Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

 
Ключевые 
слова

образование, 
общество, 
методы 
исследования, социальная значимость, целостный взгляд, методы 
обучения, 
ученик, 
мировоззрение, 
межпредметная 
связь, 
инновационная технология, дидактическая система, педагогическое 
сопровождение, инновационная школа. 
Tarbiyaviy jarayon uzluksiz, ketma-ketlik va izchillik tamoyiliga 
asoslangan holda amalga oshadi va o’zining samarasini beradi. Eng 
qadimgi davrlardan to bugungi kungacha “Inson tarbiyasi” dolzarb masala 
sifatida yer yuzining barcha xalqlarida birdek qaralishini taqozo etmoqda. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: “O’zbekistonda mustaqil 
va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquqi va 
erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli 
jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon 
hamjamiyatidagi munosib o’rnimizni yanada mustahkamlashdir. Bu 
avvalo, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz 
kelajagi bo’lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo’naltirish, barkamol 
shaxsni tarbiyalash bilan bir qatorda ekanini yaxshi anglaymiz.”[1], - deya 
ta’kidlaganlari bejiz emas.
Xususan, Martin Jay pedagogik jarayonlarda tarbiya uzluksiz 
ravishda davom etishi va uning davriyligi haqida quyidagicha fikr 
bildiradi: “Pedagogik jarayonda tarbiyaning davriylik tuzilishi - bu 
tarbiya texnologiyalarning asosiy xususiyatlariga muvofiq bo’lgan, uning 
tarkibiy qismlari yig’indisi, deb aytishimiz mumkin. O’zbek tilining izohli 
lug’atida “Tarbiya” haqida quyidagicha fikrlar beriladi: “Tarbiya” arabcha 
so’zdan olingan bo’lib, “rivojlantirish”, “parvarish qilish”, “o’rgatish”, 
“ilm berish” ma’nolarini anglatadi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, 
ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy 


98 
pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan 
xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora-
tadbirlar yigindisi.
Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy 
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud 
boʻla olmaydi. Chunki, odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan 
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi[2].
Bundan tashqari ta’lim, axloq-odob va shu kabilarni o’rgatib, 
singdirib, insonni voyaga yetkazish, ulg’aytirish, o’stirish deya ham 
izohlanadi. Shunday qilib, pedagogikada “tarbiya” kategoriyasining bir 
vaqtda, bir necha tushunchalari ham mavjud. Tarbiyani o’rganayotgan 
avlodga tarbiyani eng muhim tajribalarini yetkazish bo’yicha maxsus 
tashkil etilgan jarayon sifatida tushunish eng keng tarqalgan 
tushunchalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiya 
jarayonining asosi, haqiqatda, o’qitish hisoblanadi, degan xulosaga kelish 
to’g’ri bo’ladi. Axloqiy tarbiyasi nosoz odamning ijtimoiy sifatlari nuray 
boshlaydi. Axloqiy tarbiyasi yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to’g’ri 
yo’llarini izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo’lib, yaxshi ijtimoiy 
sifatlari takomillashib boradi.
Tarbiya bu uzluksiz davom etguvchi asrlardan asrlarga ulanib 
borguvchi jarayondir. Bunda har zamonda ortish va bo’rtish holati ko’zga 
tashlanadi. Tarbiya tizimini ko’rib chiqishning falsafiy jihati tarbiyaning 
mazmun-mohiyati, 
maqsadlarini 
asoslashni,uni 
aniqlashtirish 
va 
tarbiyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab berishni nazarda 
tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kun qarashlari ostida tarbiya 
tizimida turlicha qarama-qarshi yondashishlar mavjud.
Tarbiya bola shaxsiga ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq 
ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Bunda tarbiya ma’lum shaklda va ma’lum 
metodlar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyadan boshqa yondashish 
insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan bog’liq. Bu yondashish, 
birinchi navbatda, yuqorida ko’rib chiqqan individuallashtirish jarayoni 
bilan yuzaga keladi. Uni bola ijtimoiylashtirish masalalarini boricha 
yaxshi o’zlashtirib olishi maqsadi bilan bog’liq holda bo’lishi kerak. Yana 
bir bor eslasak, individuallashtirish - bizning fikrlashimizga ko’ra bolada 
mavjud o’zining individual tajribasida egallagan yagona, alohidaligini 
ta’minlab turish va rivojlantirish bo’yicha kattalarning hamda bolaning o’z 
faoliyatlaridir.
Tarbiya 
inson 
shaxsini 
shakllantirish, 
uning 
ijtimoiy-
siyosiy,madaniy va ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga 


99 
qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini 
anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida 
olib boriladigan jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari 
ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan 
mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq
bo’lgan tushunchadir. Albatta, ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni 
vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq 
ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. 
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan 
turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Ma’lumki, yosh avlodga 
tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyatga ega. O’quvchilarga 
tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Ammo tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va 
vositalari mavjud. O’qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim 
muassasalari oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar 
bevosita o’quv jarayoni bilan bog’liqdir.
Tarbiyaviy ishlar sog’lom hayot, sog’lom turmush tarzi, sog’lom 
e’tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni 
tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, 
xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo’lish, tinch va farovon hayot 
yaratish, ijtimoiy ma’naviyatini yuksaltirishga intilish kabi omillar 
tarbiyaviy ishlarda asosiy o’rin egallaydi.
Yoshlarning siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, 
jamiyatga ongli munosabatda bo’lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat 
bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib 
toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag’zi bo’lmog’I lozim. Inson 
shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon sifatida 
shakllanib boradi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, 
do’stlari,jamoat tashkilotlari,atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, 
san’at, adabiyot,tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi 
barcha hayotiy tajribalarni vujudga keltirishda o’zaro hamkorlikning ta’sir 
doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan 
holda,uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan 
muhitdan himoya qilish juda muhim.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analariga, urf-
odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, 


100 
pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqish va ularni amalga joriy 
etishdir[3].
Tarbiyaning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin 
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatini har 
tomonlama ochish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat. 
Tarbiyaning asl negizida quyidagi fikrlar yotadi: 
-
yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib 
olishga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini
shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va 
amal birligi hissini uyg’otish; 
-
har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, 
ularni rivojlantirish; inson faoliyatini turli sohalarga yo’naltirish, bolalar 
ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash 
uchun shart-sharoit hozirlash; 
-
insonparvarlik 
odobi 
me’yorlarini 
shakllantirish 
(bir-birini 
tushunish), muomala odobi kabi tarbiya vositalari keng qo’llanishi lozim. 
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etish natijalariga ko’ra, usullarni ikki 
guruhga bo’lish mumkin: 
-
axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishiga, tasavvur, tushunchalar, 
g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi; 
-
xulq- atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga 
ta’sir etuvchi[4]. 
Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya usullardagi yagona maqsad, mazmun 
va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq obyektiv va qulay usullar 
qo’llaniladi. Demak, tarbiya hamisha ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasi hamda muayyan ijtimoiy-tarixiy formatsiyaga xos 
bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tipiga muvofiq bo’ladi. Davlat tarbiya 
orqali o’z siyosatini amalga oshiradi, ya’ni o’z mafkurasi, axloqi va 
siyosatiga javob beradigan shaxsni shakllantirib, o’ziga kerakli kadrlarni 
tayyorlaydi. Tarbiyani jamiyat talablari taqozo qiladi hamda mehnat 
qurollari va vositalari rivojlnib, takomillashib borgan sari mehnat 
faoliyatining, mehnat mahsulotini taqsimlashning yangi turlari va 
shakllari paydo bo’lgan sari mehnatda qatnashuvchilar o’rtasidagi
munosabatlar o’zgargan sari tarbiya ham o’zgarib boradi[5].
Yosh avlod tarbiyasi umumxalq ishidir. Respublikamizda bevosita 
tarbiya ishi bilan shug’ullanishga da’vat etilgan muassasalardan tashqari 
tarbiya muassasalari, hunar-texnika bilim yurtlari, o’rta maxsus va oliy 
o’quv yurtlaridan tashqari, turli kasb egalari ham bu muhim ishda 


101 
qatnashadilar. Shunday ekan, inson tarbiyasi, uning qonuniyatlari 
haqidagi fan – pedagogikani o’rganish unga aloqador bo’lgan kishilarning 
muhim vazifasidir. Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib 
bo’lmaydi, bu ikki jarayon o’zaro uyg’un, uzluksiz asosda tashkil 
etilgandagina odobli,axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu 
bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog’lom, keng 
dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi b’lgan 
vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. “Tarbiya” fanini o’qitishda sharq 
mutafakkir allomalari jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shganliklari
bilan bir qatorda - o’z faoliyatlarida insonni ulug’lash, xalqparvarlik
adolat, 
oliyjanoblik, 
do’stlik, 
rostgo’ylik, 
mehnatsevarlik, 
kamtarlik,saxiylik,mardlik, muruvvatlilik, odob, axloq, ilm-ma’rifat haqida 
ilgari surgan g’oyalarini singdirish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir: 
“Tarbiya” darslarida buyuk mutafakkirlarimiz merosini o’rganish beqiyos 
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Zero, yoshlar qalbiga nur, ongiga ziyo bo’lib kirib, ona Vatanimiz 
O’zbekistonning fayz-baraka yurti sifatida gullab-yashnashiga munosib 
hissa qo’shayotgan yoshlar buyuk ajdodlarimiz yaratgan boy merosni 
yanada puxtaroq o’rgansalar maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish