Differensial-diagnostik so‘rov va uni qo‘llash usullari
O‘quvchilarni hunar ta’limiga munosabati ularning shu tanlagan kasblari faoliyatining har
xil turlariga nisbatan bo‘lgan oldindan shakllangan moyilliklari va qiziqishlariga mos kelishiga
juda kuchli bog‘iliq bo‘ladi.
Proforiyentatsiya masalalari bilan uzoq yillar shug‘ullangan yetakchi psixolog olim Ye.
A. Klimov kasblarining bob asosiy tipini farqlaydi:
- odam-tabiat (qishloq xo‘jaligi, biologiya, zologiya, geologiya va sh.i)
30
- odam-texnika (mashinasozlik)
- odam-odam (maishiy xizmat soxasi, savdo, maorif va boshqalar)
- odam-belgilar sistemasi (operatorlik tipidagi kasblar, transportchilik va boshqalar)
- odam-badiiy obraz (artislik, tasviriy san’at va boshqa)
- o‘quvchi faoliyatining u yoki shunga bog‘liq holda kasbga yo‘nalishi bu turini ma’qul ko‘rishni
???vaganligini??? aniqlash uchun Ye.A.Klimos Diffrentsial-diagnostik so‘roq (DDS)ni ishlab
chiqqan. Ushbu metodika maktablarda, maktablararo o‘quv ishlab chiqarish kombinatlarida keng
qo‘llanilgan. Bundan ayniqsa guruhlarga o‘quvchilarni tanlab olishda, ya’ni mehnat ta’limining
boshlanish bosqichlarida (qachonki xal kasbni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan davrlarda) qo‘llash
yanada maqsadga muvofiq bo‘lgan uslubiyatdir.
Bu uslubiyat qulay, ixcham va uni bajarish, natijalarni qayta ishlash o‘quvchilardan va
tadqiqotchidan katta qiyinchilik va ko‘p vaqt talab qilmaydi. O‘quvchilar so‘roq varaqasida
keltirilgan takliflardan birini tanlashi kerak. Tasdiqlar quyidagilardan iborat.
“Men ma’qul ko‘raman” Differentsial-diagnostik so‘roq.
Agar sizga taklif etilgan ikki imkoniyatdan faqat birinigina tanlashingizga (ularning har
ikkalasining yoqish yoki yoqmasligidan qat’iy nazar) to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, siz qaysi birini
ma’qul ko‘rgan bo‘lardingiz?
1. a. Xayvonlarga qarash ularni boqish,
1. b. Mashina, priborlarga xizmat qilish (ularni kuzatib turish, qayd qilish).
2. a. Bemor kishilarga yordam berish, parvarish qilish,
2. b. Jadvallar, sxemalar, hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish.
3. a. Kitob bezaklari, plakatlar, badiiy otkritkalar, gramplastikalar sifatini kuzatib borish,
3. b. O‘simliklarning xolatini o‘sishini kuzatish.
4. a. Materiallarni (yog‘och, gazlama, metall, plastmasa va x.k.) qayta ishlash,
4. b. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish (reklama qilish, sotish).
5. a. Imiy ommabop kitob, maqolalarni muhokama qilish,
5. b. Badiiy kitoblarni (p’esa, konsertlarni) muxokama qilish.
6. a. Biron-bir zotli (porodali) kichik xayvonni boqish, parvarish qilish,
6. b. O‘rtoqlaringiz (yoki o‘zingizdan kichik bolalar)ni biron-bir faoliyati, mehnat, o‘qish,
sportni bajarish uchun shug‘ullanish.
7. a. Rasm, tasvirlardan nusxalar ko‘chirish (yoki musiqa asboblarini sozlash, tuzatish),
7. b. Biron-bir yuk tashuvchi (ko‘taruvchi vositalarni) kran, traktor, teplovoz va boshqalarni
boshqarish.
8. a. Odamlarga (ma’lum berish, xayotdan saboqlar) kerakli ma’lumotlarni berish, tushuntirish,
8. b. Jadvallar, matnlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish.
9. a. Buyumlar, narsalar (qiyin texnika)ni, uy-joyni ta’mirlash, tuzatish,
9. b. Jadvallar, matnlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish.
10. a. Xayvonlarni davolash,
10. b. Hisob-kitob ishlarini bajarish.
11. a. O‘simliklarni yangi navlarini yaratish,
11. b. Sanoat mahsulotlari (mashinalar, kiyimlar, uy, oziq-ovqat mahsulotlari va sh.q)ning yangi
turlarini loyihalashtirish, tuzish.
12. a. Odamlar o‘rtasidagi nizo, janjallarni xal qilish (ishontirish, tushuntirish, rag‘batlantirish),
12. b. Chizmalar, sxemalar, jadvallarni o‘rganish (tekshirish, aniqlash, tartibga keltirish).
13. a. Badiiy xavaskorlik to‘garaklari ishlarini o‘rganish, kuzatish,
13. b. Mikroblar hayotini o‘rganish, kuzatish.
14. a. Tibbiyot uskunalarini, apparatlarini ishlatish, ularga xizmat qilish,
14. b. Odamlarga yaralanganda shikastlanganda, kuyganda va sh.q. tibbiy yordami ko‘rsatish.
15. a. Kuzatilayotgan xodisalar, voqealar, o‘lchanilayotgan ob’ektlar va boshqalar haqida aniq
hisobotlar yozib borish.
15. b. Voqealar (kuzatilayotgan yoki ular haqida o‘qigan)ni badiiy ifodalash.
31
16. a. Kasalxonada laboratoriya analizlarini qilish,
16. b. Bemorlarni qabul qilish, ularni tekshirish, ular bilan suhbatlashish va ularni davolashga
yo‘llash.
17. a. Xona devorlarini, detallar sirtini bo‘yash va bezash,
17. b. Binolarni montaj qilish yoki mashina priborlarini yig‘ish.
18. a. Tengdoshlaringiz yoki kichik yoshdagi bolalarni (teatr, muzeylarga) madaniy
sayoxatlarini, ekskursiyalarini va sh. k. tashkil etish,
18. b. Saxnada o‘ynash, konsertlarda ishtirok etish.
19. a. Chizmalar bo‘yicha (detallarni, buyumlar, mashina kiymlari)ni tayyorlash, binolar qurish,
19. b. Chizmachilik bilan shug‘ullanish, chizmalar, kartalardan nusxalar ko‘chirish.
20. a. O‘simliklar kasalliklari va bog‘, o‘rmon zararkunandalariga qarshi kurashish,
20. b. Klavishli mashinalarda (yozuv mashinasi, teletayp va boshqalar) ishlash.
Sinaluvchilarga (o‘quvchilarga) quyidagicha javob varaqasi tarqatiladi va ularga u yoki bu
savolning tegishli javobi, harfi to‘g‘risiga “ + “ belgisini qo‘yib javob berishlari lozim.
DDS javoblari uchun blanka
O‘quvchining familiyasi, ismi ___________________
Maktab ________________ sinf _____________
Tadqiqot o‘tkazish vaqt _______________________
№
a
b
№
a
b
№
a
b
№
a
b
1
6
11
16
2
7
12
17
3
8
13
18
4
9
14
19
5
10
15
20
DDSdan olingan natijalar o‘quvchi javoblarini klassifaktsiya qilish imkonini beruvchi quyidagi
kalit yordamida qayta ishlab chiqiladi.
Savollar shunday guruhlanganlarki, ularga berilgan javoblar faoliyatining turli soxalarini
aniqlash imkonini beradi, “Odam-tabiat” kasblari (shartli ravishda-O-T.t, lab belgilangan.
Birinchi ustunda berilgan, ikkinchi ustunda – “Odam-texnika” (O-T.a), uchunchi ustunda –
“Odam-odam” (O-O), to‘rtinchi ustunda “Odam-belgili sistema” (O-Bs), beshinchi ustunda
“Odam-badiiy obraz” (O-B.o) keltirilgan. U yoki bu ustunda ijobiy (ya’ni kalitga mos kelgan)
javoblarning ko‘p bo‘lishi o‘quvchining shu kasbga moyilligini bildiradi.
Differentsial-diagnostik so‘roq natijalarini qayta ishlash kaliti.
O-Tt
O-Ta
O-O
O-Bs
O-Bo
1a
1b
2a
2b
3a
3b
4a
4b
5a
5b
6a
7b
6b
9b
7a
10a
9a
8a
10b
8b
11a
11b
12a
12b
13a
13b
14a
14b
15a
15b
16a
17b
16b
18a
17a
20a
19b
19a
20b
18b
3.2. Dastlabki tajribalar olib borish va natijalarni tahlil qilish.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasbiy bilimlarini aniqlash va ularning kasbiy
ko‘nikmalarini shaklanganlik darajalarini o‘rganish maqsadida Andijon shahar sanoat transport
KHK, Andijon pedagogika kolleji va Andijon axborot texnologiyalari KHK o‘quvchilari jami 75
32
nafar respondent ishtirokida amaliy tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqot ishlarida kuzatish,
savol javob va DDS, metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot tartibi. Olib borilgan tajriba jarayonida 1 bosqich va 3 bosqich o‘quvchilari
ishtirok etdilar.
IPS metodi yordamida olib borilgan tajriblar natijalari tahlil qilinganda quyidagi
xulosalar olindi
1-bosqich o‘quvchilari natijalari.
1-jadval (3.1-1)
№
Savollar tartibi
Ishtirochilar soni Kasbiy
bilimlarga
egaligi %da
Kasbiy
ko‘nimalarning
shakllanganlik
darajasi %da.
1
Qanday kasbga qiziqasiz?
75
60%
20%
2
Tanlagan
sohangizni
ihtiyoriy tanlaganmisiz?
75
40%
25%
3
Kasbiy bilim deganda nimani
tushunish mumkin.
75
40%
10%
4
Kasbiy ko‘nikmalarga ega
bo‘lish
deganda
nimani
tushunasiz?
75
60%
10%
5
Zamonaviy kasblar haiqdagi
tushunchangiz
75
80%
40%
6
Kasb tanlash motivi nima.
75
40%
10%
7
Kasbiy qiziqishlaringiz
75
60%
20%
8
Kasb-hunar egallash uchun
nimalarga
e’tibor
berish
kerak.
75
40
10%
Olingan natijalarga ko‘ra 1-bosqich talabalarida xali yetarli kasbiy bilimlarga ega
emasligi va kasbiy ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi past ekanligini ko‘rsatdi.
Demak o‘quvchilardagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shaklantirishda avvalo maktab
ta’limidagi kasbiy bilim berish sohasini takomillashtirish zaruriy hol ekanligi isbotlandi.
2-xolatda tajriba kasb-hunar kolleji talbalarining 3-bosqichi o‘quvchilarida olib borildi.
IPS natijalari
2-jadval (3.1-2)
№
Savollar tartibi
Ishtirokchilar
soni
Kasbiy
bilimlarga
egaligi %da
Kasbiy
ko‘nimalarning
shakllanganlik
darajasi %da.
1
Qanday kasbga qiziqasiz?
75
70%
30%
2
Tanlagan
sohangizni
ihtiyoriy tanlaganmisiz?
75
80%
55%
3
Kasbiy bilim deganda nimani
tushunish mumkin.
75
50%
40%
4
Kasbiy ko‘nikmalarga ega
bo‘lish
deganda
nimani
tushunasiz?
75
70%
40%
5
Zamonaviy kasblar haiqdagi
tushunchangiz
75
90%
50%
6
Kasb tanlash motivi nima.
75
70%
30%
33
7
Kasbiy qiziqishlaringiz
75
80%
40%
8
Kasb-hunar egallash uchun
nimalarga
e’tibor
berish
kerak.
75
60%
30%
Olingan
natijalarga
ko‘ra, 3-bosqich o‘quvchilarida kasbiy ko‘nikmalarning
shakllanganlik darajasi o‘sganligi va ularda ma’lum kasbiy bilimlarga eng bo‘lganligi uchun
kasblarning ahamiyatlilik darajasi yuzasidan tushunchalarga ega bo‘lganligi aniqlandi.
Hulosa qilib aytganda kasbiy bilimlarni zarurati bolani maktab davridayoq berilishi
ko‘zda tutilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, o‘quvchilar kasb-hunar kollejlariga kelgandan
so‘ng, ularning boshlang‘ich tushunchalari amaliy va nazariy kasbiy bilimlar yordamida
boitilishi ta’minlanadi va ularda kasbiy ko‘nikmalar shakllanishida samarali faoliyatni tashkil
etish imkoniyati oshadi.
Keyingi tajribamizda o‘quvchilarning kasbga layoqatlilik darajasini o‘rganish bo‘yicha
olib bordik.
Kasbiy ustanovkalarni aniqlash metodikasi savolnomasi
(I.M.Kondakov metodikasi.)
Ko‘rsatma: To‘rtburchak ichida berilgan jumlalarni diqqat bilan (lozim bo‘lsa qayta-
qayta) o‘qib chiqing. Har bir topshiriq kasb tanlayotgan yoshlarning ruhiy holatini tavsif etuvchi
5 ta jumladan iborat. Ularning ba’zilari sizdagi vaziyatga ko‘proq mos kelsa, boshqalari sizdan
uzoqroq yoki sizni tavsif etmaydi. Sizdan mazkur jumlalarni o‘zingizga yaqin-uzoqligiga ko‘ra
tartiblab chiqish so‘raladi. Ya’ni sizni eng ko‘p xarakterlaydigan jumlaning tartib raqami javob
varaqasining 1-katakchasiga, ikkinchi navbatda mos keladigan jumlaning tartib raqami esa 2-
katakchaga yozib qo‘yiladi va demak sizga nisbatan eng “uzoq” fikr ifoda etilgan jumlaning
tartib raqami 5-katakchaga kiritiladi.
Marhamat, boshladik!
I topshiriq
1.Kasblar olamini yaxshi bilmayman
2.Kasb tanlashda o‘tkinchi havaslardan qochishni afzal ko‘raman
3.O‘zimga mos kasbni to‘g‘ri tanlash uchun ko‘p narsalardan kechishga roziman.
4.Har qanday kasbning uddasidan chiqa olaman.
5.Kasb tanlashim haqida menga berilgan har xil maslahatlarni diqqat bilan tinglayman.
II topshiriq
1.Kasbni to‘g‘ri tanlash uchun yordamga muhtojman.
2.Har xil o‘y-xayollar bilan vaqtni bekor ketkazmasdan bo‘lajak kasbimga aniq qadamlar
qo‘yish zarur deb o‘ylayman.
3.Nasib qilsa tanlagan kasbim o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
4.Kelajakda yuksak malakali mutaxassis bo‘lishimga shubham yo‘q.
5.Tengdoshlarim qatori biron bir kasb egasi bo‘lsam shu men uchun kifoya.
III topshiriq
1.Kasb tanlashda qat’iyatli emasman.
2.Kasbni to‘g‘ri tanlash uchun aniq reja tuzib olishim kerak deb o‘ylayman.
3.Bo‘lajak kasbimga munosib bo‘lishim uchun ko‘p xislatlarimni o‘zgartirishga tayyorman.
4.Mendagi xislatlar har qanday kasbga mos keladi.
5.Mening bo‘lajak kasbim boshqalarni ham bezovtalantirsa o‘zimni bardamroq his etaman.
34
IV topshiriq
1.Bo‘lajak kasbni tanlashda nimalarga (o‘z imkoniyatlarim, ota-onam istagi va hokazo)
asoslanishimni bilmay ikkilanaman.
2.Turli kasblarga har xil odamlar tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy tavsiflarga ishonaverish
maqsadga muvofiq emas.
3.Xudo hoxlasa bo‘lajak kasbim mening barcha imkoniyatlarimni ro‘yobga chiqarishimga
yordam beradi.
4.Yaxshi mutaxassis bo‘lishim uchun barcha imkoniyatlarim yetarli.
5.Menimcha yoshlarning bo‘lajak kasblarini tanlashlari uchun odatda kattalar yaxshi sharoit
yaratib berishmaydi.
V topshiriq
1.Kasbiy hayotimni nimadan qanday boshlashimni mutlaqo bilmayman.
2.Bo‘lajak kasb allaqachon tanlangan bo‘lsa ham bu mavzu ustida qayta-qayta o‘ylab ko‘rilsa
zarar qilmaydi.
3.Tezroq biror joyda ishlab erkinlikka erishishni juda ham hoxlayman.
4.Kasbiy hayotda o‘zimning munosib o‘rnimni topishimga hech qanday shubham yo‘q.
5.Kasb tanlashda odamlarning maslahatlariga har xil hayotiy o‘rnaklarga ko‘p e’tibor beraman.
VI topshiriq
1.Gohida kasb tanlashda o‘ta beqarorligimdan xafa bo‘lib ketaman.
2.Kasb tanlash va kasbiy mahorat sirlarini chuqur o‘rganishni juda muhim deb bilaman.
3.Ba’zan bo‘lajak kasbimning menga ochadigan imkoniyatlarini o‘ylab ko‘nglim yorishib ketadi.
4.O‘zimdan kechib bo‘lsa ham kasbiy hayotimda uchraydigan har qanday to‘siqni albatta yengib
o‘taman.
5.Hozircha “katta bo‘lishga” (ya’ni biron kasb egasi bo‘lishga) intilishni unchalik zarur emas deb
o‘ylayman.
VII topshiriq
1.Omadsizligim tufayli kasb tanlashda ham baxtim chopmaydi deb qo‘rqaman.
2.Kasb tanlashda kasblarning tashqi “jilo”siga uchishni noto‘g‘ri deb bilaman.
3.Istiqboli keng bo‘lgan kasbni tanlashda birinchi navbatda qalbim amriga ishonaman.
4.Men tanlagan kasbim qat’iy bo‘ladi, uni hech qachon o‘zgartirmayman.
5.Agar atrofdagilar mening biror bir kasbni egalashim ustida qattiq turib olishsa ehtimol ularga
ko‘nishim mumkin.
VIII topshiriq
1.Bo‘lajak kasbim to‘g‘risida aniq bir tasavvurga ega emasman.
2.Kasb tanlashda hissiyotlarga emas, fikr-mulohazaga tayanishni ma’qul ko‘raman.
3.Umid qilamanki, bo‘lajak kasbim menga baxt keltiradi.
4.Kelajakda kasbiy hayotimda favqulodda bir yangilik kiritmoqchiman.
5.O‘qishni davom ettirish imkoni bo‘lsa edi, ish topishga hech qachon shoshilmagan bo‘lardim.
3-Jadval (3.2.3)
Topshi
riq
lar
1 2 3 4 5
I
5 4 3 2 1
II
2 3 4 5 1
II
4 3 5 2 1
IV
2 3 4 5 1
V
4 3 2 5 1
VI
2 3 4 5 1
VII
1 4 5 2 1
35
Olingan
natijalarni
tahlillariga
ko‘ra
o‘quvchilarning kasbiy bilim
ko‘nikma
va
malakalarini
shakllantirish uchun maxsus
psixokoreksion ishlarni tashkil
etish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi
bob
bo‘yicha
xulosa.
Kasbiy
bilimlarni
tadqiq etish o‘quvchilarning
kasbiy
layoqatlarini
va
ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash orqali kasb tanlash yo‘nalishidagi dolzarb
maslalarini aniqlash imkonini berdi. O‘quvchilar bilan olib borilgan IPS metodi, kasbi
motivlarini aniqlash usuli va suhbat metodlari natijalariga ko‘ra o‘rganilgan respondenlardan 70-
80% o‘quvchilar kasbiy bilimlarga kasb-hunar kollejlariga kelgandan so‘ng ega bo‘lishi va ayni
shu ta’limning o‘rta bo‘g‘inida kasbiy ko‘nikmalarning shakllanishi uchun shart-sharoitlar
mavjudligini ko‘rsatdi.
Tajribalar natijalarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra birinchi bosqichga kelgan o‘quvchi
kasblar haqida, ularning mohiyati, jamiyatdagi o‘rni haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lmaydilar
ekan. Ta’limning keyingi bosqichi davomida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari o‘rganilib,
ularni o‘z qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirish o‘quvchilarning kasbiy
bilimlarini mustahkamlaydi. Kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun to‘la
imkoniyatlari yaratiladi. Albatta buning uchun muxandis pedagoglar va mutaxasiss o‘qituvchilar
o‘quvchilar bilan olib boriladigan proforientatsiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysalar ko‘zlangan
maqsadga erishish mumkin.
Ota-onalarning farzandlari tanlagan kasblariga bo‘lgan ishonch tuyg‘usi .
Xo‘sh, farzandingizning kasbiy qobiliyati, qiziqishi va layoqati, maktab amaliyotchi
psixologi tashxisiga ko‘ra berilgan tavsiyadan habardormisiz. Yoki aksincha, ularga qat’iy rioya
etmasangiz farzandingizga o‘z layoqati (kasbiy qobiliyati, qiziqishi)ni sinab ko‘rish huquqini
bermay, ota- onaning istak, xohishlari bilan ta’limning keyingi bosqichiga qanday yo‘naltirish
yoki ularning kelajagini qanday tasavvur etish mumkin?
Bolalarimizning kasbiy qarorini aniqlashtirmay, ularning kasbiy qaroriga ishonch
bildirmasdan, o‘zimiz istagan akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga joylashtirib qo‘ysak,
hayot sinovlari oldida ularni ojiz qilib qo‘ymaymizmi? Bolalar bizga ko‘pincha ortiqroq ishonch
bildirib, suyanib qoladilar. Afsuski, o‘quvchilar bilan ota-onalarning yig‘ilishlari tez tugaydi,
aks holda biz bolalar hayotidagi g‘alati bir qonuniyatni kuzatgan bo‘lardik. Uyda- ota-onaning
maslahatlariga ko‘nmaslik,norozilik, xullas tamomila hurmatsizlik sezilsa- da, ertasiga maktabda
bola: “Mening dadam undaylar... Mening onam bundaylar!” deb rosa maqtanadi. Katta bo‘lgan
sari uylari haqida astaroq, kamroq gapiradi, lekin mehr va ishonch qolaveradi.
Bola oila asosining haqiqiy posboni ekanligini kattalar bilarmikan? Agar ota yoki ona o‘z
hissiyotlarini tiyolmay oilani barbod qilsa ham, bola uzoq yillar qalbida oila “niqob”ini saqlab
yuradi. O‘quvchilik yillarim shunga ishonch hosil qildirdiki, bitta yomonlik qilish bilan bola
otaga, onaga, o‘qituvchiga ishonmay qo‘yishi mumkin emas. Shunday ekan, biz ota-onalar o‘z
farzandlarimizga tanlagan kasbiy qarorlarini qo‘llab, ularni tanlagan kasblari orqali hayotda o‘z
o‘rinlarini topib ketishlariga ishonchbildirayapmizmi?
Men bolalarning ota-onalari va o‘qituvchilarini qadr qilmasligidan yomon narsani
bilmayman. Hamma yaxshi narsalar, butun kuch-quvvat, butun hayot bolalarga baxshida etildi...
Natijada-chi?... qanday noshukurlik, qanday yaramas adolatsizlik! Nega? Biz uning aytganini
doim qilib kelganmiz-ku? Yo‘q, unday emas. Hayotning ma’lum bir davrida unga ishonchsizlik
bildirganmiz. Siz mustaqilligiga yo‘l bermagansiz, o‘z-o‘zini boshqarishga to‘sqinlik qilgansiz,
VIII
3 4 2 5 1
Topshi
riq
lar
1 2 3 4 5
I
5 4 3 2 1
II
2 3 4 5 1
II
4 3 5 2 1
IV
2 3 4 5 1
V
4 3 2 5 1
VI
2 3 4 5 1
VII
1 4 5 2 1
VIII
3 4 2 5 1
Topshi
riq
lar
1 2 3 4 5
I
5 4 3 2 1
II
2 3 4 5 1
II
4 3 5 2 1
IV
2 3 4 5 1
V
4 3 2 5 1
VI
2 3 4 5 1
VII
1 4 5 2 1
VIII
3 4 2 5 1
36
o‘zini sinash va tavakkal qilish, kasbiy qobiliyatini namoyon etishga yo‘l qo‘ymagansiz.
Bolalarning mustaqil hayoti uchun ma’lum bir kasb-hunarni egallashda ishonchli posboni kim
bo‘lishi mumkin o‘zi? Ta’lim – tarbiya bilan kelajak haqidagi kasbiy qarorini shakllantirishni
bir- biriga qanday moslab olib borish kerak? Bu haqida bolaning o‘zi aytmaydi. Bolalarning siz-
u, biz istagan ta’lim muassasalari (kasbiy yo‘nalishlari) to‘g‘ri kelmasligi haqidagi e’tirozini
jiddiy qabul qilmaymiz, ko‘z yoshlari o‘tadi-ketadi. Biz ularni kasbiy qobiliyatlarini aniqlashda,
kuzatishga ko‘pincha vaqtimiz ham bo‘lmaydi. Biz band bo‘lamiz. 9-sinfni tamomlash vaqti
kelganda bo‘l-bo‘lga tushamiz: bolalarimiz mana bu o‘qishga kirib olib o‘qiy qolsa va tezroq
tarbiyalanib bir kasbni egasi bo‘lsa-yu, mana shunday odam bo‘lsa, deymiz. Hech bir to‘xtab,
mulohaza qilib ko‘rmaymiz. Ayb qildimi-tanbeh berib qo‘yamiz, tobi qochdimi-vrach
chaqiramiz, o‘qishda sudraldimi- repetitor topamiz. Biror marotaba sen nimaga qiziqasan?,
kasbiy qiziqishing qanaqa? Qaysi yo‘nalishda o‘qishni xohlaysan? Kabi savollar bilan bolaning
o‘zidan, maktab amaliyotchi psixologi yoki sinf rahbaridan borib so‘ramaymiz. Bola hali non
topib kelmaydi, uy-joy, maktablar qurmaydi. Unga hamma narsani o‘zimiz, kattalar va kuchlilar
muhayyo qilamiz. Bola hali yosh, g‘o‘r... bundan ham yomoni, bola noiloj. Biz uni ko‘klarga
ko‘tarishimiz mumkin, chopib ketayotgan joyida to‘xtatishimiz, uning g‘ayratini, harakatini
so‘ndirishimiz mumkin. Har safar u so‘zga kirmaganda, uni majbur etishga kuch topa olamiz.
Shuning uchun ham u xo‘p deyish kerakligini biladi, lekin bo‘yin egishdan oldin necha martalab
quloq solmaslikka harakat qiladi! Biz yana bir noto‘g‘ri qadam qo‘yish bilan “yaxshi” bola
o‘rniga “qobil” bolaga ega bo‘lamiz va uning o‘ziga xos hamma odatlarini, erki va irodasini,
talablarini qanday bo‘lmasin qayirib tashlay boshlaymiz. Buning ustiga uyda ham kata
yig‘ilishlarda ham “Sen ana shu kishiga o‘xshagan bo‘lishing kerak” deb o‘rgataveramiz. Bizga
ko‘pincha samimiy iliqlik, bolalarga qanday bo‘lsa shundayligicha hamma odatlari bilan
mehrimizni tovlash yetishmaydi. Amalga oshirilgan oddiy ishlarni bo‘lmabtiga chiqarish,
kamsitish - bu qattiq yangilishish va madaniyatsizlikdir. “Kimga o‘xshab qolyapti o‘zi?” deb
ko‘ngil to‘lmayotganligini oshkora izhor etavermaslik kerak. Biz, ota-onalar hammamiz ham
benuqsonmiz, deb aytib bo‘lmaydi. Buning unchalik ahamiyati yo‘q! Bolalar bizning yaxshiroq
bo‘lishga urinayotganligimizni qadrlaydilar va kamolga yeta borish uchun kerakli saboqni
oladilar. Mana bu kasbning mavqeyi baland, mana bu kasbning kelajagi bor deb majburlab
yo‘naltirish yaxshi emas. Shuni yodda tutishimiz kerakki, bola yutuq chiqadigan lotareya bileti
emas... Har bir farzandning o‘z kasbiy layoqati, qiziqishi, yolqini bor, bu yolqindan baxt va
haqiqat olovi alangalanadi. Bolalarning hammasi – turlichadir, butun qiyinchilik ham ana
shunda!
Yoningda oqqan suvning qadri yo‘q deb mashoyiqlarimiz bekorga aytmagan.
Ishonchli, haqiqiy do‘st axtarib qaerlarga bormaymiz, u esa shu yerda, yoningizda, qo‘lingizni
uzatsangiz yetadi, u tarbiyalayotgan farzandingizdir. Faqat uning bugungi kunini, hayot yo‘li,
kelajagi haqidagi kasbiy qarorini hisobga olish kerak.
Bolalarimizning asabiylashishi, injiqliklari, jahli va shaddodligi - ko‘pincha yordamga, mehrga,
ishonchga zorligining ifodasidir. Agar bu holatlar bezovta uyqu, bosh og‘rig‘i, cho‘chish-
alahsirash, ish qobiliyatining yo‘qolishi, haroratining ko‘tarilishi-pasayishi tarzida namoyon
bo‘lsa vrach chaqirib eng
yaxshi dori-darmonlarni izlashga shoshilmang, balki o‘z farzandingizga e’tibor bilan
munosabatda bo‘ling, zotan hech bir vrach mehribon onaning g‘amho‘rlik bilan kuzatishi o‘rnini
bosolmaydi. “Qiyin bolalar” bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Bunday bolalar, yo‘q,
to‘g‘rirog‘i, “qiyin” kattalar ular atrofini o‘rab turmaganida undaylar bo‘lmasdi. Kattalarga
ishonchni, yaxshilik va adolatga
bo‘lgan ishonchni ana shunday kattalarning o‘zi barbod qilganlar. Endi bizning ular bilan
munosabatimiz qiyin, lekin ularga ham biz bilan munosabatda
bo‘lish oson emas. Agar o‘g‘il yoki qizingiz “yomon” davraga tushib qolgan ekan, demak,
sizning oilangizni ham u qadar yaxshi deb bo‘lmaydi. Bolalarni ilk yoshlik davridan boshlab
ta’lim-tarbiya bilan birga uning yoshini e’tiborga olgan holda, oilada ota yoki onaga qo‘lidan
kelganicha yordamlashishga jalb etib borish lozim edi. Ehtimol, siz bolalaringiz kasbiy
37
qiziqishlari orqali qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashish istagini bildirganda, ma’lum bir kasbga
doir asbob-uskunani topishga yordamlashish kabi muammolarini hal etishdan qo‘l siltagan
bo‘lsangiz kerak, ehtimol siz mening burchim kiyintirishu, qornini to‘ydirishdan iborat, deb
farzandlaringiz bilan ma’naviy aloqani allaqachon uzib qo‘ygandirsiz. Balki bolalaringiz
yolg‘izlik paytida sizdan madad olmagan, buning aksicha, siz ularni bo‘lar-bo‘lmasga koyib
kelgansiz. Vaholanki ota bilan ona olamda eng yaqin, eng ishonchli odamlardir!
Ota va onalar nimani istashadi?
Aksariyat holda ota-onalar - yaxshi maslahatchi bo‘lib, bolalarining kelgusi kasbiy faoliyati
(ishi) to‘g‘risida jiddiy o‘ylab, ularga baxt tilaydilar. Lekin ota-onalar ham boshqa hamma
odamlarga o‘xshab xato qilishlari mumkin. Bunday xato ko‘p uchraydi. Ota-onalarning bunday
xatolari keyin farzandlarining taqdiriga salbiy ta’sir qiladi. Ota o‘z kasbiga nihoyatda berilgan,
unga astoydil ixlos qo‘ygan, bu ishda juda katta yutuqlarga erishgan, o‘zi uchun boshqa ishni
tasavvur ham etolmaydi. O‘g‘li uchun ham hech qanday kasbni ravo ko‘rmaydi. O‘g‘liga ham
qulay, ayni ko‘zi oldida, uyida o‘z otasi unga yaqqol namuna bo‘lib turibdi. Unda ham ayni
otasinikiga o‘xshash ishtiyoq, xarakterida o‘shanday belgilar, qobiliyat bo‘lsa qanday soz. Butun
bir kasb sulolalari ana shunday paydo bo‘ladi. Lekin ishtiyoq va layoqatlar boshqa-boshqacha,
ba’zan bir-biriga zid bo‘lishi mumkin. U
holda bir necha yil o‘tgach jamoatchilik orqasidan shunday gap bo‘ladi: “Yo‘q, otasiga
o‘xshamabdi. Otasi__ qanday edi-yu, o‘g‘li bo‘lsa...” Otasining izidan borish- albatta uning
ishida o‘zini ko‘rsatish, degan gap emas. Tanlagan kasbida
o‘zini ko‘rsatib, bu bilan ota obro‘sini mustahkamlash, o‘z kelajagini to‘g‘ri tanlab, hayotda o‘z
o‘rnini topib obro‘ qozonishi to‘g‘riroq emasmi? Boshqacha ham bo‘ladi. Turli sabablarga ko‘ra
ota-onaning ishi yurishmaydi, ular bu kasbni
yoqtirmaydilar. Bir vaqtlar orzulari boshqacha edi-yu, lekin u amalga oshmay qoldi. Endi esa o‘z
bolalarida o‘sha orzularni ro‘yobga chiqarish uchun o‘zlari shug‘ullanishga, to‘g‘ri kelmagan
kasbga bolalarini majburan ko‘ndirmoqchi bo‘ladilar. Ko‘ndiraolsalar ko‘pincha oqibat
o‘zlarinikiga o‘xshagan bo‘lib chiqadi: orzu amalga oshmay, kasbiy toliqish, zerikish paydo
bo‘lib ishi to‘g‘ri kelmay, uddasidan chiqolmaydilar.
Kasbni har kim qiziqishi, layoqati va qobiliyati asosida o‘zi uchun o‘zi tanlaydi. To‘g‘ri,
yaqin kishilarining maslahatiga quloq solish, ularning bahosini hisobga olish, takliflar,
ogohlantirishlarni nazardan qochirmaslik, maktab amaliyotchi psixologi tavsiyalariga amal
qilishi kerak, ammo yigit va qizlarning o‘zlari, faqat o‘zlarigina bir qarorga kelishlari maqsadga
Yaratganimiz bizga otalik-onalik baxtini ato etgan, ayni vaqtda bo‘ynimizga juda katta
mas’uliyat, javobgarlik ham qo‘ygan. Ana shu burchni qanday ado etganimiz haqida oxiratda
ham javob berish muqarrarligini aslo unutmasligimiz zarur.
Islom Karimov
38
Do'stlaringiz bilan baham: |