www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 193
Kimyo fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akademik S.
Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib
qoʻshildi. 4000 dan ortiq oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod
muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari
chuqur oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar qishloq
xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati uchun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarshi
qoʻllaniladigan preparatlar kashf qilindi. Professor F. Qoʻchqorov va uning
shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akademik I. P. Sukervaniq, A.
Abdurasuleva va boshqa alkillash reaksiyalarini oʻrganib, fan rivojiga hissa
qoʻshdilar. Dekarbonillash boʻyicha Yo. Aliyev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan Kimyo
institutida karboksillash reaksiyalarini oʻrganishda qoʻl keldi.
Organiq kataliz neftni kayta ishlash instituti (hozirgi A. Sultonov nomidagi Kataliz
instituti)da rivoj topdi. Institutda koʻpgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik
uglevodorodlar kimyosi, qishloq xoʻjaligi va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy
ishlar olib borildi.
Akademik O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil
etgan Bioorganiq kimyo institutida (1973-yil) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti,
tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va
oʻsimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Ilon, chayon
va boshqa zaharining sunʼiy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari
tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin, sitazin va boshqa
kimyosi chuqur oʻrganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz, tabiiy birikmalarning
elektron tuzilishi va reaksiyaga boʻlgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi
oʻrganildi, gʻoʻzapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab
chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akademik A.
Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivojiga muhim hissa qoʻshdi.
Akademik Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, tibbiyot,
qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |