638
Bugungi kunda davlatimizning bosh
maqsadlaridan biri kelajak
poydevori bo‘lgan yoshlarni ma’naviy yetuk, bilimli, mustaqil fikrlovchi
insonlar qilib voyaga etkazishdir. Rivojlangan mamlakatlarning tajribalari
shuni ko‘rsatadiki, yangi pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarda bilim
olishga bo‘lgan qiziqish va zaruratlarini qondirish bilan birga,
zamon
talabiga mos kadrlarni yetishtirishdek vazifani amalga oshiruvchi vosita
bo‘lib bormoqda. Shu jihatdan, ta’lim mazmuni va uning tarkibini
kengaytirish va chuqurlashtirish hamda ta’lim
sifati samaradorligini
oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda.
Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z
tengdoshlariga teng kela oladigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli
bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimiz bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz” deya ta’kidlab o‘tgan.
Vatanimiz yigit qizlarini XXI-asr talablariga to‘liq javob beradigan har
tomonlama rivojlangan shaxslarni voyaga etkazish maqsadida o‘quv
jarayonida axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarini keng
joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar davlat dasturlarida ko‘rsatib qo‘yilgan
vazifalardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Ularda quyidagilar
asosiy vazifalar sifatida belgilab qo‘yilgan: - sog‘lom bolani
shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning ro’lini kuchaytirish,
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,
ularni yuqori
malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang‘ich ta’limning
yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini
tubdan oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishdan iboratdir.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish,
dars jarayonida
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda interfaol usulda
darslarni tashkil qilish, o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan kompyuter
dasturlariga asoslangan multimediya va
prezintatsion vositalardan
foydalanib, darslarni tashkil etish zarur. Bugungi kunda ta’lim jarayonida
foydalanishga mo‘ljallangan ko’plab elektron materiallar: elektron darslik,
o‘quv qo‘llanmalar, testlar, turli o‘rgatuvchi dastur vositalari yaratilgan.
O‘qitish jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarni keng joriy etish davr talabiga aylanmoqda.
“XXI asr – axborot texnologiyalari asri” deb bejiz aytilmagan. Ayni
vaqtga kelib ta’lim sohasida samarali islohotlar amalga oshirildi.
Innovatsion texnologiyalarga asoslanib darslarni o‘tkazish yaxshi
natijalarni bermoqda. Axborot kommunikatsion texnologiyalarni o‘quv
639
jarayonida qo‘llash, unga pedagogik,
psixologik, didaktik, tashkiliy,
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai
nazarlaridan yondashish
lozim.
Xulosa
qilib
aytganda,
axborot-kommunikativ
texnologiyalari
o‘quvchilarning mustaqillik va o‘zini boshqarish hamda rivojlanishiga
yordam beradi. Asosiysi, u o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirishga va ular o‘rtasidagi hissiy muloqotni
o‘rnatilishiga yordam beradi, kompyuter bilan ishlashga o‘rgatadi. Xullas,
dars jarayonini axborot-kommunikatsion texnologiyalar orqali tashkil etish
o‘ziga xos sifat va samaradorlikni ta’min etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: