Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


 Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.03.2020
Hajmi0,73 Mb.
#42094
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kasbiy bilimlar asosida konikmalarni shakllantirishning psixologik jixatlari khk misolida


1.3. Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini. 

Kasb tanlashga yo’llash ishlarining tarixi 1908 yildan boshlanadi deb kabul qilingan. Bu 

yili  Boston  shahrida  birinchi  kasb  haqida  maslahat  beruvchi  qo’mitasi  ochilgan.  Biroq  kasbga 

yaroqlik  elementlarini  qadim  jamiyatlarida  qo’llanilishi  ma’lumdir.  Milloddan  avvalgi  3  ming 

yillikda qadimgi Vavilonda, Misrda, Gretsiyada, Xitoyda, Spartada, Rumda, Xindistonda har-xil 

kasbdagi  kishilarni  tayyorlaydigan  maktablar  va  sistemalar  mavjud  bo‘lgan.  Rossiyada  1918 

yilda  yagona  mehnat  maktabi  to’grisidagi  xujjatlarni  tayyorlash  munosabati  bilan  ro’y  bergan 

munozaralar yaxshi ma’lum. Maktab kommunalari yaratilgan edi. 

I bosqich: 1918 yil - 1930 yilning boshlarigacha;  

II bosqich: 1931 yil - 1940 yilgacha; 

III bosqich: 1941 yil - 1960 yilgacha; 

IV bosqch: 1960 yil - 1970 yil o’rtalarigacha; 

V bosqich: 1991 yil - hozirgi davrgacha. 

  

O’zbekistondagi kasbga yo‘naltirish tizimining ayrim bug’inlari loyihalarini, shuningdek, 



kasbga  yo‘naltirish,  kasbiy  maslahat  hamda  kasb  tanlashning  umum  davlat  tizimi  loyihasini 

ishlab  chiqish.  Oldimizdagi  vazifalarni  mutlaqo  yangi  vazifalar  deb  hisoblash  hamda  kasbga 

yo‘naltirish  masalalarini  psixologik  pedagogik,  tibbiy-biologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  texnika 

fanlarining “eski” muammolari darajasidan ajratib tahlil qilish noto’g’ridir. Yoshlarni mehnatga 

tayyorlash  yangi  masala  emas,  hozir  bu  masalani  ta’lim-tarbiya  nazariyasi  bilan  uzviy  birlikda 

ko’rib chiqish lozim, kasbga yo‘naltirish muammosiga ko’ra tarkib topgan, ilmiy yo‘nalishlarni 

rivojlantirish - eng muhim vazifalardan biridir. 

 

Ma’lumki,  qator  mamlakatlarda  kasbga  yo‘naltirish,  kasb  tanlashning  amaliy  jihatlari 



yaxshi  rivojlangan.  Ana  shuning  o’zi  mazkur  mamlakatlar  tajribasidan  ham  foydalanish 

zarurligini  ko’rsatadi.  Mustaqil  davlatimizda  kasbga  yo‘naltirishning  jahon  tajribasida  hisobga 

olinadigan  va  yangi  demokratik  jamiyatning  asosiy  prinsiplariga  mos  tizimini  tashkil  etish  va 

takomillashtirish kerak. O’tgan yillar mobaynida kasbga yo‘naltirish va kasbiy maslahatlar ilmiy 

tadqiqotlarning davlat rejasida ko’zda tutilgan edi. Ilmiy izlanishlar va ishlanmalarni davlat yo’li 

bilan rejalashtirish, olimlarning eng muhim muammolar ustida jamoa bo’lib, ish olib borishlari, 

nazariya bilan amaliyotning birligi muhim ahamiyatga egadir. 

 

Shu munosabat bilan 1964 yilda boshlangan va hozirgacha o’z faoliyatini saqlab qolgan 



kasbga  yo‘naltirish  sohasidagi  ishlarning  axvoli  va  rivojlanishini  ifodalovchi  ba’zi 

ko’rsatkichlarni ko’rib chiqaylik. 

 

1964  yildan  buyon  ko’rsatkichlarni  ko’rib  chiqadigan  bo’lsak,  nashr  etilgan  kitob  va 



risolalarning ko‘pi kasbga yo‘naltirishning maktab-pedagogik jihatlariga bag’ishlangan. Ikkinchi 

o’rinda iqtisodiyot masalalariga oid  adabiyotlar  (kitob va risolalarning  chorak qismi), uchinchi 

o’rinda  -  metodik  gigienaga  doir  kitob  va  risolalar  (beshdan  bir  qismi)  va  to’rtinchi  o’rinda  - 

maktab  o‘quvchilariga  yordam  tariqasidagi  adabiyotlar  turadi.  Kasb  tanlashda  oilaning  roli  va 

vazifalari  yoritilgan  kitob  hamda  risolalar  deyarli  yuk  edi  va  jozir  ham  juda  kam.  Ommaviy 

tarbiya  vositalari muammolariga,  qobiliyatlarni  aniqlash,  kasblarning  psixofiziologik  masalalari 

hamda  hunar-texnika  ta’lim  tizimida  kasbga  yo‘naltirish  va  kasbiy  maslahatlarga  doir  yirik 

iilmiy  ishlar  hamon  yetarli  emas.  Kasbga  yo‘naltirish  sohasida  ishlaydigan  maxsus  kadrlar 

tayyorlash  masalasiga  oid  tadqiqotlarga  juda  ham  kam  e’tibor  berilmoqda.  Doktorlik 

dissertatsiyalariga  loyiq  ishlar  kam  bajarilmoqda.  Buning  sababi  kasbga  yo‘naltirishni  amaliy 

soha  sifatida  e’tirof  etilayotganidir,  uni  amaliy  soha  sifatida  tushunilayotganidir,  Bu  gaplardan 

ana shu sohadagi tadqiqotlarning umumiy ilmiy saviyasini oshirish zarurligi ayondir. 



 

15 


 

Bizni  qiziqtirayotgan  sohada  ishlayotgan  kadrlar  soni  1969  yildan  boshlab  uzluksiz 

ko‘paydi,  tadqiqot  ishlari  olib  borilayotganlar  soni  ancha  ortdi,  amaliy  tashkilotchilik  ishlari 

kamroq,  amaliy  ijrochilik  ishlari  juda  kam  o’sdi,  Kasbga  yo‘naltirishning  turli  masalalari  bilan 

shug’ullanayotgan  xodimlar  sonining  tez  o’sganligi  ishlarni  nazariy  va  tashkiliy  jihatdan 

muvofiqlashtirishni  taqozo  etmoqda.  Shu  sababli  muammoning  har  bir  jihati  bo’yicha 

muvofiqlashtirish markazlarini tashkil qilish zarur. 

 

Muammoning  kompleks  xarakterda  bo‘lishi  ayrim  tadqiqot  ishlarida  qo’llanilayotgan 



metodlarni  xilma-xillashtirishni  takozo  etmoqda.  Buning  uchun  quyidagilarni  amalga  oshirish 

zarur: 


 

1. Yoshlarni kasb tanlashga tayyorlashning an’anaviy tarkib topgan tizimini tahlil qilish. 

 

2.  Kasbga  yo‘naltirish  tizimini  takomillashtirish  ishlarini  faol  muvofiqlashtirish 

masalalarini xal qilish. 

 

3. Muammoning asosiy jihatlariga muvofiq kasbga yo‘naltirishning eng to’g’ri tizimidagi 

ayrim zvenolarni ishlab chiqish, ularni tajriba yo’li bilan tekshirish, muhokama qilish. 



 

4.  Respublikada  kasbga  yo‘naltirishning  oqilona  tizimini  tashkil  qilish  to’g’risidagi 

takliflarni kiritish. 

 

Tadqiqotlarning  xususiy  metodlari  va  metodikalari  haqida  shuni  aytish  kerakki,  hozirgi 



vaqtda, mamlakatning turli ilmiy jamoalarida psixofizik tadqiqotlar o’tkazish uchun ancha noyob 

asbob  va  qurilmalar  ishlab  chiqildi  va  ulardan  foydalanilmoqda.  Namunaviy  asboblar  keng 

qo’llandi va hozir ham qo’llanilmoqda. Shu bilan birga ilmiy jamoalar o’rtasida tajriba almashish 

keng tus olgan. 

 

Biroq  metodlarni  ijodiy  izlash,  har  bir  jamoaning  “o’z”  metodlarini,  asboblarini, 



hujjatlarini  yaratish  borasidagi  xarakat  o’zining  salbiy  jihatlariga  ham  ega.  Turli  muammolar 

olgan  natijalar  metodikadagi  tafovutlar  sababli  qat’iy  qiyoslash  imkonini  bermayapti.  Shu 

boisdan kasb tanlash uchun muhim u yoki bu shaxsiy xislatlarni aniqlash masalasini xal etishda 

qiyinchiliklar  tug’ilmoqda.  Qator  tadqiqotchilar  ayniqsa,  amaliyotchilar  mavjud  metodikalarni 

qo’llash zarurligini yetarli darajada anglamayotirlar. Psixodiagnostik metodlarnigina emas, balki 

professiografik metodlarni ham bir xillashtirish kechiktirib bulmaydigan g’oyat muhim vazifadir.  



1.4.  Kasb  tanlashga  yo‘llash  ishlarida  maktab,  oila,  litsey,  o’rta  maxsus  va  oliy  ta’lim 

muassasalarining hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi. 

O’zbekiston  Respublikasida  yoshlarni  kasbga  yo‘naltirish  tadbirlari  bo’yicha  qabul 

qilingan qarorlar mazkur ishni markazlashtirilgan tarzda boshqarishda katta rol o’ynadi. 

 

O’zbekiston  Respulikasi  xalq  ta’limi  vazirligining  politexnik  ta’lim  bo’limi  mehnat 



ta’limi  va  kasbga  yo‘naltirish  bo’limiga  aylantirildi.  Uzbekiston  Pedagogika  fanlari  ilmiy 

tadqiqot institutida kasbga yo‘naltirish sektori ishlay boshladi. 

 

Kasbga  yo‘naltirish  bilan  shug’ulanuvchi  yangi  tuzilgan  va  qayta  tashkil  qilingan 



bulimlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqyosida rahbarlikning tashkiliy tajribalarini 

umumlashtirishdan; kasbga yo‘naltirish boshqarmasi bug’inlari ishini kuchaytirishning tashkiliy-

metodik  tadbirlarini  ishlab  chiqish  va  tajribada  tekshirib  ko’rishdan  iborat  edi.  Shu  tariqa 

respublikada  kasbga  yo‘naltirishni  boshqarish  tizimining  tarkib  topish  va  rivojlanishi  1970 

yildan  boshlandi.  U  xalq  xo’jaligining  malakali  kadrlarga  talab-ehtiyojlarini  hisobga  olib,  kasb 

tanlashda  o’g’il  va  qizlarga  yordam  berishi;  kasbga  yo‘naltirish  ishini  rejalashtirish,  uning 

mazmunini  belgilash;  vazirliklar,  idoralar,  muassasalar,  korxonalar  bilan  morif  va  madaniyat 

organlarining  birgalikdagi  kuch-g’ayratlarini  muvofiqlashtirish  lozim  edi.  Kasbga  yo‘naltirish 

ishini  aniq  va  puxta  rejalashtirish  bilangina  maktab  hududidagi  barcha  tashkilotlarining  kuch-

g’ayratlarini muvofiqlashtirish mumkin. Rejada kasbga yo‘naltirish ishining tartibi, izchilligi, uni 

amalga  oshirish  usullari  va  vositalari  ko’rsatiladi.  Bunday  rejani  tuzishda  mehnat  o‘qituvchisi 

albatta  qatnashishi  kerak.  Kasbga  yo‘naltirish  kengashining  tashkiliy  sektori  hududdagi  barcha 

jamoatchi  kasbga  yo‘naltiruvchilarning  ishini  muvofiklashtirib  turadi  va  nazorat  qiladi;  kasbga 

yo‘naltirish  kabinetlarining  ishini  muntazam  ravishda  tekshirib  boradi;  majlislarda  shu 

kabinetlarning  faoliyati  to’g’risidagi  hisobotlarni  tinglaydi,  kasbga  yo‘naltirish  muammolari 

yuzasidan 

ilmiy-amaliy 

va 


metodik 

semenarlar 

o’tkazadi; 

jamoatchi 

kasbga 


 

16 


yo‘naltiruvchilarning  o‘qishini  va  tajriba  almashuvini  tashkil  qiladi;  bularni  metodik  adabiyot 

bilan  ta’minlaydi.  Ota-onalar  bilan  ishlash  sektori  maktab  o‘quvchilarning  ota-onalari 

majlislarida  kasb  tanlash;  zavodda  o‘qish  va  ishlash  sharoitlari  mavzuda  korxona  vakillarining 

chiqishlarini  uyushtiradi;  ishchilar  sinfining  o’rinbosarini  tayyorlash  mavzuda  ota-onalarning 

yig’ilishlarini o’tkazadi:  ishchilar sulolarini  va ishlab  chiqarishda  peshqadamlik  qilayotgan  ota-

onalarning tajribasini targ’ib qiladi. 

 

Hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari va yosh ishchilar bilan ishlash sektori baza hunar-



texnika  bilim  yurtini  komplektlashda  ko’maklashadi;  kasbga  yo‘naltirish  kabinetini  jihozlashda 

qatnashadi;  zavod  ishchilarining  maktab  o‘quvchilari,  bilim  yurtini  bitiruvchilari  oldida  so’zga 

chiqishlarini  rejalashtiradi; hunar-texnika bilim  yurtini  bitirib  chiqqan  yigit  va  qizlarni  zavodda 

uyushtiriladigan  kasbiy  mahorat  tanlovida,  ratsionalizatorlik  va  ixtirochilik  ishida  qatnashishga 

jalb  etadi;  o‘quvchilar  ishlab  chiqarish  amaliyotini  tashkil  qiladi;  kasbga  yo‘naltiruvchi  sex 

kengashlarining ishini boshqaradi. 

Hozirgi  vaqtda  mutaxassislarning  4  guruhi  aniq  namoyon  bo’lib  qoldi.  Kasbga 

yo‘naltirish tizimida ilmiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish ko‘proq anashu mutaxassisning 

tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.  

 

Kasbga  yo‘naltirish  sohasidagi  ishlarning  umumiy  ta’lim  maktabining  o‘qituvchilari  va 



maktabdan  tashqari  mutaxasislarning  xodimlari  bajaradilar.  O‘quvchilarni  o‘rganish,  ularning 

mayllari,  qobiliyati  va  qiziqishlari  rivojlanishiga  rahbarlik  qilish,  kasbga  mayillikni 

shakllantirish,  kasblar  bilan  tanishishni  tashkil  qilish  ularning  vazifasiga  kiradi.  Bu  boradagi 

ishlarni  amalga  oshirish  o‘quvchillarning  psixologik  xususiyatlari,  shaxsni  o‘rganish  metodlari, 

kasblar,  kadrlarga  talablar  va  kasbga  yo‘naltirish  to’g’risidagi  bilimlarga  ega  bo‘lishni  taqozo 

etadi.  Maktab  sharoyitida  bunday  bilimlar  har  bir  o‘qituvchiga  zarur,  chunki  ular  fan 

o‘qituvchisi, sinf rahbari, sinifdan tashqari ishlar tashkilotchisi sifatida faoliyat ko’rsatadilar. 

 

Tajribadan pedagogka kasb tanlashda muayan  yordam berish zarur bo’lib qolganida eng 



ko‘p  qiyinchiliklarga  duch  kelib  qolishlari  kuzatilmoqda.  Kasbiy  maslahat  muayan  bilimlar 

kompleksini  talab  qiladi.  Shu  boisdan  juda  ko‘p  mamlakatlarda  ana  shu  ishni  amalga  oshirish 

uchun  maxsus  kishilar  ajratilmoqda.  Ular  maslahatchi  psixolog  yoki  maxsus  tayyorgarlikdan 

o’tgan maktab xodimlaridan tanlanadi va bular birinchi gurux mutaxassislaridir 

 

Ikkinchi  guruh  xodimlari  -  kasb  bo’yicha  tibbiy  maslahat  beruvchi  va  o‘quv  yurtlarida, 



korxonalarda,  sport  muassasalarida,  qishloq  xujaligi  va  boshqa  joylarda  ishlayotgan  maktab  va 

bolalar  shifokorlaridan  iborat.  O’z-o’zidan  ayonki  ,  ular  ham  kasbkorlik  bo’yicha  tibbiy 

fiziologik  ko’rsatmalar  berish,  umuman  o’z  vazifalarini  ko’ngildagidek  bajarish  uchun  shaxsni 

o‘rganishga doir metodlarini puxta bilish kerak. 

 

Ishga  joylashtirish  organlari  va  kadrlar  tayyorlash  bo’limining  xodimlari,  hunar  texnika 



bilim  yurtlaridagi  ishlab  chiqarish  ta’lim  ustalari  kasbga  yo‘naltirishni  tugal  bajarish 

korxonalariga  yosh  ishchilarni  joylashtirish,  kasbga  o’rgatish  va  ko’niktirish  sohasida  katta 

ishlarni amalga oshirishlari, yoshlarga turli ma’lumotlar va maslahatlar berishlari lozim, ulardan 

bu esa korxona va muassasalarning kasbiy malaka strukturasini, kasblar mazkur tumandagi xalq 

xujaligi tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatini, kadrlar ehtiyojini yaxshi bilishni talab qiladi. 

 

Mutaxassislarning  yana  bir  guruhi  kasbga  yo‘naltirish,  kasbiy  maslahat  berish  va  kasb 



tanlash  tizimini  ilmiy  jihatdan  amalda  ishlab  chiqishda  xal  qiluvchi  rol  o’ynaydilar.  Bular 

psixologlar  va  fiziologlardan  iborat.  Bunday  mutaxassislarning  o‘qishini  tashkil  qilish  birinchi 

darajali ahamiyatga egadir.  

 

Hozirgi  kasbga  yo‘naltiruvchi  xodimlarni  tayyorlash  asosan  tadqiqot,  amaliy  ish 



jarayonida  va  mustaqil  o‘qish  yo’li  bilan  olib  borilmoqda.  Mutaxassislarning  ozgina  qismi 

o‘qituvchilar  va  shifokorlar  malakasini  oshirish  institutida,  pedagogik  bilimlarni  targ’ib  qilish 

uyida,  Oliy  pedagogiga  kurslarida  ayrim  masalalar  buyicha  leksiyalar  tinglash  imkoniga  ega 

bo‘ladilar.  Maktablar,  hunar  texnika  bilim  yurti  o‘qituvchilari,  ishlab  chiqarish  ta’lim  ustalari, 

tibbiyot  xodimlari  kasbga  yo’llash  ishi  bilan  tanishishlari  lozim.  Buni  kasbiy  tayyorgarlik 

ixtisosini  biroz  kengaytirish  va  pedagogika  bilim  yurtlarida,  kasb-hunar  kollejlari  va  tibbiyot 

o‘quv maskanlarida kasbga yo‘naltirish buyicha maxsus kurslar joriy etish orqali amalga oshirish 


 

17 


yaxshiroq.  Madaniyat  bilim  yurtlarida  kasbga  yo‘naltirish  emas,  balki  umuman  bolalar  bilan 

ishlash  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  kurslardan  o’tgan  kishilar  tegishli  ixtisosga  ega  bo’lib, 

maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha 

samarali ish olib borishlari mumkin.  

 

Xodimlarning  ilmiy  tadqiqot  ishlariga  tayyorlash  ishi  bir  oz  boshqacharoqdir.  Bunday 



ixtisoslashtirish  sohasida  jiddiy  masala  paydo  bo’lmoqda.  Hozirgi  vaqtda  kasbga  yo‘naltirish 

bo’yicha mutaxassislar tayyorlashishlarining bir qismi universitetlarning psixologiya fakultetlari 

va  bo’limlari  bajarmoqda.  Masalan,  “kasb  tanlash  va  kasbga  yo‘naltirishning  metodologik 

asoslari” maxsus kursi o‘qitilmoqda. 

 

Kasbga  yo‘naltirish  ishlarini  rivojlantiruvchi  xodimlarini  tayyorlashni  mavjud  yo’llari 



bilan  amalga  oshirib  bo’lmasligi  yaqqol  ko’zga  tashlanib  kelmoqda.  Qator  xorijiy 

mamlakatlarning  tajribasi  mazkur  mutaxassislarni  amaliyotchi  xodimlardan  ma’lumotli  va 

ixtisosli  tajribali  pedagoglar,  psixologlar,  fiziologlar,  shifokorlardan  tayyorlash  zarurligini 

ko’rsatadi.  O‘qituvchilar  va  shifokorlar  malakasini  oshirish  instituti  va  psixologiya 

fakultetlarining  kechki  bo’limlari  shunday  mutaxassislar  tayyorlashning  markazlari  bo‘lishi 

mumkin.  



 

Birinchi bob bo‘yicha xulosa. 

Mustaqil  O‘zbekistonni  rivojlantirishning  ma’naviy-ahloqiy  negizlari,  ahloq,  kasb 

etikasining  shakllanishi  va  rivojlanishi,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  insonparvarlik  haqidagi 

bilim, ko‘nikma va malakalar rivojlanadi. 

Albatta  bu  ishlarni  amalga  oshirishda  uzluksiz  ta’lim  turlari,  ayniqsa  o’rta  maxsus,  kasb-

hunar  ta’limi  tizimi  hamda  oliy  ta’lim  muassasalarining  ahamiyati  beqiyosdir.  Chunki  ushbu 

maskanda ta’lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega 

bo‘libgina  qolmay,  jismoniy  va  ma’naviy  jihatdan  kamol  topadi,  jamiyatimiz  hayotida  faol 

ishtirok  etadi.  O‘zining  bilimi,  ma’naviyati,  madaniyati  bilan  O‘zbekiston  taraqqiyotining  bosh 

yo‘li bo‘lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta bunday ulkan vazifalarni amalga 

oshirishda  ta’lim  tizimida  o‘qitiladigan  “Kasbiy  mahorat”  fanining  ahamiyati  kattadir.  Chunki, 

“Kasbiy  mahorat”  talaba  shaxsini  ma’naviy  shakllantirishda,  milliy  istiqlol  g‘oyasiga  sadoqat 

ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda olib 

borilgan  nazariy  tahlillar  kasbiy  bilimlarning  shaxs  faoliyatida  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi 

va  uni  kasbiy  layoqatlar  asosida  kasb  tanlash  ishlarini  rivojlantirish  imkoniyatini  oshirishda 

alohida o‘ringa egaligini ta’kidlash joizdir. 

Xulosa  qilib  aytganda  har  bir  pedagog  xodim  o‘z  o‘quv  fanidan  navbatdagi  mavzuga 

tayyorlanayotgan  paytdayoq  ushbu  mavzuga  qanday  kasb-hunarlarni  bog‘lash,  misol  keltirish 

mumkinligini,  kasb-hunarlar  tasvirlangan  turli  ko‘rgazmali    vositalardan  foydalanish 

mumkinligini  aniq  tasavvur  qilmog‘i,  oldindan  tayyorgarlik  ko‘rgan  holda  darsiga  kirsa  bu 

bolaning kelgusidagi kasbiy qaror qabul qilish jarayonini o‘z qiziqishi, qobiliyati, imkoniyatlari 

doirasida to‘g‘ri, ongli ravishda amalga oshirishiga xizmat qiladi. 



 

18 


II BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari. 

2.1. Kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari 

Prezidentimiz Islom Karimovning ta’kidlashicha, "Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar 

kishilarini  qon-qarindosh  qiladi.  Ularning  taqdirini  o‘zaro  hurmat  asosida  yaqinlashtiradi. 

Bizning  ma’naviyatimiz  asrlar  davomida  million-million  kishilar  taqdiri  bilan  shakllangan.  Uni 

o‘lchab ham, poyoniga yetib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olam". 

Aqliy  kamolotga  erishish  irodaviy  xatti-harakatlar,  uzluksiz  faollik,  fidoiylik,  bilimga 

chanqoqlik kabilarning bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan amalga oshadigan jarayondir. 

Mustaqil  fikrlash  bu  faxmlash,  anglash,  fikr  yuritishdan  boshlanadi.  Anglash  biror-bir 

g‘oyani tub mazmuniga tushunib yetish. Mushohada – shu g‘oyani mantiqan talqin qilish. 

Tafakkur  –  inson  ongidagi  mavjud  ilmiy  va  hayotiy  bilimlar  majmualaridan  keragini 

saralab olish va amaliyotda qo‘llash. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  yo‘nalishlar  asosida  talaba  yoshlarning  hulq  madaniyatini 

shakllantirish  muhimdir.  Chunki,  talaba  ana  shu  ma’naviy  muhitda  o‘z  faoliyatini  amalga 

oshiradi,  o‘zligini  anglaydi.  Ma’naviy  bilimi  bilan  muloqotga  kirishadi.  Shuning  uchun  talaba 

yoshlarning  hulq  madaniyatini  shakllantirish  samaradorligini  ta’minlash  ma’naviy  muhitga 

bog‘liqdir. 

Talaba yoshlarning hulq madaniyati, ma’naviy harakatlarining samarasi o‘qituvchi (rahbar) 

va  talabaning  o‘z  faoliyatlariga  bo‘lgan  munosabatlari  bilan  belgilanadi.  Shuning  uchun  ham 

o‘qituvchi  yoki  rahbar  ma’naviy  merosning  tarixiy  taraqqiyot  bosqichlarini  o‘rganishi,  amaliy 

faoliyatda  ularga  tayanishi  shaxsning  hulq  madaniyatini  shakllantirishda  beqiyosdir.  Bunday 

yondashuv  ta’lim-tarbiya  jarayonining  ishtirokchilaridan  o‘qituvchi-talabalardan  ijodkorlikni 

talab qiladi. 

Talabalarning  ma’naviy  sifatlarini  shakllantirishda  ularga  o‘tmish,  adabiyot,  tarix,  milliy 

urf-odatlar,  an’analar  haqida  bilim  berish  o‘qituvchidan  doimo  faollik  bilan  munosabatda 

bo‘lishni  talab  qiladi.  Talabaning  ma’naviy  ehtiyojini  qondirish,  qiziqishini  o‘stirish  mustaqil 

ishlar,  har  xil  ijodiy  ishlar  (insho,  referat  va  boshqa)  orqali  amalga  oshiriladi.  Mustaqil  ishlar 

o‘qituvchi  va  talaba  faoliyatining  uzviy  bog‘langan  tamonlaridir.  Mustaqil  va  ijodiy  ishlarda 

talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantirish bilan 

birga  dunyoqarashi  va  ma’naviy  saviyasini  namoyon  etadi.  Mustaqil  ishlash  ko‘proq  darslik 

ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish, ma’ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy 

insho yozish (chet tilida ham) kartochkalarga  yozma javob berish, turli jadvallar, diagrammalar 

sxemalar  tuzishni  taqozo  etadi.  Bularning  bari  izlanuvchanlikni  talab  qiladi.  Mustaqil  ishlar, 

seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbaalarga asoslanadi. 

1.  Darslik materiallariga. 

2.  Ma’naviy  meros,  hisoblangan  xalq  og‘zaki  ijodi  diniy  manbalar,  mumtoz  adabiyot  va 

boshqalar. 

3.  Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio, eshittirishlar, oynai 

jahon ko‘rsatuvlari); 

4.  Hayotiy  misollarga  (oilaviy-maishiy  an’analar,  urf-odatlar,  rasm-rusmlar,  ma’naviy 

qadriyatlar va h.k).  

Og‘zaki  mustaqil  ish  turlari  va  o‘rganilayotgan  mavzuning  mohiyatini  talabalar  amaliy 

faoliyatida  mustahkamlashtirishga  yo‘naltirilgan  ba’zi  bir  yozma  shakldagi  mustaqil  ishlar 

(insho,  savollarga  yozma javob  topish,  jadval,  diagramma,  kartochkalarni  to‘ldirish)dan aralash 

dars  shaklida  keng  foydalanish  yaxshi  natija  beradi.  Chet-tili,  adabiyot  darslarida,  o‘yin 

holatlaridan  foydalanish  samarali  foyda  beradi.  Masalan,  adabiyot  darslarida  "Allomalar 

mehmonimiz", "Temuriy ijodkorlar", "Bugungi davr – allomalar ko‘zi bilan" kabi munozaralar, 

bahslarni tashkil etish mumkin. Metodika darslarida esa  "Sharq allomalarining tarbiya haqidagi 

fikrlari va ularning ma’naviy merosi haqida talabalarning o‘zaro fikr almashishlarni tashkil etish 

juda foydali.  

 

 



 

19 


2.2Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari . 

Kasbga  yo‘naltirishga  kasb  tanlash  vajlarini  ilmiy  boshqarish  sistemasi,  yoshlarni  xalq 

xo’jiligini  malakali  ishchi  kadrlarga  bo‘lgan  talab  ehtiyojini  hisobga  olib,  ongli  ravishda  kasb 

tanlashga tayyorlash deb qaralmoqda. Kasb maorifi o‘quvchilarni turli kasblarning xususiyatlari, 

ulardan  birini  to’g’ri  tanlash  shartlari  to’g’risida  bilimlarning  muayyan  majmuasi  bilan 

qurollantirishni,  ularda  kasbiy  va  ijtimoiy  faoliyatning  har-xil  turlariga  ijobiy  munosabatda 

bo‘lish hissini tarbiyalash, asosli kasbiy niyatlarni shakllantirishni ko’zda tutadi. 

Shuningdek, kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni 

ham  tuzilish  yo‘li  ham  kishining  aql  idrokiga,  uning  umumiy  bilim  saviyasiga,  e’tiqodi  va 

boshqa ko‘p narsalarga bog’lik bo‘ladi.  Ishchi shaxsiga nisbatan qo’ylayotgan talablar, mazkur 

kasbga oid mutaxassislar tayyorlash shartlari bilan, ijodiy ish va ana shu kasbdagi ishchilarning 

kasbga  o‘sish  istiqbollari  bilan  kasbga  yo‘naltirish  ishida  o‘quvchilarning  yosh  va  bilish 

xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish