Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana11.03.2020
Hajmi0,73 Mb.
#42094
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kasbiy bilimlar asosida konikmalarni shakllantirishning psixologik jixatlari khk misolida


 

 

 



 

       Vaqtinchalik - 

    

  Epizodik 



        

          barqaror 

 

 

 



Shaxs  qobiliyatlarining  kasbiy  bilimlarga  ega  bo‘lishlarida  alohida  ahamiyatga  ega 

ekanligini  qator  mutaxasisslar  o‘z  tadqiqotlarida  asoslab  o‘tganlar.  Qobiliyatlar  qiziqish  va 



 

24 


 

QOBILIYAT 

KASB 

TANLASH 


 

  MAILLAR 

mayllar  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Odamning  kasbga  layoqatini  ko’rsatuvchi  belgilarning  ajralmas 

qismi.  Xush,  qobiliyatning  o’zi  nima?  Odamning  biror  faoliyat  sohasida  muvaffaqiyat 

qozonishga  yordam  beradigan  har  qanday  individual  psixologik  xususiyatni  qobiliyat  deb 

hisoblash mumkin.  

 

Qobiliyatni  faqat  bilim  va  malakalardan  iborat  deb,  hisoblab  bo’lmaydi.  Masalan,  agar 



odam  xidlarni  bir-biridan  farqini  yaxshi  bilsa  va  ularni  esda  saqlab  qola  olsa,  u  holda  bunday 

fazilat – degustator uchun oshpaz va boshqa shunga o’xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur 

bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. 

 

Hamma  uchun  zarur  bo‘lgan  umumiy  qobiliyatlar  yoki  juda  ko‘p  kasblar  va  faoliyat 



turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun 

muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar bo‘ladi. 

 

Maktabda  olib  boriladigan  aktiv  o‘quvchi  faoliyati  sizning  har  biringizga  o’z  aqliy 



qobiliyatlaringizni  va  eng  avvalo  tafakkur  tiniqligini,  mantiqan  to’g’ri  fikrlashni,  tafakkurning 

mustaqil  va  original  bo‘lishini,  topqirlikni,  chuqur  mulohaza  qilingan,  aqliy  teranlik  va  o’ziga 

tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi. Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, 

qat’iyat, intizomlik, o’ziga va o’z kuchiga ishonish, o’zini idora qila bilish, og’ir, vazmin bo‘lish 

singari  fazilatlarni  rivojlantirishga  ham  harakat  qilish  kerak.  Mana  shu  sifatlarning  hammasi 

birga qo‘shilib, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi. 

 

Albatta kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni ham 



tuzilish  yo’li  ham  kishining  aql-idrokiga,  uning  umumiy  bilim  saviyasiga,  e’tiqodi  va  boshqa 

ko‘p  narsalarga  bog’liq  bo‘ladi.  Shuning  uchun  biz  mana  shu  aytilgan  omillarning  faqat  eng 

asosiysi ustida rejada, albatta, ko‘rsatilishi shart bo‘lgan omil to’g’risida to‘xtalib o‘tamiz. 

 Ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsad  rejaning  negizini  tashkil  etilishi  kerak,  ya’ni  unda  nima 

ish  bilan  shug‘ullanish,  kim  bo‘lib  yetishish,  umumxalq  ishga  qanday  hissa  qo‘shish,  bu  ishda 

kimlarga  tenglashishi  o‘z  aksini  topmog‘i  kerak.  Shundan  keyin  mazkur  maqsadga  erishmoq 

uchun  har  bir  kishi  o’z  imkoniyatlariga,  qiziqishlariga,  mayllariga  va  qobiliyatlariga, 

salomatligiga,  irodaviy  sifatlariga  real  baho  berishga  harakat  qilib  ko‘rish  zarur.  O‘z 

maqsadingizga yetishish yo’lida uchrashish mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni ham oldindan ko‘ra 

bilish  kerak,  bu holda  iztirob chekishning  oldini  olish va  mabodo  zarur  bo‘lib  qolsa,  tanlangan 

kasbni boshqasi bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun bir nechta zapas variantlarni 

ham nazarda tutish maqsadga muvofiq. 

  

Kasbga  doir  rejada  kishining  o‘z-o‘zini  tarbiya  qilish  programmasi:  kishini  professional 



jihatidan  muhim  bo‘lgan  qanday  fazilatlarni,  shakllantirishga  va  rivojlantirishga,  o‘z  sog‘ligini 

qanday  qilib  mustahkamlash  mumkinligini  va  shu  singari  tarbiyalar  ham  o‘z  ifodasini  topish 

kerak.  O‘quvchilarning  bilish-kasbkorlik  faoliyatining  asosiy  sifatlari  va  jarayonlarini  kasbiy 

qiziqishning  to‘rtta  jihati  bo‘yicha  “Mezonlar  jadvali”  tegishli  ballar  bilan  hisobga  olinadi. 

Jadvallar plakatdan ko‘rsatiladi, tushuntiriladi. 

 

KASB TANLASH SXEMASI

 

 



                  

                 QIZIQISH 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

        



   

 

 

   

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

25 


Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish mezonlari 

Kasbga  yo‘naltirish  ishini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  professiografik 

materiallarni  tanlashnnig  asosiy  mezonlari  ana  shu  printsiplardan  kelib  chiqadi.  Bu  asosiy 

mezonlar quyidagilardan iborat: 

 

1.  Mezonning  kompleksliligi.  Bu  mezonning  mohiyati  shundan  iboratki,  o‘quvchilarni 



kasbga  yo‘naltirish  mazmunida  ijtimoiy  va  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  yutuqlari,  shuningdek 

faoliyatning har xil turlari uchun sharoitlar yaratish hamda politexnik bilimlarni va umummehnat 

malakalarini shakllantirish, shaxsni  har tomonlama tarbiyalash, shaxsning  kasbiy iste’dodlarini, 

qobiliyatlarini rivojlanishini aks ettiradi. 

 

2.  Yuksak  ilmiy-amaliy  ahamiyatlilik  mezoni.  Ana  shu  mezonga  asoslanib,  kasbga 



yo‘naltirish  materiallari  mazmuniga  fan  va  amaliyotning  hamma  e’tirof  qilgan  yutuqlarini, 

ob’ektiv  fanlararo  aloqaga  va  amaliy  qo’llanishga  ega  bo‘lgan  politexnik  yo‘nalishidagi 

texnikaviy ma’lumotlarni kiritish lozim. 

 

3.  Hammaboplik  mezoni.  Mazkur  mezonga  asosan  o‘quvchilarni  kasbga  yo‘naltirish 



mazmuni ularni yosh xususiyatlariga hammabop bo‘lishi kerak. 

 

4.  Oqilonalik  mezoni.  Bu  mezoning  mohiyati  shuki,  kasbga  yo‘naltiruvchi 



materiallarning  hajmi  o‘quvchilarga  juda  ko‘p,  ortiqcha  ish  topshirmay,  shu  materiallarni 

o‘rganish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mos bo‘lishi lozim. 

 

5.  Uzviy  o’zaro  bog’lik  mezoni.  Ushbu  mezonning  mohiyati  shundan  iboratki, 



professiografik  materiallar  tabiiy  ravishda  dars  va  tarbiyaviy  tadbirlar  mazmuniga  kiritilishi, 

bular zo’rlab qabul qildirilmasligi va puxta bo‘lishi kerak. 

 

Kasbga  yo‘naltiruvchi  o‘quv-metodik  kabinetni  tashkil  qilishda  va  uning  ishiga 



yordamlashishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi katta ro’l  o’ynaydi.  Ko‘pgina maktab, kasb-hunar 

kollejlarida  mehnat  ta’limi  o‘qituvchilari  ana  shunday  kabinetlarning  tashkilotchilari 

hisoblanadilar. 

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa. 

Demak,  o‘quvchilarning  kasbiy  layoqatlari  va  ularning  kasbga  bo‘lgan  munosabatlarini 

rivojlantirish  uchun  kasb  ko‘nikmalarini  shakllantirish  asoslari,  kasb  tanlashga  yo‘llash 

sistemasining  bosqichlari  va  kasb  tanlashda  asosiy  mezonlarga  e’tibor  berish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Bu  jarayonlarning  nazariy  jihatdan  o‘rganar  ekanmiz,  kasbiy  bilimldarni  egallashlarida 

o‘quv  jarayonining  amaliyot  bilan  uyg‘unligini  ta’minlash  kasb  hunar  kolleji  o‘quvchilarini 

kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish bilan birga ularning kasbiy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. 

O‘quvchilarning  qobiliyatlarini  aniqlash  va  rivojlantirish,  kasb  tanlashning  ijtimoiy  qimmatli 

motivlarini tarkib toptirish, o‘z professional mavqeini belgilashda ko‘maklashish ularning kasbiy 

bilimlariga tayanishi o‘qtirish zaruriy holatdir. 

Kasbga  yo’llash  ishlarining  ijtimoiy  ahamiyatini  oshirish,  mutaxassislarga  qanday 

talablar  qo‘yilishini  aniqlashtirish,  kasbga  yo‘naltirish  ishlarini  o‘tkazish  zaruriyatidan  kelib 

chiqib  kasbiy  bilim  va  ko‘nikmalarning  ijtimoiy  psixologik mazmunini  va  ahamiyatini  belgilab 

beradi. 

O‘quvchilarning kasb faoliyati har xil turlariga bo’lgan qiziqish va maylni rivojlantirish 

kasbga  yo’naltirishning  muhim  tarkibiy  qismi  ekanligini  e’tirof  etish  maqsadga  muvofiqdir. 

Yoshlarni  mehnatga  tayyorlash  yangi  masala  emas,  hozir  bu  masalani  ta’lim-tarbiya  nazariyasi 

bilan uzviy birlikda ko’rib chiqish lozim, Kasbga yo’naltirish muammosiga ko‘ra tarkib topgan, 

ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish – eng muhim vazifalardan biridir. 



 

26 


III BOB. Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari 

3.1 Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish usullari 

(ko‘nikma, malaka) 

Tug‘ma instinktlardan farqli o‘laroq inson xatti-xarakatining ko‘p qismi hayot tajribasida 

ortirilgan  ko‘nikmalardan  iboratdir  Kasbiy  ko‘nikmalar      haqida  gapirar  ekanmiz  kasbga 

tayyorgarlik  bosqichi  ishtirokchisining  o‘z  funksiyasi  va  rolini  bajarishi  uchun  talab  etiladigan 

usul, uslub, kasbiy madaniyatdagi odatlarni, stereotiplarni tushuniladi. 

Ongli  xarakatlar  kasbiy  malaka  va  ko‘nikmalarning  alohida  shakli  bo‘lib,  u  kasbga 

tayyorgarlikga nisbatan  ong xarakatining maqsadlari uchun xizmat qiladi. 

Kasbiy  bilimlar  bilan  ko‘rollantirishning    maqsadi  ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‘lishini 

ta’minlash,  har  xil  ishtirokchilarni  birlashtirish  uchun  turli  usullar  qo‘llaniladi.  Avvalo  bu 

masalani  turli  dasturlar,  sxemalar,  tadbirlar,    korxona  ta’lim  muassasasining  o‘zaro  xamkorligi 

asosida yechadilar. 

Kasbiy  bilimlarga  ega  bo‘lish  va  ko‘nikmalarni  shakllantirish  uchun  talabalarning 

mustaqil faolligi, qiziqishlari va ta’sir darajalari alohida axamiyat kasb etadi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan kasbiy bilimlarning  uch shakli:  

  instinktlar,  



 

ko‘nikmalar va  



  ongli xarakat-analitik maqsadda qo‘llaniladi. 

Zamonaviy  ijtimoiy  psixologiya  va  kasb  psixologiyasining    kasbiy  madaniyatning 

ko‘plab  nazariy  modullarida  namoyon  bo‘ladi.  Lekin  barcha  yo‘nalishlar,  tadqiqotlar 

strategiyalarga kiritiladi. 

Birinchisi shaxsni ta’sir ob’ekti sifatida mashina vintchasi deb tasavvur qiladi. Ikkinchisi 

guruh  tadqiqotchilari  boshqa  fikr,  ya’ni  inson  faqat  tashqi  ta’sir  ob’ekti  bo‘libgina  qolmasdan, 

faoliyatning  rivojlanishining  maqsadi,  uning  faol  sub’ekti  deb  hisoblaydilar.  Bu  esa  o‘z 

navbatida ijtimoiy psixologiya  va kasb  psixologiyasida   shaxsni  yoki  guruhni  kasbiy  faoliyatga  

kirish  mexanizmi,  ob’ektiv  qonuniyligi  va  faktorini  ochish  tarzida  o‘rganishni  taqozo  etadi. 

Ijtimoiy  –  siyosiy  jarayonni  individ  tomonidan  psixologik  qabul  qilishi  milliy  omilga  xam 

bog‘liq  bo‘ladi.Talabalarning  kasbiy  bilimlarini  oshirish  orqali  ulardagi  kasbiy  ko‘nimalarni 

shakllantirida ularning qiziqishlarini alohida ahamiyatga ega ekanligi yuqorida e’tirof etilgan edi. 

Kasbiy  qiziqishlarning  o‘quvchilar  faoliyatidagi  o‘rnini  yuqoridagi  tahlillar  asosida 

muhim  ekanligiga  ishonch  hosil  qildik.  Kasbiy  qiziqishlarni  o‘rganish  psixologiyada  juda  ko‘p 

ilmiy  tadqiqotlar  mavzusi  sifatida  o‘rganilgan  va  amaliy  tahlil  qilingan  ekan,  biz  o‘z 

tadqiqotimizni  ana  shu  tadqiqotlarning  bugungi  o‘quvchilar  faoliyatidagi  kasbiy  qiziqishlarni 

o‘rganish orqali qiyosiy  tahlil qilishga harakat qildik. Ma’lumki shaxsning barcha qobiliyatlari 

uning  qiziqishlarining  qay  darajada  shakllanganliga  bog‘liq  holda  rivojlanadi.  Shu  nuqtai-

nazardan  o‘quvchilar  kasbiy  qiziqishlari  ularning  ehtiyojlari,  kelib  chiqishi,  kasblar  haqida 

qanchalik ma’lumotlarga egaligi, kelajak orzulari bilan bog‘lik bo‘ladi. 

Shaxsning  kasbiy  bilimlarini  aniqlash  muammosi  X1X  asrning  oxiri  –  XX  asrning 

boshlariga  kelib  izchil  hal  qilina  boshlandi.  Xorijda  bunday  ishlar  Spirmen,  Bine,  Ayzenk  va 

boshqalar  tomonidan  o‘rganildi.  Ular  kasbiy  bilim  va  ko‘nikmalarni  o‘rganish  uchun  maxsus 

testlardan  foydalandilar.  Bu  testlarning  umumiy  mohiyati  shundaki,  ularda  topshiriqlar  tizimi 

tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo‘ladi.  

Kasblarni  klassifikatsiyalashning  turli  usullari,  ularni  egallash  yo’llari,  kasbning  insonga 

qo’yadigan  talablar  bilan  tanishishidan  tashqari,  o’z  qiziqshlari  mayl  va  qobiliyatlarini 

aniqlashning ba’zi amaliy ko’nikmalarini ham o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda ularga qiziqsh 

kartasi,  mayillikni  baholash  kartasi  va  hokazolarni  to‘ldirish  kabi  topshiriqlarini  bajartirish 

ko’zda  tutiladi.  Bu  tadbirlar  har  bir  o‘quvchiga  o‘z  imkoniyatlarini  haqiqiy  baholash  va  ularni 

muayyan  kasbning  insonga  qo‘yadigan  talablari  bilan  taqqoslash  imkonini  beradi.  Kasbiy 

bilimlarni  egallash  va  kasbiy  ko‘nikmalarni  shakllantirishda  o‘quvchi  qobiliyatlarining  har  bir 

yo‘nalishga  hos  shakllanganlik  darajasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  boradagi  psixolog 

olimlarning  olib  borgan  tadqiqot  natijalariga  e’tibor  berganimizda,  masalan,  Ayzenkning 


 

27 


mashxur  intellekt  testi  40  ta  topshiriqdan  iborat  bo‘lib,  u  intellektual  jarayonlarning  kechishi 

tezligini o‘lchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash – 

qobiliyatsizlik  belgisi  emas  deb,  boshqacharoq  usullarni  o‘ylab  topganlar.  Ko‘pchilik  olimlar 

uchun,  masalan,  rus  olimlari  uchun  qobiliyatni  o‘lchashning  ishonchli  mezoni  –  bu  shaxs 

yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o‘zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir.  

Rus  olimi  Ye.A.  Klimov  yoshlar  iqtidorining  yo‘nalishini  aniqlash  maqsadida  faoliyat  va 

kasb-hunar  sohalarini  asos  qilib  olib,  metodika  yaratdi  va  uning  “Professional-diagnostik 

so‘rovnoma” deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo‘naltirilgan sohasiga ko‘ra 

5 toifaga bo‘ldi:  

P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);  

T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;  

Ch(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar); 

Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar); 

X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa). 

Bu metodik  yordamida o‘quvchilarning kasbi  yo layoqatlari aniqlanadi va ularning to‘g‘ri 

kasbga yo‘naltirish imkonini beradi. 



KASBIY MOTIVATSIYANI ANIQLASH METODIKASI 

Kabiy  motivatsiya  (moyillik)  kasb  tanlashga  sabab  bo‘ladigan  aniq  rag’batlantiruvchi 

harakatdir. 

Kasb egallash istagi o‘quchilarda atrof-muhit omillari va maktabda o‘tkaziladigan 

kasb  hunarga  yo‘naltiruvchi  ishlar  orqali  shakllanadi.  Kasbiy  motivatsiya  o‘zgaruvchan  uning 

shakllanishi  uzluksiz  jarayon  bo‘lib,  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillar  ta’sirida  boradi.  Shuning 

natijasida  kasbiy  motivatsiyani  ilk  bosqichlarida  aniqlash  zarurat  bo‘lsa  ularni  to‘g‘rilash 

maqsadga  muvofiqdir.  Kasbiy  motivatsiyani  guruhlarda  va  alohida  o‘rganish  mumkin.

 

O‘quvchilarga  javoblar  uchun  qog‘oz  tarqatiladi,  qo‘llanma  o‘qiladi,  savolnoma  tasdiq 



gaplardan iborat har bittasi 3 ta har xil ma’noli gap bilan tugallangan. 3  variant javobdan faqat 

bitta  to‘g‘ri  kelgan  javobni  topib  javoblar  varag‘iga  belgilash  lozim.  Diqqat  qiling,  har  bitta 

tasdiq uchun 1 ta javob belgilangan bo‘lishi kerak.  

SAVOLNOMA. 

1. a) Menga mehnatim zoye ketmaydigan ishni qilish yoqadi.  

b) Menga oldimga qo‘yilgan maqsadlarimga erishish uchun yangi bilim olish yoqadi;  

v) Menga hamma ishlarni iloji boricha yaxshi bajarish yoqadi, chunki bu hayotimda asqotadi;  

2  a)  o‘ylanmanki,  berilgan  topshiriqlarni  iloji  boricha  yaxshi  bajarish  kerak,  chunki  bu 

hayotimda asqotadi; 

b)  o‘ylanmanki,  qilgan  ishlaring  bilan  atrofdagilarga  yaxshilik  keltirish  kerak,  chunki  ulardan 

ham shu qaytadi; 

v) Qanday qilib bo‘lsa ham, qo‘yilgan maqsadlarga erishish lozim deb o‘ylayman; 

3. a) Kelajak hayotim ychun yangi bilim olishni yaxshi ko‘raman;  

b) har qanday ishni yaxshi bajarishni yaxshi ko‘raman, agarda uni birontasi baholasa;  

v) har qanday ishni, yaxshi qilishni yoqtiraman, chunki bundan atrofdagilar xursand bo‘ladi;  

4. a) hayotda hamma vaqt o’z bilim va ko’nikmalariga tayanish kerak deb hisoblayman; 

b) hayotda hamma narsada kuch sinab ko‘rish kerak deb hisoblayman;  

v) hayotda muhimi — doim yangi bilimlarga intilish deb hisoblayman.  

5. a) har qanday ishni men yaxshi bajara olganday his qilsam ko‘nglim ko‘tariladi;  

b) Meni mehnatim atrofdagilarga foyda keltirsa ko‘nglim ko‘tariladi, chunki bu har qanday ishda 

muhim; 


v) Ishlash doim yoqimli bo‘lganligi uchun, har qanday ishni bajarishdan ko‘nglim ko‘tariladi; 

 

28 


6. a) Yangi bilim olish jarayoni meni jalb etadi;  

b) Ko‘limdan kelgan barcha ishni bajarish meni jalb etadi;  

v) Atrofdagilarga foyda keltiradigan ish jarayoni meni jalb etadi;  

7. a) har qanday muhim va ma’sul ish qiziqarli bo‘lishiga ishonchim komil;  

b)  har  qanday  ish  qiziqarli  bo‘lishiga  ishonchim  komil,  agarda  u  menga  fonda  keltiradigan 

bo‘lsa;  

v) har qanday ish qiziqarli bo‘lishiga ishonchim komil, agar uni ustalik bilan bajara olsam; 

8. a) Menga o‘z ishimning ustasi bo‘lish yoqadi;  

b) Menga biror ishni kattalarning yordamisiz bajarish yoqadi;  

v) Menga doim yangi narsa o‘rganish yoqadi;  

9. a) o‘qish menga qiziqarli;  

b) Atrofdagilarga seziladigan ishlarni qilish menga qiziqarli; 

v) Menga mehnat qilish qiziqarli;  

10. a) o‘ylaymanki, bajargan ishlarimning natijalari atrofdagilarga sezilsa yaxshi bo‘lardi;  

b) o‘ylaymanki, har qanday ishda muhimi natijadir;  

v) o‘ylaymanki, hoxlagan ishlarni mustaqil qilish uchun tezroq kerakli bilimlarni olish lozim;  

11. a) Men faqat o‘zimga yoqadigan ishlar bilan shug‘ullanishni hoxlar edim;  

b)  Men  har  qanday  ishni  qo‘limdan  kelganicha  yaxshi  bajarishni  hoxlayman,  chunki  shu  yo‘l 

bilan haqiqatga ham yaxshi qilsa bo‘ladi; 

v)  Mening  ishim  atrofdagilarga  foyda  keltirishini  hoxlayman,  chunki  bu  mening  kelajak 

hayotimda yordam beradi;  

12.  a)  Ko‘pchilikning  qo‘lidan  kelmaydigan  ishni  qoyilmaqom  qilib  qo‘yish  men  uchun 

qiziqarli; 

b) Avval qilolmaydigan ishimni o‘rganish men uchun qiziqarli;  

v) o‘ziga diqqatni jalb etadigan ishlarni bajarish men uchun qiziqarli,  

13. a) Men hamma qadrlaydigan ishni bajarishni yaxshi ko‘raman;  

b) Menga halaqit berishmasa, barcha ishlarni bajarishni yaxshi ko‘raman;  

v) Qiladigan ishim borligini yaxshi ko‘raman;  

14. a) Men turli ishlarni bajarishni hoxlayman, chunki menga natijalari qiziqarli;  

b) Men foyda keltiradigan ishni bajarishni xoxlayman; 

v) Menga yoqadigan ishni bajarishni hoxlayman;  

15. a) har qanday ishda eng qizig‘i uning bajarilish jarayoni deb hisablayman; 

b) har qanday ishda eng qizig‘i uning natijasi deb hisoblayman,  

v) har qanday ishda eng qizig‘i, boshqa odamlarga uning qanchalik muhimligi deb hisoblayman;  

16. a) Menga kelajakda kerak bo‘ladigan barcha narsalarni o‘rganish yoqadi;  

b) Menga kerak bo‘lsa, bo‘lmasa yangi bilimlar olish yoqadi;  

v) Menga o‘qish jarayonining o‘zi yoqadi;  

17. a) Meni o‘qishdan so‘ng ochiladigan manzara qiziqtiradi;,  

b) Meni o‘qishdan so‘ng kerakli odam bo‘lishim qiziqtiradi; 

v) o‘qishning menga foydaliligi qiziqtiradi;  

18. a) o‘rgangan narsam menga doim kerak bo‘lishiga ishonchim komil;  

b) Menga o‘qish doim yoqishiga ishonchim komil;  

v) o‘qishdan so‘ng kerakli odam bo‘lishimga ishonchim komil;  


 

29 


19. a) Ishimning natijasi atrofdagilarga ko‘rinishi menga yoqadi,  

b) o‘z ishimni ustalik bilan bajarish menta yoqadi;  

v) o‘z ishimni boshqalar bajara olmaydigan darajada yaxshi bajarish menga yoqadi; 

20. a) Topshirilgan vazifani sifatli bajarish men uchun qiziqarlidir;  

o) Atrofdagilar sezadigan ishni bajarish men uchun qiziqarlidir; 

v) Ishxonada nima bilan bandligimni hamma bilishi men uchun qarlidir. 



Natijalar tahlili 

Kasbiy faoliyat motivlari orasidan 4 asosiy guruhni ajratsa bo‘ladi:  

1. O‘z mehnatining motivlari, odam uchun mehnat jarayonining muhimligini bildiradi.  

2.  Mehnatining  ijtimoiy  ahamiyati  motivlari  jamiyat  tomonidan  talab  qilinayotgan  kasbni 

tanlashga bog‘liqligi haqida guvohlik qiladi.  

3. O‘zini shaxs sifatida tasdiqlash, kasbni tanlashda o‘zining qobiliyatini mehnatda amalga 

oshirish imkoniyatini ko‘rsatadi.  

4.  Kasbiy  mohirlik  motivlari  mehnatda  yaxshiroq  natijaga  erishishni  ko‘rsatadi.  Javob 

varaqasini to‘ldirgandan so‘ng har bir ustunchalardagi doirachalar  yig‘indisi hisoblanadi. Avval 

har  bir  4  ta  guruhlarning  absolyut  ballar  yig‘indisi  topiladi.  Buning  uchun  xar  bir  ustunlarning 

alohida yig‘indisi topiladi: 1.1, 1,2, 1.3, 1A, 1.5, 1.6, 2,1, 2.b va hokazo.  

Biroq,  turli  xil  motivlar  guruhida  miqdorlar  bir  xilda  ajratilmaydi.  Ularni  ballarning 

absolyut yig‘indisini solishtirish uchun 1 va 2 guruhni ikkiga; 3 va 4 ni uchga ko‘paytirish lozim.  

Topilgan  yig‘indi  bir  xil  ballar  “og‘irligiga”  ega  bo‘lib,  bir  —  biri  bilan  solishtirish 

mumkin. Ballarning eng katta miqdori dominant (ustun keluvchi) motivga mosdir.  

JADVAL VARAQASI 

Familiyasi, Ismi_________________________________ 

Maktab №_________ Sinf ________ o‘tkazilgan sana_______  

 

1.1 



1 a  

2 a  


13 a 

1.2 


4 b 

5 v 


13 b 

1.3 


9 v 

13 v 


15 v 

1.4 


10 b 

14 a 


15 b 

1.5 


7 a 

14 b 


15 v 

1.6 


8 b 

11 a 


14 v 

2.1  


1 b 

3 a 


16 a 

2.2  


4 v 

6 a 


16 b 

2.3 


9 a 

16 v 


18 a 

2.4 


10 v 

12 b 


17 a 

2.5 


7 b 

17 b 


18 b 

2.6 


8 v 

17 v 


18 v 

3.1 


3.2 

3.3 


3.4 

11v  


2v 

3b 


5a 

6b 


11b 

7v 


12a 

19b 


8a 

19v 


20a 

4.1 


2b 

3v 


1v 

4.2 


4a 

5b 


6v 

4.3 


9b 

12v 


20v 

4.4 


10a 

19a 


20b 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish