Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Ilmiy qarash 
(yunoncha «idea»- g’oya, tasavvur, tushunchalar 
yig’indisi) 
- muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy 
jihatdan asoslangan fikr, g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy 
bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, 
solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida 
yuzaga keladi. O’quvchini ijodiy fikrlashga o’rgatish, ixtirochilik 
ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish 
va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi. 


330 
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning 
yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Ilmiy tafakkur
–inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, 
ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni 
anglatadi. 
E’tiqod
dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, 
iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning 
takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch bo’lib, uning 
shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror 
va vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. 
Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga 
aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy 
qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni 
tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. 
Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-
axloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy 
bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl 
mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
asarlarida yoshlarning bilimli, yuksak tafakkur egasi bo’lish borasidagi 
qarashlar muhim o’rin egallagan bo’lib, ularning intellektual salohiyatini 
jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omil ekanligiga alohida urg’u beriladi. 
Chunonchi, «... ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi. XXI asrda, 
men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan 
va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo’yadigan yangi avlod paydo 
bo’ladi. Biz ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob 
maqsadlarni odamlar ongiga singdirish uchun harakat qilayapmiz. Biz 
kutayotgan avlod mana shu boylikni dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, 
hayotini shunga baxshida etsa, bilingki, odamzod yorug’ kunlarga erishishi 
muqarrar».[2] 
O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, 
metod va vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-
g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil 
etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni 
yaratish asosida o’quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, 
debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o’yinlari yanada samarali 
sanaladi. 
Umuman olganda, ta’lim-tarbiya inson aqliy kamolotini belgilovchi 
asosiy omil bo’lib hisoblanadi. U insoniyat paydo bo’lgandan boshlab 


331 
komil insonlar va ota-onalar hayot-faoliyati ibrat-namunasi sifatida 
avolddan-avlodga o’tib kelmoqda va bu haqda boy tarixiy milliy merosga 
egaligimiz bugungi kunda hech kimga sir emas. Shu sababli ham tarbiya 
masalasi, ayniqsa aqliy tarbiya jamiyat taraqqiyoti turli bosqichlarida 
turlicha ko’rinish va yo’nalishlarda olib borilgan, chunki bular jamiyat 
taraqqiyotidagi 
ishtirokchilarning 
dunyoqarashini 
va 
intellektual 
salohiyatini belgilab ham borgan. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish