Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana11.03.2020
Hajmi0,73 Mb.
#42094
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kasbiy bilimlar asosida konikmalarni shakllantirishning psixologik jixatlari khk misolida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

Psixologiya kafedrasi 

Qo’lyozma huquqida 

 

 

 



 

 

 



 

 

     UDK: 152.82.38 



  

Xusanova Saidaxon  

MAVZU: “KASBIY BILIMLAR ASOSIDA KO‘NIKMALARNI 

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIXATLARI 

(KHK MISOLIDA)” 

5A 110902-«Psixologiya» ixtisosligi magistrlik darajasini olish uchun 

 

D I S S E R T A T S I Y A 

 

 

 

Ilmiy rahbar:            

      p.f.n  dotsent  M.Mamajonov 

 

 



 

 

 



Andijon-2013 

 



MAVZU: “KASBIY BILIMLAR ASOSIDA KO‘NIKMALARNI 



SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIXATLARI 

(KHK MISOLIDA)” 

KIRISH. 

I BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari  

1.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish-psixologik muammo sifatida. 

1.2. Kasb psixologiyasi muammolari  

1.3. Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini. 

1.4.  Kasb  tanlashga  yo‘llash  ishlarida  maktab,  oila,  litsey,  o‘rta  maxsus  va  oliy  ta’lim 

muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi. 

Birinchi bob bo‘yicha xulosa. 

 

II BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari. 

2.1. Kasb ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari 

2.2. Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari. 

2.3. Kasb tanlashda asosiy mezonlar 

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa. 

 

III BOB. Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari.  

3.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish usullari (ko‘nikma malaka) 

3.2. Dastlabki tajribalar olib borish va natijalarni tahlil qilish. 

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa. 

Xulosa. 

Tavsiya. 

Foydalanilgan adabiyotlar.  

Ilovalar. 

 

 



MUNDARIJA 



 

 

 

 

 

 

KIRISH. 

3-8 


I BOB. 

Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari.  

9-31 


1.1. 

Kasbiy bilimlarni shakllantirish-psixologik muammo sifatida 

9-13 


1.2. 

Kasb psixologiyasi muammolari  

14-23 


1.3. 

Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini 

24-26 


1.4. 

 Kasb tanlashga yo‘llash ishlarida maktab, oila, litsey, o‘rta maxsus va oliy 

ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi 

27-30 


 

Birinchi bob bo‘yicha xulosa 

31-31 


II BOB. 

Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik 

jihatlari. 

32-47 


2.1. 

Kasb ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari 

32-33 


2.2. 

Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari 

34-39 


2.3. 

Kasb tanlashda asosiy mezonlar. 

40-46 


 

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 

47-47 


III BOB.  

Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari.  

48-71 


3.1. 

Kasbiy bilimlarni shakllantirish usullari (ko‘nikma malaka) 

48-59 


3.2.  

Dastlabki tajribalar olib borish va natijalarni tahlil qilish 

60-65 


 

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa 

65-71 


 

Xulosa 

72-71 


 

Tavsiya 

75-75 


 

Foydalanilgan adabiyotlar  

76-78 


 

Ilovalar 

79-84 


 



KIRISH. 



Mavzuning dolzarbligi. 

Hozirgi  kunda  juda  ko’plab  davlatlarda  bo’lgani  kabi  dunyo  xaritasida  o’zining  munosib 

o’rniga ega bo’lgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu 

islohotlarning  barchasi  inson  omilini  har  qachongidan  ham  yuqori  saviyaga  ko’tarib,  uning 

kuchi,  idroki,  salohiyati,  ruxiy  hamda  ma’naviy  barkamolligini  bevosita  taraqqiyot,  rivojlanish 

va sivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, 

o’z  mukammalligi  xususida  qayg’urish  muammosi  har  qachongidan  ham  dolzarb  masalaga 

aylandi.  

“Har bir insonda muayyan intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq 

yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratilsa, har qaysi inson Ollox taolo ato etgan 

noyob  qobiliyat  iste’dodini,  avvalo  o‘zi  uchun,  oilasi,  millati,  xalqining  va  davlatining 

farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli 

taraqqiyotga  erishadiki,  uning  sur’at  va  samarasini  xatto  tasavvur  qilish  ham  oson  emas» 

(I.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: “O’zbekiston”, 1999 yil.)  

Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish jarayonida 

yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. 

Binobarin, jamiyat taraqqiyotida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy soha mutahasisslarini 

samarali  faoliyat  ko‘rsatishi,  eng  avvalo,  malakali  kadrlar  faoliyatiga  bog‘liqdir.  Shu  bois, 

amalga oshirilayotgan islohatlar kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy 

va  iqtisodiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va 

texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib  chiqqan  holda  qayta  qurishni  nazarda  tutadi. 

Shunday  ekan  ushbu  talablardan  kelib  chiqqan  holda  bilimdon,  mustaqil  fikrlovchi,  ijodiy 

izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan 

hisoblanadi.  

Bo‘lg‘usi kasbga tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar 

qilib  shakllantirish  ular  shaxsiga  yangicha  yondashish  hozirgi  ijtimoiy  taraqqiyotning  zaruriy 

talabidir. Shundan kelib chiqib, har bir mutaxassis kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish, har 

bir  jamoada  shart-sharoit  yaratish  hamda  mustaqil  o‘z  ustida  ishlaydigan  raqobat  bardosh 

kadrlarni  tayyorlashga  alohida  e’tibor  berilmoqda.  Bu  esa  o‘z  navbatida  har  bir  mutaxassis 

mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi.  

Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  barcha  soha  mutaxassislarining  kasbiy  bilimlarini 

oshirishning  tashkiliy-pedagogik  va  ijtimoiy  psixologik  muammolarini  nazariy  va  amaliy 

jihatdan  o‘rganish  dolzarb  masaladir.  Shu  nuqtai  nazardan  biz  o‘z  tadqiqot  mavzuimizni 

Kasbiy  bilimlar  asosida  ko‘nikmalarni  shakllantirishning  psixologik  jihatlari  (KHK 



misolida)” muammolarini tadqiq etish masallariga bag‘ishladik.  

Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi.  Shuni  aytish  kerakki,  kasb-hunar  ta’limi 

tizimidagi  mutaxassislarni  tayyorlash  va  ularning  kasbiy  bilimlarini  oshirish  muammolari 

bo‘yicha  ham  do‘stlik  mamlakatlarida  bir  qancha  tadqiqot  ishlari  bajarilgan.  Yu.K.Babanskiy, 

V.A.Kan-Kalik,  N.V.Kuzmina,  A.I.Sherbakov,  V.G.Onushkin,  V.A.Slastenin,  Yu.K.Vasilevlar, 

O‘zbekiston Respublika olimlaridan A.I.Vorobev, R.X.Jo‘raev, Ya.Haydarov, U.N.Nishonaliev, 

A.R.Xodjabaev, 

E.T.Choriev, 

T.T.Mag‘zumov, 

N.S.Saydahmedov, 

N.A.Muslimov, 

K.J.Mirsaidovlar  kasb-hunar  o‘qituvchilarini  tayyorlashda  va  ularning  ta’limiy-tarbiyaviy 

yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  tomonidan  ilmiy  asoslab  berilgan  kadrlar 

tayyorlash  milliy  modeli  komil  inson  va  malakali  mutaxassisni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  bu 

jarayonda  muhim  o‘rin  tutuvchi  ta’limni  texnologiyalashtirish  bilan  uzviy  bog‘liqligini 

tasdiqlaydi.  Binobarin,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  o‘quv-tarbiyaviy  jarayonni  ilg‘or 

pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta’minlash  –  uni  ro‘yobga  chiqarishning  ikkinchi  va  uchinchi 

bosqichlari  uchun  muhim  xarakterli  xususiyat  ekanligiga  alohida  urg‘u  berilgan.  Mehnat 

jamoalarida ta’lim tizimida o‘quvchilarni  kasbga  qiziktirish va uni shakllantirishning  ijtimoimy 

psixologik  omillarini  aniqlash  vazifalarini  belgilashga  qaratilgan  izlanishlarini  (V.I.Gerchikov, 



 

G.A.Ishutina,  A.B.Leonova,  V.D.Parigin,  I.I.Popova  va  boqalar)  o‘z  tadqiqot  maqsadlariga 



asoslanib  kasbiy  ko‘nikmalarninng  turli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  tadqiqot  ob’ektiga  aylantirganlar 

va  ma’lum  darajada  munosabat  mezonini  talqin  qilishning  nazariy-fundamental  asoslarni 

yaratganlar.  

O‘zbekistonda  o‘rta  va  umumta’lim  maktablari  va  oila  tizimlarida  yoshlarni  kasbiy 

qiziqishlarini  shakllantirish  borasida  tadqiqot  olib  borgan  psixolog  olimlar  E.G‘.G‘oziev, 

B.Shoumarov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, N.S.Safoevlarning rahbarligida olib 

borilgan ilmiy izlanishlarda munosabatning ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatidagi talqinlariga 

ma’lum darajada e’tibor qaratilgan.  



Dissertatsiya  ishining  ilmiy-tadqiqot  ishlari  rejalari  bilan  bog‘liqligi:  Tadqiqot 

Andijon  davlat  universiteti  psixologiya  kafedrasining  ilmiy  ishlar  rejalari  doirasida  amalga 

oshirilgan. 

 

Tadqiqot  maqsadi:  “Kasbiy  bilimlar  asosida  ko‘nikmalarni  shakllantirishning 

psixologik  jihatlari  (KHKmisolida)”  muammolarini  nazariy  va  amaliy  tahlillar  asosida 

umumlashtirilgan  xulosalar,  tavsiyalar  ishlab  chiqish  va  kasbiy  qiziqishlarning  shakllanishida 

bugungi  jamiyat  taraqqiyoti  talablariga  mos  ilmiy-amaliy  jihatlarini  tadqiq  etish  va  nazariy-

amaliy psixologik maslahatlar berishdan iborat. 

Tadqiqot vazifalari: 

-  Kasbiy  ko‘nikmalarni  shakllantirishning  nazariy  va  amaliy  tadqiq  etilishi  bo‘yicha 

adabiyotlar tahlili; ma’lumotlar bilan tanishish 

-  Kasbiy  layoqatlarning  namoyon  bo‘lishini  aniqlash  va  ularning  yuksak  darajadagi 

qobiliyatlarga aylantirish bo‘yicha tajribalar tashkil etish; 

-  Kasb-hunar  kollejlari  proforientatsiya  ishlarini  tashkil  etish  va  ularni  tashkil  qilishning 

ilmiy-amaliy asoslari qay tarzda o‘rganilganligini mavjud manbalar orqali o‘rganish; 

-  Amaliyotchi  psixologning  faoliyati  jarayonida  bevosita  qatnashuvchilar:  o‘quvchi, 

o‘qituvchi,  ota-onalar,  ta’lim  muassasa  rahbarlariga  amaliy  jihatdan  ta’sir  o‘tkazishi,  ularga 

ta’lim – tarbiya jarayonida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish. Psixoprofilaktik ishlarni tashkil 

etishda proforientatsiyaon ishlar maslalarini tahlil etish 

-  O‘quvchilarni  shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olib,  kasbga  yo‘naltirish  ishlarini  tashkil 

etish va ularning yangi hayot jarayoniga ko‘nikish muammolarini o‘rganish; 

- Kasbiy qiziqshlari asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini tadqiq etish; 

-  Amaliy  tajribalar  tashkil  etish  va  umumlashtirilgan  holda  kasbiy  ko‘nikmalar 

shakllantirishning asosiy vositalari va omillari yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.  



Tadqiqot  predmeti:  Kasbiy  qiziqishlar  asosida  kasbiy  ko‘nikmalarni  shakllantirishning 

bugungi  jamiyat  taraqqiyoti  talablariga  mos  ilmiy-amaliy  jihatlarini  tadqiq  etish  va  nazariy-

amaliy psixologik maslahatlar berishdan iborat 

Tadqiqot  ilmiy  farazi:  agarda  kasb-hunar  kolleji  talabalarining  kasbiy  ko‘nikmalarini 

shakllantirish  uchun  kasbiy  qiziqishlarini  psixodiagnostik  metodikalar  asosida  o‘rganib,  ular 

bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etilsa;  

-  o‘quvchilarning  kasbiy  qiziqishlari  asosida  kasb  ko‘nikmalarini  shakllantirish  imkoniyatlari 

oshadi; 

-  kasb-hunar  kolleji  tizimida  kasbiy  bilimlarni  takomillashtirish  va  kasbga  bo‘lgan  munosabat 

motivlarini rivojlantirish muammolari o‘z yechimini topishi mumkin; 

- psixologik maslahat va proforientatsiya ishlari rivojlantiriladi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Kasb-

hunar kollejida kasbiy ta’lim mazmuni sifat jihatdan takomillashtiriladi; 

- psixologik maorif va proforientatsion ishlarda o‘qituvchilar hamda ota-onalar hamkorlik ishlari 

rivojlantiriladi; 

-  kasbiy  ko‘nikma  va  malakalar  yuzasida  talabalarning  bilimlari  oshiriladi.  Kasb  tanlash 

motivlarining aniqlanishi ularning kasbga yo‘llash ishlarida muhim omil ekanligi asoslanadi.  

Tadqiqot  metodlari:  Tadqiqot  ishimizni  amaliy  tahlil  qilish  maqsadida  quyidagi 

psixologik, psixodiagnostik va pedagogik usullardan foydalandik. Jumladan shakllantiruvchi va 



 

rivojlantiruvchi empirik metodikalar, kuzatish, suhbat, anketa, kasb tanlash motivlarini aniqlash 



usuli,  DDS  metodikasi,  shuningdek,  shaxsni  ijtimoiy  psixologik  himoya  qiluvchi  metod  va 

psixodiagnostik,  psixoprofilaktik,  va  psixokorreksion  metodlar.  Bundan  tashqari  individual 

faoliyat shaklini aniqlaydigan faoliyatga munosabati, normal  emotsional  faolligini aniqlaydigan 

metodlar. Shaxsiy varaqalarini o‘rganish va boshqa metodlardan iborat. 



Tadqiqotning  metodologik  asosi:  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi, 

“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,  G‘arb  va  Sharq 

mutafakkirlarining  ta’limni  tashkil  etish,  shaxsda  muayyan  kasbiy  malakalarni  shakllantirish 

borasidagi  qarashlari,  yurtboshimiz  I.Karimovning  uzluksiz  ta’lim  tizimini  rivojlantirishga  oid 

g‘oyalari,  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlashga  qo‘yilayotgan  talablar, 

psixologik  va  pedagogik  tadqiqotlar,  mavzuga  oid  manbalar  mazmunida  yoritilgan 

nazariyalardan,  psixologik  xizmat  to‘g‘risidagi  nizom,  chet  el  va  sharq  psixologlarining 

qarashlari majmuasidan iborat. 



Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi:  kasbiy  bilimlar  asosida  ko‘nikmalarni  shakllantirishning 

psixologik  jihatlarini  o‘rganish  shaxsning  kasbiy  qiziqishlarini  shakllanishini,  psixodiagnostik, 

psixokorreksion,  psixologik  maslahat  va  psixologik  maorif  asosida  ilmiy-amaliy  yondoshiladi. 

Yoshlarni  kasb  egallashida  kasbni  erkin  va  mustaqil  tanlashning  ilmiy-amaliy  tizim  sifatida 

dolzarb muammolari yechim topishga harakat qilinadi. 

Nazariy ahamiyati: ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy bilimlarini rivojlantirish orqali 

ularning 

kasbiy 

ko‘nimalarni  shakllantirish  ishlari  rivojlantiriladi,  psixodiagnostik, 



psixokorreksion,  psixologik  maslahat  va  psixologik  maorif  kabi  bilimlar  nazariy  jihatdan 

boyitiladi.  Kasb  psixologiyasi  fanidan  o‘quv  mashg‘ulotlarini  tashkil  etishda  ishlab  chiqilgan 

tavsiyalardan  foydalanish  mumkin.  Tadqiqotning  nazariy  g‘oyalari  va  amaliy  natijalari 

zamonaviy  psixologiya  va  pedagogika  fanlarini  takomillashtirishga  xizmat  qiladi,  shuningdek, 

ulardan  istiqbolda  ilmiy  tadqiqotlarni  olib  borish,  psixologik  va  pedagogik  treninglarni  tashkil 

etish,  laboratoriya  mashg‘ulotlarini  o‘tkazishda,  shuningdek,  pedagoglarni  qayta  tayyorlash  va 

malakasini oshirish tizimi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida psixologik xizmatni tashkil 

etishda foydalanish mumkin. 



Amaliy ahamiyati: kasbiy qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirish orqali ularga ta’sir 

etuvchi  ijtimoiy  psixologik  omillarini  qaror  toptirish,  shaxs  faoliyati  va  faolligini  oshirishga 

ko‘maklashuvchi  psixologik  xizmat  tizimining  asosiy  yo‘nalishlarini  va  bugungi  dolzarb 

vazifalarni  aniqlashga  imkon  beradi.  O‘quvchilarni  kasb  tanlash  va  kasbiy  qiziqishlari  asosida 

o‘z layoqati va qobiliyati bo‘yicha kasbga yo‘naltirish tizimi shakllanadi. 

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: 

1. Kasbiy bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish. 

2.  Kasbiy  bilimlar  asosida  kasbiy  ko‘nikmalarni  shakllantirish  omillari  nazariy  va  amaliy 

tahlil qilish. 

3. Kasbiy qiziqishlarning tashkiliy-metodik asoslari (samarali shakl, metod va vositalari). 

4.  Kasbga  yo‘naltirish  ishlarini  tashkil  etishda  hamkorlik  ishlarini  takomillashtirish  va 

kasbiy  ko‘nikmalarni  shakllantirishning  yuqori  samaradorlikka  erishishni  kafolatlovchi  ilmiy-

metodik tavsiyalar. 



Natijalarning joriy qilinishi: tadqiqotning asosiy natijalari Andijon viloyati o‘rta maxsus, 

kasb-hunar  ta’limi  boshqarmasi  tasarrufidagi  KHK  lari  amaliyotchi  psixologlar  faoliyatida, 

Andijon  davlat  universiteti  “Psixologiya”  kafedrasi  metodologik  birlashmasi  yig‘ilishlari, 

umumiy  o’rta  ta’lim  maktab  amaliyotchi-psixologlari  malakasini  oshirish  kurslarida  va  ilmiy-

amaliy anjumanlarda ishtirok etish va ma’ruzalar o‘qish asosida ommalashtirilgan. 

Ishning sinovdan o‘tishi (aprobatsiyasi): tadqiqotning asosiy g‘oya va natijalari Andijon 

viloyati  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  boshqarmasi  tasarrufidagi  KHKlarida  tashkil  etilgan 

seminar  treninglarda  sinovdan  o‘tkazilgan.  (Andijon  maishiy  xizmat  KHK,  Andion  axborot 

texnologiyalari KHK, Andijon pedagogika kolleji) 



I BOB: Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari 

 



1.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish psixologik muammo sifatida. 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Kadrlar  tayyorlash    milliy    dasturi  “Kasblar  festivali”da 

belgilangan    vazifalarni    yuksak  darajada    bajarish    borasida  o‘quvchilarni  kasb-hunarga 

yo‘naltirishda  kasb-hunar  ta’lim  muassasalarining  ahamiyati    muhim  sanaladi.  Bu  borada 

yurtboshimiz  I.Karimovning  quyidagi  fikrlarini  ta’kidlamoqchimiz:  “O‘rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’lim muassasalari har bir hududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib 

chiqib,  tashkil  etilishi  hamda  unda  tahsil  olayotgan  o‘quvchilarning  ota-onalari  bag‘rida  o‘qib 

kasb-hunar  egallashlari  qolaversa,  o‘sha  hududning  ta’limni  turmush  bilan  bog‘lash, 

uyg‘unlashtirish,  talabalarning  qobiliyatlari,  intellektual  darajalari  va  imkoniyatlarini  hisobga 

olish  ijobiy  samara  beradi.  Chunki,  har  bir  kasb-hunar  shaxsdan  irodaviy  zo‘r  berishni,  aqliy 

jiddiylikni,  chidam  va  sabr-toqatni  talab  qiladi.  Barcha  qiyinchilik  va  sinovlarga  bardosh  bera 

oladigan  yigit-qizlargina  mazkur  tanlangan  kasbga  nisbatan  yarog‘li  deb  topiladi.  Kasb  ta’limi 

esa  huddi  ana  shuning  amaliy  tomonini  o‘zida  aks  ettirish  imkoniyatiga  ega.  Ta’limni  oqilona, 

optimal yo‘l bilan tashkil qilish va olib borish, mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirib, kasb-

hunarga nisbatan qiziqish hissini uyg‘otadi. Kasbiy bilimlarni maktab ta’limidayoq shakllantirish 

bolada kasbiy layoqat va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini oshiradi. 

Kasbiy  layoqatlilik  –  mutaxassisning  biror-bir  kasb  sohasidagi  bilim,  o‘quv  va 

ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aks ettiruvchi integral tavsif: “ishni bilgan hold” faoliyat 

yuritish qobiliyati hisoblanadi.  

Layoqat  –  sub’ektning  avval  olingan  tajribasi  asosida    muayyan  vaziyatda  zarur  bilim, 

o‘quv va ko‘nikmalarni safarbar qilishga tayyorlikda ifodalanuvchi ta’lim mahsuli “bilim-o‘quv” 

va vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish va amalga oshirish, o‘z bilimini kasbga yo‘naltirish.  

Tayanch layoqatlar – kasbiy hamjamiyatlar hamda undan tashqari sohaga moslashish va 

samarali faoliyat yuritish uchun zarur madaniyatlararo va tarmoqlararo bilimlar, ko‘nikmalar va 

qobiliyatlar.  Shuningdek  talabalarning  faol  faoliyat  yuritish  va  bilimlarni  o‘zlashtirishda 

loyihaviy  layoqatlarini  shakllantirish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu  barcha  fanlarni  yaxshi 

o‘zlashtirish hamda kasbiy bilimlarni rivojlantirish vositasi hamdir. Bolaning kasbiy layoqatini 

rivojlantirish  va  kasbiy  bilimlarga  ega  bo‘lishini  ta’minlash  orqali  ularning  kasbiy 

ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Ko‘nikmalarni shakllantirish ularning qiziqish, hohish, va 

bilimlariga bog‘liq bo‘ladi. 



Ko‘nikma – insonning avvalgi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga 

oshirish  qobiliyatidir.  Uning  fiziologik  asosi  bosh  miya  yarim  sharlari  po‘stlog‘ida  hosil 

bo‘ladigan murakkab shartli reflekslardir. Ko‘nikma malaka bilan uzviy bog‘liq.  

Malaka  –  muayyan  harakatlarni  doimiy  ravishda  bajarish  natijasida  malakaga  ega 

bo‘lishdir.  Malakali  mutaxassis  bo‘lib  yetishishda  shaxsning  kasbiy  bilim  va  ko‘nikmalarini 

shakllanganlik darajasi muhim omil sifatida ahamiyatga egadir. 

Har  qanday  harakatning  tahlil  yetilgan  jihatlarini  tegishli  tarzda  uning  motor  (harakat), 

sensor  (emotsional)  va  markaziy  qismlari  deb  atash  mumkin.  Shunga  muvofiq,  ushbu 

qismlarning  harakatini  amalga  oshirish  jarayonida  bajariladigan  vazifalarni  ijro  yetish,  nazorat 

qilish  va  boshqarib  turishda  foydalanadigan  yo‘l-yo‘riqlar  ushbu  faoliyat-ning  usullari  deb 

ataladi. 

Kishida  maqsadga  muvofiq  tarzda  sa’y-harakatlarni  ijro  yetish  va  boshqarishning  aynan  shu 

tarzda  avtomatlashuvi  malaka  deb  ataladi.  Malaka  mashq  qilish  jarayonida  ish-harakatlarni 

bajarishning avtomat-lashgan usullari hisoblanadi. 

Malakalar  interferensatsiyasi  (lotincha  inter  –  orasida,  ferens  –  tarqatuvchi)  deb  avval 

hosil  qilingan  malakalarning  keyinchalik  bosh-qa  yangi  malakalarning  hosil  bo‘lish  jarayoniga 

salbiy ta’sir ko‘rsati-shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi. 

Harakatning  shu  tarzda  qisman  avtomatlashuvi  tufayli  uning  tuzi-lishida  ro‘y  beradigan 

o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir: 

1) sa’y-harakatlarning ijro yetilish usullari o‘zgaradi. Bunga qadar o‘z holicha yuz berib kelgan 

qator  juz’iy  sa’y-harakatlar  yagona  ja-rayonga,  tarkibga  kiruvchi  alohida  sodda  sa’y-harakatlar 


 

o‘rtasida  to‘siqlar  va  uzilishlar  mavjud  bo‘lmagan  bitta  murakkab  sa’y-harakat-ga  qo‘shilib 



ketadi: 

a) ortiqcha va keraksiz sa’y-harakatlar bartaraf yetiladi; 

b) mujassamlashuv yuz beradi

2)  harakatni  sensor  nazorat  qilish  usullari  o‘zgaradi.  Sa’y-harakat-larning  bajarilishini  ko‘rish 

orqali  nazorat  qilish  mushaklar  yordamida  (kinistetik)  nazorat  bilan  almashadi.  Bunga  tajribali 

mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali chilangarning uskunaning ustiga bolg‘a 

bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga solmasligi misol bo‘ladi: 

a) maxsus sensor sintezlar hosil bo‘ladi; 

b) harakat natijalarini nazorat  qilish  uchun muhim  bo‘lgan mo‘ljallarni tez farqlash va ajratish 

qobiliyati rivojlanadi; 

c) harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgartirib bori-ladi.  

       Diqqat  harakat  usullarini  idrok  yetishdan  xoli  bo‘lib,  u  harakatning,  asosan,  vaziyati  va 

natijasiga qaratilgan bo‘ladi. 

Ba’zi hisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va 

birga  qo‘shilgan  holda  amalga  oshirila  boshlaydi.  Jumladan,  haydovchi  dvigatelning  ortiqcha 

kuch bilan ish-layotganini uning tovushidanoq sezib, o‘ylab-netib o‘tirmasdan, uning harakatini 

qanaqa  tezlikka  ko‘chirish  kerakligini  darhol  tushunib  yetadi;  operator  asboblarning 

ko‘rsatkichlarini  o‘qiboq,  ularning  ishla-shida  ro‘y  berayotgan  buzilishlarni  va  ularni  bartaraf 

yetish uchun ni-malar qilish kerakligini fahmlaydi. 

Navbatdagi  sa’y-harakatlarga  tayyorgarlik  bundan  oldingi  sa’y-harakatlar  amalga 

oshirilayotgan  paytdayoq  yuz  bera  boshlaydiki,  natijada  reaksiya  uchun  sarflanadigan  vaqt 

keskin  kamayadi.  Qo‘llani-lishi  lozim  bo‘lgan  usullarning  butun  boshli  zanjirini  yoki  turlarini 

ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilish antitsipatsiya deb ataladi. 

Kishi  muayyan  harakatni  bajarishga  urinib  ko‘radi  va  uning  nati-jasini  nazorat  qilib  turadi. 

Muvaffaqiyatli sa’y-harakatlar, o‘zini oqla-gan usullar asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi, 

o‘zini oqlama-ganlari yesa qo‘llanishdan chiqarilib, boshqalariga almashtiriladi. 

Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda 

hamda  ongli  ravishda  nazorat  qilishga  va  tu-zatishga  asoslangan  holda  ko‘p  martalab  takroran 

bajarish faoliyati mashq deb ataladi. 

Har qanday malaka ham kishi allaqachon  yegallab olgan malakalar tizimida amal qiladi 

va tarkib topadi. Ularning biri yangi malakaning tarkib topishiga va amal qilishiga yordam bersa, 

boshqalari  xalaqit  beradi,  uchinchi  bir  xili  yesa  uni  o‘zgartiradi  va  hokazo.  Bunday  hodisa 

psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi. 

Har qanday xulq-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi obyektlarga nisbatan jarayonlarning 

ko‘chishi  asosida  tarkib  topadi.  Ko‘chish  yesa  shart-sharoitlar  yoki  narsalarning  faoliyat 

maqsadlari uchun muhim bo‘lgan belgilari bo‘yicha o‘xshashligiga tayanadi. 

Bu  o‘xshashlik  anglanilgan  va  anglanilmagan  bo‘lishi  mumkin.  Faoliyat  qanchalik 

murakkab,  maqsadlar  qanchalik  uzoqroq  vaqtga  mo‘ljallangan  hamda  ular  obyektlarning 

qanchalik ko‘proq o‘zgartiri-lishini talab qiladigan bo‘lsa, muvaffaqiyatli ko‘chishni ta’minlash 

uchun zarur bo‘lgan oraliq aqliy faoliyat shunchalik keng tus oladi. Lekin har qanday holda ham, 

bunday ko‘chish ko‘nikma, ya’ni qo‘yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash 

va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin. 

Ko‘nikma  faoliyat  subyektning  o‘zida  mavjud  bilimlar  va  malaka-lar  bilan  maqsadga 

muvofiq  boshqarilishi  uchun  zarur  psixik  va  ama-liy  harakatlarning  murakkab  tizimi  yegallab 

olinishini ifodalaydi. 

Ko‘nikmalarning  tarkib  topishi  bilimlarda  mujassamlashgan  axbo-rotni  va  narsalardan 

olinadigan  axborotni  qayta  ishlash  jarayonining,  ana  shu  axborotni  aniqlash,  uni  harakat  bilan 

taqqoslash va o‘zaro bog‘lash jarayonining butun bir tizimining yegallanishini bildiradi. 

Bu  xildagi  shakllantirish,  ya’ni  ko‘nikmalarga  o‘rgatish  jarayoni  turli  yo‘llar  bilan  amalga 

oshirilishi  mumkinligini  qayd  qilib  o‘tish  za-rur.  Bu  yo‘llarni  bir-biridan  farq  qiluvchi  ikkita 

holatga  ajratish  mum-kin.  Birinchi  holatda  o‘rganayotgan  kishi  zarur  bilimga  yega  bo‘ladi. 


 

Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi qo‘yiladi hamda kishining 



o‘zi sinab ko‘rish va xatolarga yo‘l qo‘yish orqali tegishli mo‘ljal olgan, axborotni qayta ishlash 

va faoliyat usullarini topgan holda uning yechimini izlaydi. 

Garchi  bu  yo‘lning  samaradorligi  past  bo‘lsa  ham,  bugungi  kunda  u  ta’lim  jarayonida 

yeng ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l  yekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi  yo‘l shundan iboratki, ta’lim 

berayotgan  kishi  tinglovchining  bilimlarini  qo‘llash  uchun  zarur  bo‘lgan  psixik  faoliyatni 

boshqarib boradi. 

Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, 

shunday  bo‘lishi  mumkinki,  ayrim  harakatlar  boshida  har  bir  yelementni  jiddiy  ravishda, 

alohida-alohida  bajarili-shi  va  bunga  butun  diqqat  va  ongning  yo‘nalishini  talab  qiladi.  Lekin 

vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. 

Bu  oddiy  tilga  o‘girilganda  malaka  hosil  bo‘ladi  deyiladi.  Masalan,  har  birimiz  shu  tarzda  xat 

yozishga  o‘rganganmiz.  Agar  malakalarimiz  qat’iy  tarzda  bizdagi  bilimlarga  ta-yansa, 

faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffa-qiyatli bajarishni ta’minlasa, biz 

uni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. 

Hayotda  ko‘nikma  va  malakalarning  ahamiyati  katta.  Ular  bizning  jismoniy  va  aqliy 

urinishlarimizni  yengillashtiradi  va  o‘qishda,  mehnatda,  sport  sohasida  va  ijodiyotda 

muvaffaqiyatlarga yerishishimizni ta’minlaydi. 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish