43
Kalit so`zlar
: muhandislik, ijodiy, ijod, texnika, dizain, fazoviiy tasavur
loyixalash, profesional ta`lim.
Аннотация.
В данной статье рассмотрены методические
концепции направления учащихся на
творческое мышление через
преподавание инженерной графики.
Ключевые слова:
инженерия, творчество, креативность,
технология,
дизайн,
пространственное
проектирование,
профессиональное образование.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan kelgusi yillarda
ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib
kelinmoqda. 2019 yilning 8 oktabrida qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 sonli Prezident
Farmonida oily ta’lim tizimning joriy xolati va mavjud muommolar,
rivojlantirishning
strategik
maqsadlari
va
ustuvor
yunalishlari,
konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar batafsil aksini
topgan. Ayniqsa «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi
sari» tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni 2022
yilda amalga
oshirishga oid davlat dasturidagi yo‘nalishlarining maqsadlarida ta’limning
barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash va
sifatiga etibor berish belgilab qo‘yildi
[1]
.
Jumladan jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi-nazariga ega, Vatanga sodiq
yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish
kabi vazifalar qo‘yildi.
Mamlakatimiz yoshlariga nisbatan ishonch bildirib, ular kelajagimiz
ekanligini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham o‘z nutqlarida quyidagicha
bildirib o‘tgan: “Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta
egallagan,
mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik
tuyg‘usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib,
bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni hal
etishga qodirsiz” [2].
Bunday yetuk kadrlarni tayyorlashda muhandislik
grafikasi fanining
ham o‘rni beqiyosdir. Chunki muhandislik grafikasi fani bevosita texnika
va uning taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘langan. Chizma bajarish
uchun belgilangan standartlarni, qoidalarni o‘zlashtirgan, grafik
44
savodxonlikka ega bo‘lgan, fazoviy
tasavvuri va tafakkuri kuchli, ijodiy
fikrlay oladigan, ya’ni konstruksiyalash asoslarini egallagan yoshlarni
tayyorlash muhandislik grafikasi fanining eng asosiy vazifalaridan biridir.
Ma’lumki, ilmiy texnikaviy rivojlanish ko‘p jihatdan,
texnikaviy
loyihalash va fazoviy tasavvurni rivojlantiruvchi mavzularini o‘qitishga
asoslandi. Texnikaning rivoji chizmalarsiz amalga oshmaydi. Buning
uchun muhandislik grafikasini o‘qitish jarayonida va har bir grafik ishni
bajarishda o‘rganuvchilarda ijodiy yondashishni singdirib borish zarur.
“Ijod” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, yaratish, kashf etish,
vujudga
keltirish ma’nolarini beradi [3].
Umumta’lim maktablarda xam chizmachilikni fan sifatida
o‘qitilishining asosiy sababi, politexnik ta’lim berish va zamonaviy
texnikaviy progressga kirib borishiga xamda professional talimga intilishni
tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Lekin, dizayn talabidagi loyihalash
va
fazoviy
tasavvurni
rivojlantiruvchi
mavzular
ustida
barcha
imkoniyatlarni qo‘llagan xolda tashkil etish, o‘quvchilarda
etarli bilim,
ko‘nikma va malakani yani ijod kilishga xavas uyg‘otilishiga sabab
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: