6-Mavzu: Buxoro voxasi shaxarlari urbanizatsiyasi. (2 soat) Reja
Buxoro voxasida eng qadimgi shaxar madaniyati
Ilk o‘rta asrlarda Buxoro voxasi shaxarlari
Samoniylar davrida Buxoro voxasidagi shaxarlarning yuksalishi
Tayanch so‘z va iboralar: O‘rta Osiyo, antik davr, Buxoro, Samoniylar davlati, Zarafshon voxasi, ilk o‘rta asrlar, o‘rta asrlar, qadimgi shahar, shaharsozlik, shahar, shahar tushunchasi, Afrosiyob, sivilizatsiya, madaniyat, davlatchilik, urbanizatsiya, moddiy madaniyat, arxeologik yodgorlik, arxeologiya, Amir Temur, Temuriylar. Adabiyotlar:
1.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.:
O‘zbekiston. 2017.
Asqarov A. Eng qadimgi shahar. T.., 2000.
Asqarov A.A., Shirinov T.Sh. Rannyaya gorodskaya kultura epoxi bronzы Sredney Azii. Samarqand. 1993.
Asqarov A.A., Shaydullaev Sh.B. Baqtriyaning bronza va ilk temir davri madaniyatlari xronologiyasi // O‘zbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda. – Tashkent: Fan, 2005.
Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. –Toshkent.“O’ZBEKISTON”. 2015. 670 b.
7.Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. O‘quv qo‘llanma. T.: O‘qituvchi, 1996.
8.Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 2004.
9.Sagdullaev A. va boshq, O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. Toshkent. Akademiya, 2000.
10.Eshov.B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. – Toshkent: Zar qalam, 2004; 126 b.
Eshov B.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. 2008.
Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012.-B.556. Buxoro viloyati -(1938 yil 15 aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, axolisi 1507,6 ming kishi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako'l, G'ijduvon), 11 ta shaxar (Buxoro, Kogon, G'ijduvon, G'alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako'l, Qorovulbozor) va 3 ta shaxarcha bor. Viloyatning markazi Buxoro shaxridir.
Buxoro viloyatidagi shahar. Zarafshon daryosi quyi oqimida. Toshkentdan 616 km. Mayd. 0,02 ming km2. B. 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xo‘jaev va To‘qimachilik)ga bo‘lingan. Aholisi 264 ming kishi ' (2001).
Buxoro Sharqning mashhur qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoroga mil. av. I-ming yillik o‘rtalarida asos solingan. Uning nomi ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxu-ala, Fuxo, Puxuala va b.) atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo‘lib, qolgani «Buxoro» so‘zining xitoy tilidagi talafuzi. O‘rta asr arab manbalarida esa Buxoro Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo‘rg‘on), Al-Madina as-sufriyya (Mis shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha «vixora» so‘zining turk-mo‘g‘ulcha shakli — «buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama sug‘diycha «bug‘» yoki «bag‘» («tangri») hamda «oro» («ja-mol») so‘zlaridan iborat bo‘lib, «tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi, degan fikr ilgari surilmoqda. Darhaqiqat, Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro va uning atrofidagi erlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va o‘simlik dunyosi betakror, ko‘l va oqar suvlarga boy bo‘lib, tarixchi Narshaxiynang «Buxoro tarixi» asaridagi ma’lumotlar buni tasdiqlaydi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, ayniqsa so‘nggi yillarda Buxoroning yoshini aniqlash va yubileyini o‘tkazish maqsadida qator tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Zarafshonning qo‘yi oqimlarida shaharsozlikning paydo bo‘lishi qabilalarning butun voha bo‘ylab yoyilishi bilan bog‘liq edi. Hozirgi Buxoro viloyati hududlariga mil. avv. IV-III ming yilliklardayoq anchagina yuqori tosh madaniyatiga ega bo‘lgan neolit davri ovchilar va baliqchilar qabilalari yoyilgan edilar.
Buxoro shahri va Buxoro vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilishqadimgi So‘g‘diyona eneolit va bronza davridan boshlab bobo dehqonlar makoni bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ular, avvalambor Zarafshonning yuqori oqimidagi Sarazm madaniyati bilan, qo‘yi Zarafshondan topilgan Zamonbobo madaniyatlaridir. Bu madaniyat sohiblari Buxoro vohasida ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi hamda ilk temir davriga kelib mana shu qadimiy madaniyatlar asosida Buxoro vohasida o‘zida shaharsozlik belgilarini mujassamlashtirgan manzilgohlar paydo bo‘ldi va rivojlandi. Xususan, vohada topib o‘rganilgan ko‘pgina manzilgohlar mustahkam devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ularda ixtisoslashgan uy hunarmandchiligi va o‘troq dehqonchilik xo‘jaligi mavjud edi. Mil. avv. V-IV asrlarga kelib esa hozirgi Buxoro atroflari va o‘rnida shaharsozlik madaniyati rivojlanganligi izlarini kuzatish mumkin.
Buxoro vohasidagi Xo‘ja Bo‘ston, Konimex, Qumrabod, Arabon, Chordara, Quzmontepa kabi
o‘nlab ko‘hna shahar va qishloqlar ahamoniylar davriga oiddir. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ular yirik etnomadaniy viloyatning uncha katta bo‘lmagan tumanlari bo‘lib, bu hududlarda mil. avv. VI-IV asrlarda umumiy ko‘rinishi bir xil bo‘lgan dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Topilgan topilmalarning nihoyatda o‘xshashligi shundan dalolat beradi.
Keyingi yillarda Buxoro shahri va uning atroflarida ko‘pgina arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida Zarafshonning yirik bir irmog‘i Buxoro shahari hududidan oqib o‘tib, uning o‘ng va chap qirg‘og‘ida shaharga asos solinadi. Yana shu narsa ham aniqlandiki, bu davrda ark hududi paxsa devor bilan o‘rab olinadi. Buxoro atroflaridan esa bu davrga oid qal’alar va qo‘rg‘onlar ham ochilganki, ular atrof qishloqlarni tashkil etgan. Tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Buxoro vohadagi urbanistik jarayonlarning markazi bo‘libgina qolmasdan, geografik nuqtai nazardan ham vohaning markazida joylashib, viloyat markazi vazifasini bajargan.
2006 yilning aprel oyida tadqiqotchi B Eshov Nurota tabiiy-me’moriy muzeyi majmuasini takomillishtirish, shahar va uning atrofida joylashgan tarixiy-arxeologik yodgorlikliklarda tekshiruv ishlari olib borish, shaharlarning yoshiga aniqliklar kiritish maqsadida Nurota shahri va tumanida bo‘ldi. Avvalo, ta’kidlash lozimki Ahamoniylar davridayoq ma’lum bo‘lgan er osti suvlarini yuzaga chiqarish –koriz usulidan Nurota atroflari aholisi ham foydalangan. Nurota tumani hududida hozirgi kunda ham sug‘orish ishlarida bu usuldan foydalaniladi.
Tadqiqotchi B Eshov tomonidan Nurota qal’asining tuzilishi, mudofaa devorlari va ulardagi minoralar (burjlar) qisman tadqiq etildi. Qal’a devorining ichki yo‘laklariga eltuvchi kirish yo‘llari
(mahalliy aholi ularni g‘orlar deb tasavvur qiladi) saqlanib qolgan. Qal’a devori paxsa asosida xom g‘ishtdan qad ko‘targan hamda vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turilgan. Xom g‘ishtlarning o‘lchamlari So‘g‘diyonadagi mil.avv. VI-IV asrlarga oid Uzunqir, Erqo‘rg‘on, Afrosiyob yodgorliklaridagi g‘ishtlarga ancha yaqin ekanligi aniqlandi. Shuningdek topilma sopol parchalari mil.avv.V-IV asrlar buyumlariga o‘xshab ketadi. Nurota shubhasiz, mil.avv.VI-IV asrlarda shakllana boshlagan qadimgi shaharlardan biridir. Ammo, bu fikrimizni to‘la ilmiy asoslash uchun tadqiqotlar hozircha etarli emas. Buxoro arki - Buxorodagi qadimgi shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. av. I-asrda qurilgan. Shaharning qadimgi qal’asi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida ark bir necha bor vayron qilingan. Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davrida shakllangan.
Balandligi 20 metrcha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4gektar, tarhi ko‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. O‘pirilib tushgan joylari dastlab xom g‘ishtdan, keyin pishiq g‘ishtdan ta’mir etilgan. Ko‘tarila boruvchi yo‘l orqali g‘arbdagi ulkan darvozadan (16-a.) ichkariga kiriladi (Sharq tomonida ham ilgari darvoza bo‘lgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi «tuldasta» va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalon-yo‘lakning chap devorida 12 va o‘ng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning ba’zilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim erto‘lalar bo‘lgan. Dalonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navro‘z bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu erdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda to‘pchi boshi (saroy qo‘riqchilari boshlig‘i)ning mahkamasi, shu erdagi ayvon tagida erto‘la bo‘lgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (g‘arbiy devor burchagida) pesh-ayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga
Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihlar bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |