Abu Rayxon Beruniy (973-1048) - buyuk komusiy alloma. Uning 152 asaridan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Minerologiya", "Geodeziya", "Qonuni Mas’udiy" asarlarida u olam va odam, modda va zamon, qonuniyat, harakat va rivojlanish va boshqa falsafiy muammolarga katta o’rin bergan. Ko’plab ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Beruniy bilish masalalariga juda katta ahamiyat berdi. Jamiyatni aql va adolat bayrog’i ostida boshqarish mutafakkir idealidir.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) - buyuk qomusiy olim. Uning 242 asari bizgacha yetib kelgan, ular tibbiyot, falsafa, mantiq, axloq, farmokologiya kabi sohalarga bag’ishlangan. Mashhurlari "Tib qonunlari", "SHifo kitobi", "Bilimlar kitobi" ("Donishnoma"), "Tabiat durdonasi". U "Vujudi vojib" va "Vujudi mumkin" g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Uningcha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir. Jismlar to’rt unsurdan tashkil topgan. Sababiyat, hissiy va aqliy bilish munosabatini to’g’ri hal qiladi. Do’stlikka chaqiradi.
Agnostitsizm – inson ob’ektiv borliqni to’liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
Antistsientizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Antropogen – inson faoliyati bilan bog’liq.
Antropotsentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo’yuvchi falsafiy yondashuv.
Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko’rilgunga qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo’lgan obraz, g’oya, tushuncha.
Astika - bu guruhga kiruvchi falsafiy maktablar vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya, mimansa “Veda”ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deydilar.
Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
Atribut – xossa.
Atomlar (yun.-bo’linmas)-qadimgi faylasuflar nazarida bo’linmas, deb tasavvur qilingan zarrachalar.
Apologetika (yun.apologetikos-himoya qiluvchi)-teologiyaning bir tarmog’i (II-III asrlarda faoliyat ko’rsatgan). Apologetika o’z asarlarida xristianlik tamoyillarini xristian bo’lmagan oqimlar va olimlardan himoya qilgan ilk xristian olim, Yozuvchi, faylasuflarning yig’ishtirma (umumlashtirilgan) nomi. Apologetlar o’zlarining nomalarida xristianlik axloqiy tomoyillarining afzalliklarini asosladilar, xristianlikni davlat dini sifatida qabul qilish zaruratini himoya qildilar.
Amir Temur (1336-1405) buyuk sarkarda, mo’g’ullar bosqiniga chek qo’yib, mayda feodal davlatlari o’rnida kuchli markazlashgan davlatni barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi, uni iqtisodiy, siyosiy jihatdan yuksaltirdi hamda mamlakatni fan, madaniyat, ma’rifat markaziga aylantirdi, dunyo mamlakatlari bilan mustahkam aloqalar o’rnatdi. Me’mor, qalam va san’at ahlini, olim va fuzalo hamda din ahlining buyuk rahnamosi bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |