Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Ключевые слова: 
Интернет, Arpanet, Логин, WhatsApp
Telegram, Viber, Instagram, Line, KakaoTalk, We Chat, Twitter, Google, 
виртуальный мир, компьютерные игры, интернет-атака 
Kirish.
Bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoda eng 
dolzarb bo'lgan aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga intenet va ijtimoiy 
tarmoqlardan oqilona foydalanishni singdirish masalasidir. Hayotimizning 
barcha sohalariga tobora singib borayotgan axborot inqilobi xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ochib bermoqda. Natijada 
shunday yaxlit axborot makoni shakllanib, unda axborot – milliy 
boyliklarining muhim qismiga aylanmoqda. Unga ko'ra, muloqotimizga 
yangi “axborot makoni”, “axborot siyosati” va “axborot xuruji” kabi 
tushunchalar kirib kelmoqda. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “yurtimizga 
qarshi qaratilgan axborot xurujlarga zarba berish, biz tanlagan ezgu 
maqsadlarni ko'rolmaydigan chetdagi va o'zimizdan chiqqan ayrim 
niqoblar ostida o'zini hammadan dono, bizga eng yaqin yordamchi va 
maslahatgo'y qilib ko'rsatadigan, hatto milliy an'analarimiz va hayot 
tarzimizni 
o'zimizdan 
ham 
yaxshiroq 
bilishini 
da'vo 
qiladigan 
kimsalarning soxta urinishlarini fosh etish ham xalqimiz manfaatlarini 
himoya qilishning amaliy namoyonidir”. Ayni kunda, Respublikamizda 
jamiyatimizga yot bo'lgan g'oyalarning kirib kelishiga qarshi mukammal 
tizimli kurash olib borish maqsadida, axborot kommunikatsiya tizimlarini 
takomillashtirish hamda jahon ommaviy axborot vositalarini, internet 
tizimini nazorat qilish bo'yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.
Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 
raisligida 2019-yil 19-martdagi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va 
ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida belgilab bergan 5 
ta muhim tashabbuslarning 3-yo'nalishi aholi va yoshlar o'rtasida 
kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil 
etishga alohida to'xtalib o'tdi. Bularning ijrosini ta'minlash maqsadida 
umumiy o'rta ta'lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari bo'yicha 


233 
turli xil to'garaklar tashkil etildi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari 
o'qituvchilari yoshlarni kompyuter va internet tarmog'idan samarali va 
to'g'ri maqsadda foydalanish uchun o'qituvchilarga katta mas'uliyat 
yuklandi. Bu esa umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari AKT dan 
unumli foydalangan holda darslarni, to'garakni namunali tarzda tashkil 
etish va aniq ish reja bo'yicha ish olib borish kerakligini anglatadi. Xalq 
ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham axborot 
texnologiyalari 
sohasidagi 
tashkilotlarning 
o'quv 
jarayonlariga 
qatnashishini rag'batlantirish orqali umumta'lim maktablarida informatika 
fanini o'qitish metodlarini takomillashtirish haqida alohida ta'kidlab o'tildi. 
Bu borada umumta'lim muassasalarida “Bir million dasturchi” loyihasi 
keng hududda joriy qilish belgilab berildi. Bu konsepsiyadan ko'zlangan 
asosiy maqsad, yoshlar orasida internetdan samarali foydalanishni keng 
targ'ib etish, yosh avlodni sog'lom, ma'nan yetuk shakllantirishga, asosiysi, 
blimli va baxtli qilishdan iboratdir. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish