadga muvofiqdir. U ruhshunoslikdagi faoliyat toifasini ruhiy izlanishning obyekti hamda maqsadi qilib kiritdi va asosladi. Faoliyat nazariyasi asosida S.L. Rubinshteyn faoliyat tushunchasini subyektdan obyektga o'tish deb kiritadi. S.L.Rubinshteyn faoliyatning ikkinchi bosqichini obyektdan subyektga qarab borgan aloqadan iborat deb hisoblaydi. S.L.Rubinshteynning diqqat markazida, inson faoliyati jarayonida faqatgina o'ziga xos bo'lgan shaxs sifatida o'zining xususiyatlarini namoyon etib qolmay, balki undagi ruhiyatning shakllanishi obyekt bo'lib aniqlanadi, degan mazmun turadi. ,,Faoliyat", ,,harakat" tushunchalarining fundamental psixologik tushunchalari A. N. Leontev ishlarida yoritilgan.


Faoliyat — subyektning bir-biriga bog'langan realligining o'zaro ta'sir ko'rsatishi deb bilgan A.N.Leontev, reallikning bola ongida aks ettirilishi —,,ta'sir"ning natijasi bo'lmay, o'zaro ta'sir, ya'ni bir-biriga duch kelgan jarayonlarning natijasidir, deb hisoblaydi. A. N. Leontev va S.L. Rubinshteynning o'qitish amaliyotidagi xulosalariga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi va ishlatilishi hamda ta'limdagi faoliyat tamoyillarining bir-biriga ketma-ket o'tkazilishi eng foydali va natijali yo'nalishdir. Matematik tushunchalarni rivojlantirishda qo'lgan barcha izlanishlar ikki asosiy yo'nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo'nalishda matematik tushunchalarning o'ziga xos xususiyatlari ta'riflanadi. Shu nuqtai nazardan muammolarni o'rganishga ko'p olimlarning ishlari bag'ishlangan. Ularda bir necha g'oyalar aniq aks ettirilgan:


g'oyalardan biri — bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil birikmalarini ajratib ko'rsatmoqda, ya'ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzmoq,bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog'lanishini tushungan holda bajarish;


izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o'zlashtirish darajasi orqali izohlashni o'z ichiga oladi;


uchinchisi — matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig'indisini: qo'shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog'lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon bo'lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog'laydi.


Ikkinchi yo'nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish va tushuntirishga bag'ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni


228
shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo'lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo'lgan xususiyatlar) bilan bog'lashga harakat qilingan.

Agar bolalar masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo'llab kelgan standart uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini, muammoning asosiy bog'lanish mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish muammolaridan chiqish, oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo'lsa, matematik tushunchalar rivojlangan hisoblanadi. L. S. Vigodskiy fikrlashning rivojlantirish muammosini o'rganib,dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish lozimligini ta'kidlaydi. L.S. Vgodskiyning fikri bo'yicha, bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o'zlashtirish jarayonisiz o'tmaydi, faqatgina o'quv axborotlarining to'plami (bilim, bilish) fikrlashni harakatlantiradi, bolalarning fikrini rivojlantiradi. O'z navbatida matematik tasavvurning hosil bo'lishi bilim va bilishni o'zlashtirish yuqori darajada bo'lishiga dastlabki shart hisoblanadi. L. S. Vgodskiydan keyin psixolog va didaktlarning ko'pchiligi o'rgatish — rivojlanish manbai, tarbiyachilarning bilimi va bilishi— ularning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biridir, deb hisoblaydilar. Bunda o'qitish jarayonida tasavvurni hosil qildirish jarayonini ko'zda tutish muhimdir, ya'ni tarbiyachilarning egallagan matematik tushunchalarni rivojlanish darajasini e'tiborga olish va ularni keyingi yengilroq maydonga siljitish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L. S. Vgodskiy ikki ko'rsatkichdan foydalanishni tavsiya etadi:


bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi;


boladagi o'zlashtirilgan bilimlarni masalalarni mustaqil yechishda qo'llash, tatbiq etish qobiliyati.
L. S. Vgodskiyning takliflarini amaliyotda qo'llaganda:

bolalarga masalani yechilishini ko'rsatib, xuddi shunga o'xshash masalani o'zlariga yechish uchun beradi;


tarbiyachi boshlab qo'ygan masalani bolaning yechib tugatishini tavsiya etadi; murakkabroq masalalarni yechishni bolaga tavsiya etadi;


masalaning yechilish prinsipini tushuntiradi, yordamchi savollar beradi, muammolar qo'yadi, masalani qismlarga bo'ladi va hokazo. Bundan tashqari, masalani yechish jarayonida tasawurni hosil qildirish jarayonini aniqlash uchun tavsiya etilayotgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb hisoblaymiz.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish