www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 186
boʻlishiga qaramay Kimyoning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi.
Nemis kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq,
M. V. Lomonosov 1756-yilda yonish, yaʼni oksidlanish — oksidlovchi moddaning
havo bilan birikishidan iborat ekanligini miqdoriy tajribalar asosida koʻrsatib berdi.
Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-yillarda turli moddalar ustida
tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod bilan birikishini koʻrsatdi hamda
kimyoviy reaksiyalarda moddalar ogʻirligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur
qonun tasdiqlangach, Kimyo sifat-tavsif ilmidan miqdoriy bilimga aylandi. Endilikda
massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyoga asos solindi.
Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi oʻz tasdigʻini
topdi. Natijada koʻpgina nazariy tasavvurlar oʻzgardi, yaʼni kimyoviy nomenklatura
ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning analitik tahlil yoʻli shakllandi.
19-asr Kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato
m — molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i.
moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi.
Elementlarning muayyan bir miqdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim
zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi.
Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri
bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida
ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element
sifatida vodorod atomi ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida
taklif etdi. Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom
ogʻirligining vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro
atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U
moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa
atom deb taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi.
Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (qarang Gey-Lyussak qonunlari) eʼtirof
etilgach, Avogadroning bir xil temperatura va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |