327
1.O’zbеkiston Prеzidеnti Shavkat Mirziyoеvning Diniy-ma'rifiy soha
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida.//Toshkеnt
shahri, 16aprеl, 2018 y.
2.Axmеdov B., R.Mukminova, G.Pugachеnkova. Амир Темур. –
Т.:Univеrsitеt. 1999. –Б.146-235.
3.To’ychiеva G.U. O’zbеkistonda dinniy aqidaparastlik: qarama: qarshilik
mohiyati. – T ., 2006
4.Yusupov E. Yoshlarning ma'naviy kamoloti.T.: O’zbеkiston,1995. 32- b.
O’QUVCHILARNING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA
AQLIY TARBIYANING O’RNI
Sattarova I.M.-
ADU, Umumiy pedagogika kafedrasi o’qituvchisi;
Turg’unova D.- ADU, BTSTI talabasi
Annotatsiya:
maqolada o’quvchi aqliy kamoloti va ta’lim-tarbiya
tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirish, bunda aqliy tarbiya, ilmiy tafakkur, e’tiqodning o’rni
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, tarbiya, aqliy tarbiya, zehn, idrok, tafakkur,
iqtisodiy taraqqiyot
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev o’z fikrlaridan birida, - “Biz ta’lim
va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb
bilamiz”, - deb bejiz aytmaganlagini ko’rib turibmiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim
siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama
barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Barkamol inson deganda ma’naviy
jihatdan yetuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun
qayg’uradigan, shuningdek iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish
ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish
bugungi kun talabiga
mos keladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston
328
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 sentyabrdagi “O’zbekiston
Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi Qonuni va
boshqa bir qator qarorlarini mazmun-mohiyatini bilish va uni ta’lim
jaroyoniga tadbiq eta olish har bir o’qituvchining vazifasidir.
“...Yurtimizda ilm-fan, sog’liqni saqlash, ma’daniyat va san’at, sport
kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda”...[1]
Darhaqiqat, Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar
keng doirada amalga oshirib kelinmoqda. «Hozirgi kunda innovatsion
texnologiyalar va ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy
faoliyatga keng jalb etish, o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga
chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar
yaratish muhim
ahamiyatga ega
.
Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, davlat standarti talablari
asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash uchun avvalo
o’quvchilar, murabbiylar shaxsini har tomonlama mukammal bo’lishini
talab etadi.
Jamiyatimiz taraqqiyotiga mos ta’lim-tarbiya sohasida ko’plab ijobiy
o’zgarishlar bo’lmoqda, moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizning yangi-
yangi qirralarini o’rganish imkoniyatlari tug’ilmoqda. Bugungi kunda
milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni sinchiklab, mukammal ko’rib
chiqish, zamonaviy ilm-fan, texnika-texnologiyalar borasidagi yutuqlarni
o’rganish va tahlil qilish bo’lajak mutaxassislar ilmiy dunyoqarashini
kengaytirishda mustahkam ilmiy asos bo’lmoqda.
Aql kishining o’z irodasi, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy
xaqiqatlarni anglash va ularga o’z faoliyatida ma’naviy-insoniy
nuqtayi-
nazardan amal qilishdir.
Abu Nasr Forobiy yozadi: “Aqlli deb shunday kishini aytamizki,
unda o’tkir zehn, idrok bo’lishi bilan birga u fazilatli ham bo’lsin. Bunday
kishi o’zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga
oshirishga, yomon ishlardan o’zini saqlashga va tortishga qaratgan
bo’lmog’i lozim. Shunday odamnigina aqlli va butun fikr yurituvchi deb
atash mumkin”.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi
bilimlarni
berish,
uning
aqliy
(bilish)
qobiliyati,
tafakkurini
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali
yo’lga qo’yish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani
berishga alohida e’tibor qaratilmolqda.
329
Aqliy tarbiya
o’quvchilarni ilm-fan, texnika,
texnologiya hamda
ishlab chiqarish sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish,
ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga zamin
yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
-
O’quvchilarga ilmiy bilimlarni berish;
-
Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli
munosabatni qaror toptirish.
-
Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va
malakalarini tarkib toptirish.
-
Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini
shakllantirish.
-
Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik
qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar
(aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash,
ijodiy
tafakkur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni
umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va
hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy ta’lim va tarbiya
birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy
voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi,
inson aqliy faoliyatining
yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy
tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib,
quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin:
-
ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi;
-
mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni;
-
fikrlash ko’nikmasiga egalik;
-
bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga
kelganligi.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida
yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o’ziga xos
o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: