Global (umumbashariy) muammolar - a) urush va tinchlik; b) ekologik; v) energetik; g) xom-ashyo; d) oziq-ovqat; e) demografik.
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o’zaro muvofiqligi.
Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o’zga individuallikni tushunish san’ati.
Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Gnoseologiya – bilish nazariyasi.
Hadislar - (ar.-rivoyat) Muhammad payg’ambarning hayoti, faoliyati, xatti-harakatlari, ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlar.
Hadislar majmui “sunna” bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi.
Hozirgi zamon falsafasi inson ma’naviy tajribasining yaxlitligiga diqqatni qaratar ekan, ratsionallik va noratsionallikning qiyosiy ahamiyatini o’rganishda nisbatni o’zgartirdilar. Hozirgi zamonning ayrim noklassik falsafa namoyondalari klassik ratsionalizmni tanqid qilib noratsionalizmga katta e’tibor berdilar.
Hozirgi zamon falsafasining umumiy xususiyatlari quyidagilardir:
1. XX asr boshlariga kelib falsafada klassik va noklassik fikrlash uslublari o’rtasida raqobat kuchaydi.
2. Erkinlik, demokratik tamoyillar, plyuralizm g’oyalari turli ilmiy qarashlar bilan boyitildi.
3. Ilmiy- texnika inqilobi yutuqlari ta’sirida an’anaviy falsafiy me’yor va tamoyillardan voz kechib, "yangicha", ya’ni "pozitiv" (ijobiy) falsafiy uslublarni yaratishga urinish kuchaydi.
4. Inson va uning mohiyati, hayot mazmuni, yashashning ma’nosi muammolarini yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talqin qilish, uni izohlashda irratsionalizm va mistikaga murojaat qilish, insonning tub sifatiy xususiyatlarini uning irodasi, ruhiy va ong osti jarayonlari tabiatidan, borlig’ini esa o’lim va hayot chegarasidan qidirish va shu kabilar.
“Hayot falsafasi” oqimi XIX asrning 60-70 yillarida vujudga keldi va u hozirgi demokratik mamlakatlarda inson yashashining tamoyili sifatida namoyon bo’lmoqda. “Hayot falsafasi”-keng ma’noda hayotning mazmuni, maqsadi va qadr-qimmati haqidagi muammolarni tadqiq va talqin etuvchi falsafiy oqim. Bu oqim hayotning mohiyatini uning o’zidan anglab olishga intiladi, his-tuyg’ularni va instinktlarni ulug’laydi, aqlni tanqid va inkor qiladi. Unda volyuntarizm, irratsionalizm va intuitivizm belgilari ko’zga yaqqol tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |