312
ega bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lib, ta’lim sifati va samaradorligini
kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifatini ta’minlashda fasilitator
o‘quvchilarning
ehtiyojlari, qiziqishlari, layoqatlari hamda bilimlarni
o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etishi, ta’lim
oluvchilarni hayotga
tayyorlash va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DT va DTS ning
prinsiplarining bajarilishini ta’minlashi zarur bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishda fasilitator:
O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning innovatsion faoliyatini
tashkil etishi;
“Innovatsion muhit”ni shakllantirishi;
Ta’lim oluvchilar orasida ijodiy, samimiy, do‘stona
munosabatni
yaratishi;
o‘quvchilarning o‘zlarini erkin his qila olishlari va jamodagi ichki
intilish moddiy-ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashi;
kichik yoshdan boshlab bolalarni qobiliyatlari asosida ijodiy fikr
yuritishga, maqsad sari intilishlariga yo‘naltirishi shart. [5, 212].
Ya’ni fasilitatorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagog ta’lim – tarbiya
jarayonida har bir bolaning qobiliyatidan kelib chiqib, ularga beriladigan
vazifalarni to‘g‘ri taqsimlay olishi bilim sifatining
yuqori natijasini
kafolatlaydi.
Natijada, o‘quv - tarbiya jarayonida pedagogning fasilitatorlik
faoliyati ta’lim uzviyligining ta’minlanishiga imkon beradi. Ya’ni
bog‘chada zamonaviy ta’lim – tarbiya olgan bola boshlang‘ich sinfda
zaruriy ko‘nikmaga ega bo‘lgan holda yangi bilim va ko‘nikmalarni
muvaffaqiyatli egallab boradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
shuni
ta’kidlash joizki, zamonaviy ta’lim maqsadlariga erishish, o'quv jarayonida
murakkablikni oshirish, natijani kafolatlash, bilimlarni aniqlash va
baholashda to‘g‘ri
yechim topish, ijodkorlikni talab qilish, ta’lim
oluvchilarning qiziqishini, shuningdek, ularning imkoniyatlarini maksimal
darajada oshirishga olib kelishda pedagogdagi fasilitatorlik qobiliyatining
mavjudligi juda muhimdir.
Uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki
muhim ko‘rsatkichi –
sifat va samaradorlik, aynan, o‘qituvchining
salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy aloqadordir. Uzluksiz ta’lim tizimini
amalga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘qitish va
tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali
313
vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan
o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash
lozim. Shunday ekan, o‘qituvchilik – katta san’atdir. Bu san’atga u yoki bu
pedagog osongina, o‘z-o‘zidan erisha olmaydi. Shuning uchun,
o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun chinakam murabbiy
bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon
talablarini tez va chuqur
tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasi, pedagogik
mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik g‘oyasi va
mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan,
haqiqiy vatanparvar va
mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: