644
qondirish;
–
aholining ijtimoiy va professional harakatchanligini oshirish;
–
tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o’zligini anglashi tevarak-atrof
to’g’risidagi
bilimlarni kengaytirish;
–
davlatimizning oliy maktablarida yig’ilgan bilimlar hamda
kadrlarning moddiy salohiyatini saqlash va ko’paytirish;
–
butun jahon hamjamiyati chegarasida ta’lim fazosining har bir
nuqtasida nostrifikatsiyalangan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni o‘z
ichiga olgan yaxlit ta’lim fazosini rivojlantirish;
–
geosiyosiy masalalarni yechish va boshqalar.
Masofaviy o’qitishning tashkiliy asoslari
. Masofaviy o’qitish
texnologiyasidan foydalanuvchi o’quv tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish,
umumiy tashkillashtirishning o’ziga xosligini ochib beradi:
–
uzluksiz ta’lim;
–
o’quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish;
–
geografik joylashishi uzoq bo‘lgan o‘quv muassasalarini yetakchi
oliy
o‘quv
yurtlari
bazasi
markazida
masofaviy
o‘qitishni
markazlashtirish;
–
tinglovchilar
yo‘nalishiga
ko’ra
o’qituvchi(pedagog)-
maslahatchilarning mavjudligi.
Masofaviy o’qitishning qulayligi
. Kelgusida maqsadga muvofiq
ravishda laboratoriya amaliyotlarini o’tkazishni qisqartirish mumkin.
Masofaviy
o’qitish
nazorati
.
Bu
o’rganilayotgan
o’quv
materiallarining nazariy o‘zlashtirilish natijalarini tekshirishdan iborat.
Test haqiqatdan ham fan bo‘yicha juda ko’p savollardan tashkil topgan
bo’lishi kerak hamda har bir savol uchun bir nechta javob variantlari taklif
etiladi. Talaba ular orasidan to’g’ri javobni tanlashi lozim. Testlar o’z-
o’zini tekshirishga yaxshi mo’ljallangan va individual mashg’ulotlar uchun
juda qulay.
Masofaviy o’qitish qatnashchilari, ya’ni tinglovchilar, o’quvchi-
talabalar va o’qituvchi(pedagog)lar yetarli darajada tayyor bo‘lishlari,
ya’ni masofaviy o‘qitishning o’rgatish usullaridan,
vositalaridan va
tashkiliy shakllaridan foydalana bilishlari kerak. Shuning uchun ham
fundamental informatika AKTlarning nazariy va amaliy asosi sifatida
masofaviy o’qitishning harakatga keltiruvchi kuchi va uning ajralmas
qismi bo‘lishi shart.
Modul – pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi, uning tarkibiy
bo’laklarini ifodalovchi tushunchadir. Bunday bo’laklar
kichik modul,
birlamchi modul, modullar to‘plami, modullar darajasi va modullarning
645
majmuaviy tuzilmasi kabi turlardan iborat bo‘ladi. Modullar o’z ko’lamiga
ko’ra mayda, o’rtacha va yirik bo’lishi mumkin. Ularning bir-biriga
nisbatan proporsionalligi qat’iy bo’lmasligi, ularning o’zaro ta’siri
umumiy jarayonda turlicha bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish joizki modulli o’qitish – pedagogik
jarayonni ilmiy va metodik jihatdan tartibli va maqsadga muvofiq
bajarishga xizmat qiladi. Har qanday pedagogik texnologiyaning tarkibiy
bo‘laklari o‘zaro joylashuvi va pedagogik
texnologiya jarayonlarini
amalga oshirish ketma-ketligining oldindan belgilangan tartib-qoidalari
algoritm deyiladi.
Eng kichik bo’lak pedagogik texnologiyaning o’ziga xos qismi
bo’lib, bunday kichik modullardan birlamchi modul tashkil topadi.
Modullar to’plami o’qitish jarayonini ilmiy tashkil etishga va uning sifat
hamda samarasini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Modullarning
o’zgaruvchan va modernizatsiyalanadigan tabiati tufayli ulardan dinamik
ravishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: