G’ildiraklarning vazifasi, tuzilishi va konstruksiyasi G ’ildiraklar avtomobilni yo‘l bilan bevosita bog‘lanishini ta’minlaydi, uni harakatlanishini ta’minlaydi, uni harakatlanishini xosil qilishda va yo‘nalishini o‘zgartirishda ishtirok etadi, avtomobil massasidan yuzaga kelgan yuklanishlarni yerga (yo‘lga) uzatadi.
13-rasm Diska G’ildiraklar asosiy vazifasiga qarab: yetaklovchi, boshqariluvchi, murakkab (etaklovchi va boshqariluvchi), tutib turuvchilarga bo‘linadi. Yetaklovchi g‘ildiraklar transmissiyadan oldingi aylantiruvchi lahzani(momentni) tortish kuchiga aylantiradi, buning natijasida avtomobilning ilgarilanma harakati hosil
bo‘ladi. Boshqariluvchi g‘ildiraklar kuzovdan osmalar orqali o‘tadigan itaruvchi kuchni qabul qiladi va rul boshqarmasi yordamida harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Murakkablashgan g‘ildiraklar bir paytni o‘zida ham yetaklovchi ham boshqariluvchi g‘ildiraklar vazifasini bajaradi. Turtib turuvchi g‘ildiraklar itaruvchi kuchni g‘ildiraklarni dumalashiga (g‘ildirashiga) aylantirgan holda avtomobil ramasi yoki kuzovining orqa qismi uchun tayanchni hosil qiladi.
Avtomobil g‘ildiragi odatda ko‘prik to‘siniga podshipniklarda o‘rnatilgan gupchakka mahkamlanadi. G’ildirakning asosiy qismilari to‘g‘inli disk va pnevmatik shinadir. Shina-asosiy o‘lchamlar bo‘lgan tashqi diametr, g‘ildirak to‘g‘iniga o‘tkazish diametri, shina kesimining eni va balandligi bilan tavsiflanadi.
G’ildirak diski va to‘sini maxsus po‘latdan, uning bikrligini (mustahkamligini) oshiradigan va shinani to‘g‘inga kiydirilishini yengillashtiradigan shakl berib shtamplanadi. To‘g‘inning shina o‘tkaziladigan joyida tokchalar (polkalar) bo‘lib, ular yon devorlar (bolt) bilan tugallanadi. G’ildirak diski va to‘g‘ini payvandlab biriktiriladi. G’ildirakni gupchakka mahkamlash uchun diskda, parmalab teshiklar ochiladi va bu teshiklar yordamida g‘ildirak shpilkalarga o‘rnatiladi hamda gaykalar bilan qotirib qo‘yiladi.
To‘g‘inning konstruksiyasiga hamda uni gupchakka biriktirilishiga qarab barcha g‘ildiraklar diskli va disksiz g‘ildiraklarga bo‘linadi. Diskli g‘ildiraklar barcha yengil avtomobillarda va yuk avtomobillarining ko‘pchiligida ishlatiladi. Disksiz g‘ildiraklar yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan MAZ, KamAZ va boshqa avtomobillarda qo‘llaniladi. O’ta og‘ir yo‘llarda GAZ va ZIL avtomobillarida esa to‘g‘inni ajraladigan diskli g‘ildiraklar ishlatiladi.