Zamonaviy avtomobillarning shina va disklariga txk


-rasm Protektor ajratish uskunasi



Download 3,13 Mb.
bet10/18
Sana27.05.2023
Hajmi3,13 Mb.
#944529
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
ZAMONAVIY AVTOMOBILLARNING SHINA VA DISKLARIGA TXK.

18-rasm Protektor ajratish uskunasi
xususiyatlariga ta’siri:1-yonilg‘i sarfi; 2-tezlanish vaqti; 3-ilgakdagi tortish kuchi. Protektor chizgisining chegaraviy qoldiq balandligi yuk avtomobillari uchun 1 mm, avtobuslar uchun 2 mm, yengil avtomobillari uchun 1,6 mm.dan kam bo‘lmasligi
kerak. Avtomobil shinalarini ekspluatatsiya qilish qonuniga asosan, protektor chizgisi yedirilishini chegaraviy ko‘rinishi deb, chizgi balandligi uzunligi protektor yuzasining yarmiga va eni shina aylanasining qismiga to‘g‘ri kelgan yuzada me’yoridan kam bo‘lgan miqdoriga aytiladi.
Protektor chizgisini chegaraviy yedirilish yuzasi:R-shina radiusi; V-profil kengligi; b1,2B; a,1,6,2,R Shinalar ekspluatatsiyasining birinchi davri deb, protektorning yedirilishigacha yoki ATK sharoitida tiklab bo‘lmaydigan jarohatigacha ishlash vaqtiga aytiladi. Ikkinchi davr – shinani yangi yugurish yo‘lidagi ishi, ya’ni yedirilgan shinaga yangi protektor qoplangandan keyingi ishlash vaqti tushuniladi. Bu shinalar tiklangan deb ataladi. Yengil avtomobildan shinani yechib olishning asosiy sababi, uning protektorini chegaraviy qiymatgacha yedirilishidir. Yuk avtomobillarida ekspluatatsiyadan chiqarilgan shinalarning 60-70%i shikastlanishlar natijasida hisobdan chiqariladi. Shinalar ekspluatatsiyadan, 26%i protektorni teshilishi, 23%i yon tomon jarohati, 14%i bortlarni uzilishi, 12%i karkas va brekerni qatlamlarga ajralib ketishi, 9%i protektorni kord ipigacha yedirilishi, 7%i zavod braki, 9%i boshqa sabablarga ko‘ra chiqariladi. Bu jarohatlar ko‘pincha avtomobilni tartibsiz haydash, uni ortiqcha yuklash va yomon yo‘l sharoitlarida ekspluatatsiya qilishda yuzaga keladi.
Shinalarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarning salmog‘i.
Q olgan shinalar (30-40%) qayta tiklashga yaroqli hisoblanadi.
Protektorni bir xilda yedirilishi, faqat chorak
qism shinalarga to‘g‘ri keladi.
Qolganlarida esa har xil turdagi notekis
yedirilishlar (bir tomonlamali, markaziy,
chekka, dog‘simon) mavjud bo‘ladi.
Shinalarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishda 19-rasm balansirofka
uning ishlash davri protektorning yedirilishi bilan aniqlanadi va bir necha omillarga bog‘liq bo‘ladi
Yo‘l qoplamasining yomonlashishi shinaning ishlash davrini kamaytiradi. Asfaltbeton yo‘llarga nisbatan tosh-shag‘al yo‘llarda shinaning ishlash davri 25% gacha, tosh yo‘llarda esa 50% gacha kamayadi.
Tashqi harorat ham shinaning ishlash davriga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori harorat shinaning qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Natijada tebranishga qarshilik pasayadi va ishlash davri kamayadi. Ishlash jarayonida shina haroratining 70-75S ga yetishi me’yoriy hisoblanadi. Shinaning 100S haroratgacha qizishiga yo‘l qo‘yish mumkin, 120S harorat xovfli va undan ortig‘i juda havfli hisoblanadi. Shinaning noldan 100S gacha qizishi rezina mustahkamligini 2-3 barobar, kord va rezina orasidagi bog‘lanish mustahkamligini 1,5-2 barobar kamaytiradi. Juda past sovuq haroratda (minus 40S va undan past) oddiy rezinadan tayyorlangan shinalar isib ulgurmaganligi tufayli, avtomobil joyidan birdaniga qo‘zg‘atilganda va tashqi turtki natijasida yorilib ketishi mumkish.
Protektorning tez yedirilishini aniqlovchi omillarning boshqarilishi.
Zamonaviy transport oqimining harakat tezligi harakat oqimining intensivligiga bog‘liqdir. Bundan tashqari haydash mahorati ham alohida o‘rin tutadi. Mahoratsiz haydovchi tezlikni aniq tanlay olmaydi, birdaniga tormoz beradi va tezlashadi. Bularning hammasi shinaning ishlash davrini kamaytiradi, hamda tortish va tormozlash kuchining (tortish kuchi 2,2, tormoz kuchi 2,6 martagacha) oshishi hisobiga uning yedirilishini tezlashtiradi. Tezlikni 50 dan 100 km/soat gacha ko‘tarilishi shinaning ishlash davrini taxminan 40% ga kamaytiradi.
Shinaning yuklanishi va uning ishlash muddati ham bir-biriga bog‘liqdir. Yuklanishni 10% ga oshishi ishlash muddatini 20% ga kamaytiradi. Yuqori yuklanish natijasida karkas ishdan chiqadi, protektorning yon tomonlari ko‘proq yediriladi. Shinaga berilgan texnik hujjatdagi yuklanish kattaligi me’yoridan 5-10% kamroq bo‘ladi. Bu iqtisodiy yuklanish deyiladi. Yuklanishning kamayishi ishlash davrini oshiradi.

Texnik ekspluatatsiya nuqtai nazaridan ba’zi omillar alohida qiziqish uyg‘otadi, chunki ATK sharoitida ularga ta’sir qilish mumkin. Har bir shina uchun uning tuzilishi va iqtisodiy yuklanishni hisobga olgan holda havo bosimi me’yori qabul qilinadi. Uning me’yorida bo‘lmasligi shinaning ishlash davrini kamaytiradi. Asosan kam bosim maqsadga muvofiq emas: protektor yon tomonlarining yedirilishi tezlashadi (radial juda past profilli shinalar kamroq darajada yediriladi). Shinadagi asosiy yuklanishni (60-70%) havo qabul qiladi. Havo bosimining pasayishi karkas yuklanishini ko‘paytiradi. Shinaning ezilishi ko‘payadi, karkasda charchash kuchlanishi ko‘payadi, iplar uziladi (asosan metal kordda), radial shinalarda bortlar uziladi va yonilg‘i sarfi ko‘payadi (15% gacha).


Havo bosimining me’yoridan oshiq bo‘lishi protektor o‘rta qismining yedirilishiga sabab bo‘ladi. Kord iplari yuqori kuchlanishda bo‘ladi. Yomon yo‘l sharoitida shinani jarohatlanish ehtimoli oshadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shinalarni dastlab tashqi ko‘zdan kechiriladi, shundan so‘ng shinlarni ichki ko‘zdan nazoratdan o‘tkazilgach, shinani muvozanatini bilish uchun maxsus jihozda aniqlanadi.
Aniqlangan kamchiliklardan kelib chiqib shinalarga tashxis quyiladi. Belgilangan tashxisdan kelib chiqib qilinishi lozim bo‘lgan ishlar amalga oshiriladi.



Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish