2 - modul. Kichik gidroelektr stansiyalar va ularning turlari.
4-mavzu. Kichik gidroelektr stansiyalar (KGES) va ularning turlari. Kichik gidroelektr stansiyalarning asosiy parametrlari.
Elektroenergiya tarmoqlari
Umumiy elektrotarmoqqa ishlovchi elektrostansiyalar, ko'paytiruvchi va kamaytiruvchi podstansiyalar va elektr uzatish chiziqlari elektroenergetik tarmoqni (energo tarmoqni) tashkil qiladi. Yuqori vol’tli elektr uzatish chizig’i ayrim tarmoqlarni bir biri bilan bog’lab, birlashgan tarmoq BETni tashkil qilishga imkon beradi, bu esa ayrim tarmoqlardagi maksimal elektr yuklamasini bir vaqtga to'g’ri kelmasligi va avariya holatlarida, o'zaro almashish hisobidan elektrostansiyalar zaruriy quvvatini kamaytirishga imkon beradi.
Elektrostansiyalarning asosiy turlari:
- yonilg’idan ishlaydigan kondensatsion elektrostansiyalar (KES, GRES) Bu stansiyalarda yuqori ko'rsatkichli (t=565S haroratdagi 24 MPa bosim) bug’dan foydalaniladi, 1 kVt ishlab chiqarilgan energiyaga, o'rta hisobda 0,33kg shartli yonilg’i sarflanadi, 40% FIK ga ega. KES ning samarali ishi faqat bir tekis ishlaganda bo'ladi. Yuklama o'zgaruvchan bo'lganda, yonilg’i keragidan ko'proq sarflanadi. KES o'z ehtiyojlariga ancha energiya sarflaydi, agregatlarning (quvvati N=500-1500 MVt.li energobloklar) avariyaga uchrash ehtimoli katta;
- issiqlik elektromarkazlari (IEM) elektroenergiyani va issiqlik ta'minoti uchun bug’ni ishlab chiqaradi. Iste'molchilarning talabidan kelib chiqib doimiy yuklanishda ishlaydi;
- atom elektrostansiyalari (AES) ishi huddi KES kabi, ammo blok qozoni, uran atomi yadrolari zanjirli parchalanish reaksiyasidan hosil bo'lgan issiqlikdan atom reaktori bilan qizdiriluvchi issiqlik almashtirgich bilan almashtirilgan. Massa bo'yicha yonilg’i sarfi 1000 marta kam, shuning uchun ularni boshqa resurslar yo'q joyda quriladi. Hozirgi kunda AES agregatlar quvvati 1000 mVt.ga yetdi, ular asosan to'liq quvvatda sutka davomida ishlashga mo'ljallangan bo'lib, FIK 25%, o'z quvvatini tez o'zgartirish qobiliyati juda past;
- gidroelektrostansiyalar (GES) - o'z quvvatini tez o'zgartirish qobiliyatiga ega. Agregatni yoqish, sinhronizatsiyalash va yuklanishni yig’ish 1-2 min. ichida amalga oshiriladi.
GES yillar davomida, suvni tiklanuvchi energiyasidan foydalanadi. GES elektroenergiyasi tannarhi IESnikiga qaraganda 5-10 marta arzon. GES energiyatarmoq yuklama grafigining cho'qqisida ham ishlay oladi. GESda hizmatchi hodimlar soni kam, ishlayotganda, tashqi muhitga ta'sir ko'rsatmaydi, agregatlarini FIKi yuqori 90% atrofida (IESniki 50%);
- gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar GAES faqatgina yuklama cho'qqisini qoplabgina qolmay, nasoslar ishlaganda grafikdagi yuklamani keskin pasayishini to'ldiradi.
3.3-Rasm. Yuklama grafigini elektrostansiyalar bilan qoplash sxemasi.
O'ziga hosligidan kelib chiqib elektrostansiyalar yuklama grafigini quyidagicha qoplaydi: IES, AES va GES oqimni boshqarmasdan bazisda ishlaydi. Boshqariluvchi GES va GAES cho'qqi qismida ishlaydi, tarmoqda qanchalik yuqori quvvatli IES va AESlar paydo bo'lsa, shunchalik boshqariluvchi yuklama grafigini cho'qqi qismida ishlovchi elektrostansiyalar zarur bo'lib qoladi.
Grafikning notekisligi GESni iqtisodiy ishlashiga deyarli ta'sir qilmaydi. Bu hususiyatlar GESni yuklama grafigini cho'qqi qismida ishlashi uchun almashib bo'lmaydigan qilib qo'yadi, bunda IESda yuklama tekislanadi va yonilg’i sarfi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |