www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 185
boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal
maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida
qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125-yilda yozilgan
„Dono tarozu haqida kitob“da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish
usullari bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino „Al-qonun“
kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar
va boshqa birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari,
ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning „taboshir kulchalari“dan (Indoneziyada
oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib oyoq-qoʻli singan bemorlarga
beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda)
qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farqli ravishda
metallarning xususiyatini chuqur va mukammal oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi.
Ibn Sino nafaqat Jobirning, balki barcha alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan
asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini
birinchi boʻlib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin,
akademik O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hozirgi zamon
anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning
„Mineralogiya“sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida mineralogiyaga oid
18 ta, Kimyoga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk)
tillarida bitilgan „Hunarlar javohiri“ kitobidagi marvarid, boʻyoqlar, sir, zaharga
qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash usullarini oʻz ichiga olgan
manbalardir.
8-asrdan 17-asr oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni
rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik
qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl Kimyoni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat
tajribalar yordamida olingan maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha,
Kimyoning maqsadi jismlar tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga
ajratib, tahlilga oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo
Do'stlaringiz bilan baham: |