Avtomobil yo'llari qurilishida smeta ishi me'yoriy-xuquqiy qoidalari. Reja: - 1. Smeta hujjatlarining tartibi va tarkibi
- 2. Qurilish smeta qiymatining meyori bazasi
- 3. Smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash
- Qurilishning smeta hujjatlari – inshootning (yo'l, ko'prik, tonnel va hokazo) smeta qiymatlarini asoslab beruvchi hujjatlar majmuidan iborat bo'ladi. Smeta hujjatlari loyihalashtirish jarayonida qurilishni tashkil etish bo'yicha qabul qilingan loyiha yechimlari asosida ishlab chiqiladi va loyihaning tarkibiy bir qismi sifatida tasdiqlanadi. Smeta hujjatlarning tarkibi loyihalashtirishning bosqichligiga bog'liq. Ikki bosqichli loyihalashtirishda loyiha tarkibida qurilish bahosining umumiy smeta hisobi va xarajatlar to'plami (ishlab chiqarishdan tashqari obyektlar qurilish qiymatini hisobga olgan holda) obyekt va lokal smetalari, smeta hisob – kitoblari, loyiha va izlanishlar smetalari ishlab chikiladi. Ishchi hujjatlar tarkibida obyekt va lokal smetalari ishlab chiqiladi. Bir bosqichli loyihalashtirishda ishchi loyiha tarkibi qurilish bahosining umumlashma smeta hisob – kitobi, xarajatlar to'plami, obyekt va lokal smetalari, smeta hisob – kitoblari va loyiha izlanish ishlari smetalaridan tashkil topadi. Loyiha tarkibidagi smeta hujjatlarini yiriklashtirilgan smeta me'yorlari, qurilish smeta bahosining yiriklashtirilgan ko'rsatgichlari bo'yicha, ishchi hujjatlarni kataloglarga jamlagan materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, transport xarajatlari kalkulyasiyasining birlik qiymatlari asosida tuziladi. Smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang'ich nuqta bo'lib qurilishning mahalliy shart-sharoitlarini belgilovchi ma'lumotlar xizmat kiladi. Ular quyidagilardan iborat: -mahalliy materiallar karerlar, yordamchi korxonalar va qurilishning tayanch omborxonalari, eng yaqin temir yo'l stansiyalari, pristallar, qurilish maydonigacha bo'lgan masofalar ko'rsatilgan avtomobil yo'llari to'g'risida ma'lumotlar beruvchi avtomobil yo’li hisoblanadi.
- qurilishi mo'ljallanayotgan rayon haqidagi ma'lumotlar majmui (situatsion reja); -mahalliy qurilish materiallari olinadigan joylar to'g'risida ma'lumotnoma; -fondlashtirilgan (chetdan keltiriladigan) materiallarning olinish manbalari to'g'risida buyurtmachining ma'lumotnomasi; -avtomobil yo'llarining texnik holati ko'rsatilgan holda tuzilgan, avtomobil transporti bilan qurilish yuklari tashish masofalarining o'lchanishi to'g'risida dalolatnoma; -suv, elektr energiya, bug', siqilgan havo va boshqalarni qanday olinishi to'g'risida ma'lumotnoma. Avtomobil yo'llari, ko'prik va boshqa yo'l inshootlari qurilishining smeta bahosini aniqlash uchun ikki bosqichli loyihalashtirishda, kapital mablag'larni rejalashtirish va qurilishni moliyaviy ta'minlashning asosi bo'lgan, qurilish bahosining umumlashma smetasi hisob-kitobi tuzib chiqilishi kerak. Uni avtomobil yo'lining alohida konstruktiv elementlarini tiklashning smeta qiymatlarini harakterlovchi obyekt va lokal smetalar asosida ishlab chiqiladi: yo'l polotnosi, yo'l qoplamasi, sun'iy inshootlar, yo'llarni jihozlash, yo'l va avtotransport xizmatining bino va inshootlari va hokazo. Yo'l polotnosi va qoplamasiga lokal smetalar qurilish me'yorlari va qoidalarida tasdiqlangan, rayonning yagona birlik qiymatlari asosida ishlab chiqiladi. Qolgan lokal smetalar esa odatda qurilish qiymatining yiriklashtirilgan ko'rsatgichlari asosida tuzib chiqiladi. Rayon yagona birlik qiymatlari (YeRER) dagi narxlarni mahalliy sharoitga bog'lash kerak bo'ladi, shu sababli yo'l qoplamasi uchun qo'shimcha ravishda yagona narxlarning mahalliy qurilish sharoitiga bog'lagan ravishda materiallar narxi va bu materiallar bo'yicha transport xarajatlari kalkulyasiya qilib chiqilgan yagona narxlari katalogi tuzib chiqiladi.
- Qurilishda narxlarning shakllanishi jarayoni Davlat tomonidan smeta bo'yicha mehnat yo'l - qurilish mashinalarining ish vaqti, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar yarimfabrikatlar sarfini majburiy me'yorlash, qurilish ishchilari ish haqlarini hisoblashga yagona ta'rif tuzilishini qo'llash, qurilish materiallari. buyumlar, yarimfabrikatlarga yagona ulgurji narxlarning belgilash, qurilish mashinalaridan foydalanishning smeta narxlarining belgilash, yagona transport tariflari va elektr energiyaga tariflarini o'rnatish yo'li bilan nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Smeta me'yorlari - bu bir birlik qurilish ish hajmi inshootning konstruktiv elementiga to'g'ri keladigan to'g'ridan-to'g'ri xarajatlarining (qurilish materiallari, mehnat va ish haqi, qurilish mashinalarining ish vaqti) alohida elementlari miqdorining natural ko'rinishidagi ifodasidir.
- To'g'ridan-to'g'ri xarajatlar elementlari bo'yicha natural smeta me'yorlari va qiymat (narx) ko'rsatgichlari majmui smeta normativlari tizimini hosil qiladi. Qo'llaniladigan barcha smeta me'yorlari qurilish tarmoqlari, vazifasi, ish turlari va yiriklashganlik darajasi bo'yicha turlarga ajratiladi. Qurilish tarmoqlari bo'yicha smeta me'yorlari fuqaro, sanoat, transport va boshqa qurilish turlari bo'yicha differensiyalanadi.
- Avtomobil yo'llari qurilishining lokal smetalar asosida tuzilgan umumlashgan smeta hisob-kitobi 12 qismdan iborat bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |