TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANIDAN SAVODXONLIK DARAJASINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVASION METODLARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI
Turdiyev Yorqin Ochilovich
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi O'IBDO, matematika fani òqituvchisi
“O‘rtacha o‘qituvchi bayon qiladi, yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi,
230
mashhur o‘qituvchi namoyish qiladi, buyuk o‘qituvchi ruhlantiradi” I.V. Gyote
Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar ko‘zlanadi, ular orasida bittasi bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. Har bir alohida darsning maqsadi darslar sistemasining maqsadini aniqlab, uning yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida esa,biror malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, to‘rtinchisida esa, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‘tilganlarni takrorlash oldin o‘tilgan bilimlarni yangi sistemaga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.Bu esa o‘quvchilar bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namuna
Fudji tog‘iga ko‘tarilish. Yaponiyadagi Fudji tog‘i “uyqudagi” vulkani bilan mashhur tog‘ hisoblanadi. Fudji tog‘i faqat 1 iyuldan 27 avgustgacha bo‘lgan davrda odamlar uchun ochiq. Taxminan 200 ming kishi hozirgi vaqtda Fudji tog‘iga chiqmoqda. O‘rtacha har kuni Fudji tog‘iga qancha odam ko‘tariladi?
2-masala ( dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73%, Singapur 95%, Rossiya 14% ).
Tom nonning ½ qismini, Yanna esa ¼ qismini yedi. Ikkalasi ham nonning qaysi qismini yeyishdi?
3-masala (dunyo bo‘yicha o‘rtacha 45%, Singapur 78%, Rossiya 47%). Xaltada 5 ta qizil va 5 ta ko‘k shar bor. Murod ihtiyoriy ravishda bitta sharni oldi. U qizil ekan. Bundan keyin u bu sharni sumkaga soldi. Keyingi olingan shar qizil bo‘lishining ehtimolligini toping.
Matematika imtihonlarida o‘quvchilar qanday muammolarga duch kelishi mumkin?
Darsliklarda PISA topshiriqlariga o‘xshash masalalarning yo‘qligi yoki kamligi va shuning uchun o‘quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining yetishmasligi oqibatida ularning natijalari past bo‘lishi mumkin.
PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bo‘limiga murojaat qilish haqida ko‘rsatmalar yo‘q.
PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog‘lanishlar grafiklari) turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o‘girish va yechim topilgandan so‘ng uni yana real sharoit bilan bog‘lab baholash va sharhlash talab qilinadi.
Odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida yechiladi, ya’ni o‘quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum algoritmlar asosida yechishga o‘rgatiladi.
PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
O‘zbekiston 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni ilmga keng jalb qilish va intellektual salohiyatini oshirish, matematika fani uchun bo‘lg‘usi kadrlar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 avgust, 654-sonli qarori qabul qilindi.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
231
Xalqaro Matematika Olimpiadasi dunyoning yosh matematiklari uchun eng katta va eng muhim forum hisoblanadi. U sport Olimpiadasi kabi nufuzli bo‘lib, unda ishtirok etish har bir mamlakat uchun katta sharafdir. Har yili iyul oyida, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500-600 nafar iqtidorli yoshlar o‘zaro bellashadilar, muloqotda bo‘lishadi va tajriba almashishadi. Birinchi xalqaro Matematika Olimpiadasi Brashovda 1959 yilda bo‘lib o‘tgan va unda Bolgariya, Vengriya, Sharqiy Germaniya, Polsha, Rumыniya, SSSR, Chexoslovakiya terma jamoalari ishtirok etgan. O‘zbekiston jamoasi birinchi bor 1997 yili Argentinada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida 3 nafar ishtirokchi va 1 nafar rahbar bilan faol qatnashgan. Bu yerda amaliy tajribalarni almashib kelgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2020 yil 25 yanvar, №19 (7521)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 avgust, 654-sonli qarori
232
KIMYO FANLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |