Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


ADABIY TA’LIM JARAYONIDA MUTOLAA MADANIYATINI TASHXIS ETISH



Download 7,41 Mb.
bet107/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

ADABIY TA’LIM JARAYONIDA MUTOLAA MADANIYATINI TASHXIS ETISH


Jumayeva Marg'uba
Buxoro viloyati Olot tumani 14-IDUMI ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Mutolaa madaniyati o‘z navbatida, kitobga qiziqish, o‘quvchilarning adabiyotlar bilan kengroq tanishish rag‘bati, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek, axborot manbalaridan to‘liq foydalanishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi.Mutolaa madaniyati kishining manbani


160
to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Kitobni tanlash, uni tez o‘kish, avaylab caqlash, shaxsiy kutubxona tashkil etish, o‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga kiradi. Demak, mutolaa madaniyati insonni bevosita amaliyotga kirishish, hayot bilan uygunlashish, ma’naviy foyda olishga yunaltiradi.


Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida yuzaga kelayotgan mafkuraviy xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashish kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, ayniqsa, bolalar va yoshlarni kitobga oshno qilish, kutubxonalarda mutolaani rag‘batlantirish kabi qator dolzarb masalalar yechimi bilan chambarchas bog‘liq.


Bugungi kunda adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlanganligini zamonaviy yondashuv asosida tashxis etish, korreksiyalash muhim ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni o‘qibo‘rganish samaradorligi,ularni badiiy idrok etish, tahlil qilish, tashxislash,asosan, amaliy mashg‘ulotlarda, sinov-tajriba ishlari bilan bog‘liq olib borilishi mutolaa madaniyatining negizi.


Tashxis-bu aniqlash, isbotlash,nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish demakdir. Adabiy ta’lim jarayonida badiiy asarlarni o‘qib-o‘rganish samaradorligi,ularni badiiy idrok etish asosan


amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘liq olib boriladi.


Sinov –tajriba ishlari natijalari adabiyot o‘qitishda,ona tili fanlari bilan uzviylikda olib borilganda quyidagi holatlar aniqlanadi;


-Badiiy asardagi matn o‘qilib,dastlabki savol-javoblardan so‘ng mujassam topshiriqlar bajarilgan,shuningdek, qayta hikoya qilishga o‘tilgan darslar natijasida nutq o‘stirishning qaysi jihatlari ta’minlanishini aniqlash;


-Matn o‘qilib,notanish so‘zlar tushuntirilgach,matn mazmuni qayta hikoya qildirilgan darslar natijasida yozma va og‘zaki nutq o‘stirishning qaysi jihatlari ta’minlanishini aniqlash;


Mutolaa asosida o‘quvchilar nutqini o‘stirish bo‘yicha olib borilgan ishlarda ifodali va tez o‘qish, asar matni ustida ishlash yaxshi samara beradi.


So‘z va so‘z shakllari grammatik vositalar talaffuzi va imlosini o‘zlashtirishga o‘quvchining so‘z boyligini oshirishga va bu boylikni faollashtirishga, gap tuzish,matn yaratish malakasini rivojlantirishga qaratiladi.


Korreksiya- lat. sorrectus so‘zidan olingan bo‘lib,tuzatish ,to‘g‘rilash ma’nolarini bildiradi. Mutolaaning nihoyatda katta ta’limiy va tarbiyaviy roli ayni ana shu samarali sharoitlar tufayligina


yuzaga chiqadi. U o‘quv predmeti sifatida o‘quvchilar nutqining takomilida, bolalarning kitobxonlik madaniyatining yuksalishida, kitobni to‘liq badiiy idrok etish qobiliyatining shakllanishi va rivojida beqiyos ahamiyatga molik.


Ma’lumki, badiiy asarlarni idrok etish undagi obrazlar tizimini anglash va qabul qilishga borib taqaladi. Mutolaani korreksiyalashda treninglar,seminarlar muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi hal qiluvchi omildir. Ana shu omil ishga to‘liq tushsagina o‘quvchi shaxsidagi g‘oyaviy, axloqiyma’naviy, estetik rivojlanish sodir bo‘ladi. Undagi tasavvur imkonlari kengayib, ijodiy hamkorlik qobiliyati kamol topadi, ayni paytda ifodali o‘qish, fikrni og‘zaki va yozma bayon eta olish ko‘nikma va malakalari, iste’dod va qobiliyatlarini shakllantiradi. Rus olimi N.I.Kudryashev badiiy asar o‘qishning uch asosiy metodini tavsiya etadi; Ijodiy idrok etish( tahlil qilish,ijodiy o‘qish,izlanish; Tahlil etish,talqin qilish Sintezlash, birlashtirish.


Badiiy asar o‘qish haqidagi o‘z talqinlarini davom ettirib, ijodiy o‘qishga alohida urg‘u beradi.Bundan tashqari ifodali va sharhli o‘qish,o‘qituvchi va o‘quvchining so‘zi,o‘quvchilar bilan suhbat,badiiy asar va xayotiy kuzatishlar asosida topshiriqlarni muhokama qilish,savol va rejalar tuzish mutolaa madaniyatini tashxislashda asosiy omildir.Ijodiy o‘qish metodi adabiyot fani uchun yangilik emas.


Adabiyot darslarida ijodiyo‘qishga,ifodali o‘qishga, pesalardan ayrim sahnalarni aktyorlarning o‘qishiga tez- tez murojaat etib turiladi.Yangiligi, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish,o‘qituvchining badiiy matnni sharhlab o‘rgatishi(izohli o‘qish) hamda ularning asarning chuqurroq.emotsional idork etishini ta’minlashi nazarda tutiladi.


O‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishda ularning o‘z fikrlarini aniq, to‘g‘ri va ifodali tarzda bayon qilishga imkon beradigan so‘zlarni topish, mantiqiy izchillikka va xozirjavoblikka o‘rgatish ko‘zda tutiladi.


161
Bunga erishish uchun reja tuzish muhimdir. Ma’lum bir reja asosida matndan olingan turg‘un iboralar, hikmatli so‘z va maqollardan namunalar keltirib, so‘zlangan nutq ta’sirchan bo‘ladi. Badiiy asarlarni ifodali o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish, tahlil jarayonida berilgan savollarga javob topish, asar qahramonlarini tavsiflash o‘quvchilarning og‘zaki nutq boyligini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, quyi sinflarda asar mazmunini hikoyalash, qahramonlarga tavsifnoma berishdan muayyan umumiy xulosalar chiqarishga o‘tiladi.


Nutq o‘stirishga quyidagi masalalar nazarda tutiladi:





  1. O‘quvchilarning adabiy bilimi va hayotiy tajribasi inobatga olinadi.




  1. Nutqda izchillikka rioya etiladi.




  1. Reja tuziladi. So‘z ustida ishlanadi.




Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish