Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


Samarqand. Sharq uyg‘onish davri va Ulug‘bek akademiyasi



Download 2,56 Mb.
bet44/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117
Samarqand. Sharq uyg‘onish davri va Ulug‘bek akademiyasi
Ulug‘bek [1394 yil 22 mart - Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahri - 1449 yil 27 oktyabr - Samarqand] Sharq o‘rta asrlar Uyg‘onish davri taraqqiyotining etuk vakili, buyuk siyo- siy davlat arbobi, podshoh, matematik va astronom olim.
Ulug‘bek 1409 yildan boshlab, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Movarounnahr va Turki- ston mamlakatlarining hokimi etib tayinlandi va mamlakatni mustahkamlashga jiddiy kirishdi. U 14091449 yillar orasida, qariyb 40 yil davomida davlat siyosiy arbobi - Movarounnahr va Turkiston o‘lkasining hokimi sifatida adolatli faoliyat yuritdi. Shu bilan birga ilm- fanga nisbatan ham katta e’tibor qaratdi. U 1417-1420 yillar orasida Samarqand viloyatining hozirgi Registon maydonida o‘z davridagi talabalar va kelajak av- lodning ilm olishi maqsadida, katta madrasa binosini qurishga farmon bergan. Ulug‘bek madrasasi qurdirib bitkazilgandan so‘ng uning ochilish marosimida Mavlono Muhammad Xavofiyni Bosh Mudarris [rektor] etib tayinladi.
Ulug‘bek madrasasining faoliyat boshlaganidan to‘rt yil o‘tgandan so‘ng, 1424 yil koshonlik matematik va astronom olim G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning taklifiga binoan, Samarqand viloyatining Ko‘hak tepaligidagi Obirahmat arig‘i yoqasida katta rasadxona qurishga buyruq berdi.
Ulug‘bek rasadxonasi 1429 yilda mukammal bitkazilib, ilmiy faoliyatga kirdi. Bu rasadxonada Ulug‘bek rahbarligida shu davrning etuk matematik va astronom olimlari:

  1. Ulug‘bek [22.03.1394 - 25.10.1149] - shoh, matematik va astronom olim.

  2. G‘iyosiddin Jamshid al - Koshiy [vafoti 1440] - matematik va astronom olim.

  3. Ali Qushchi [1402-1474] - matematik va astronom olim.

  4. Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud Qozizoda Rumiy [1360-Rumning Burs shahri - 1430/37] - matematik va astronom olim. Ulug‘bekning ustozi.

  5. Muyiniddin al-Koshiy [XV asr] - matematik va astronom olim. G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning jiyani bo‘lib, Ulug‘bek taklifiga binoan 1416 yilda G‘iyosiddin Jamshid, Muhammad ibn Umar Chag‘miniy va boshqa olimlar bilan birga Samarqand shahriga kelgan.

  6. Mansur ibn Muyiniddin al-Koshiy - matematik va astronom olim.

  7. Nizomiddin al-Birjandiy [XV asr] - matematik va astronom olim. «SHarhi «Ziji Ku- ragoniy» asarining muallifi.

  8. Miram Chalabiy [vafoti 1525] - matematik va astronom olim va tabib.

  9. Mahmud ibn Umar Chag‘miniy va boshqa matematik-astronom olimlar ilmiy izlanishlar va koinot yulduzlari hamda fazoviy sferalarning doiraviy harakatlariga oid ilmiy kuza- tishlar va izlanishlar olib borganlar.

Ulug‘bek ilmiy rahbarligi va G‘iyosiddin Jamshid boshchiligida mazkur matematik va astronom olimlar bilan birga astronomiya ilmining eng katta qomusiy asari «Ziji Kurago- niy» asari yozib tugatildi. Ulug‘bek rahbarligi davrida Samarqand shahrida Madrasai Oliya va rasadxonaning bunyod etilishi natijasida Sharq Uyg‘onish davrining ilmiy-madaniy taraqqiyoti yuksaldi. Ulug‘bek va G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning ilmiy rahbarligida fors tilida yozilgan «Ziji Kuragoniy» asarida olamning ekliptikasi [mintaqat ul - burj - burjlar joyi], ekvatori, fazoviy sayyoralarning doiraviy harakati, tunu kunning almashuvi, Quyosh taqvimi, 1118 yulduzlar- ning nomi va o‘rni haqida ma’lumot keltirilgan va Ulug‘bek ilmiy maktabining matematik va astronom olimlarining ilmiy kuzatishlari natijasida 1 yil 365 kunu 6 soatu 10 minutu 8 sekund hajmida belgilangan edi. Bu hisobni N’yukombning 1 yilni 365 kunu 9 minutu 6 sekund darajasida belgilangan ilmiy ma’lumoti bilan taqqoslanganda Ulug‘bek va uning ilmiy maktabining olimlari yuksak aniqlikka erishilganliklari yorqin namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, Ulug‘bek akademiyasining matematik va astronom olimlari sinus, kosinus, tangens va kotangensning ilmiy darajalarini topib, ularning ilmiy jadvalini tuzganlar. Bu olimlar trigonometrik funksiyalarning 1 darajali sinusini aniqlash uchun itaratsion algo- ritmni kashf etganlar. Ular «Pi» sonining eng aniq qiymatini topganlar. Shuning uchun ham samarqandlik tazkirachi olim Davlatshoh Samarqandiy o‘zining «Tazkirat ush - shua- ro» [Shoirlar zikri] nomli asarida «Ulug‘bek handasa ilmida Uqlidusga va nujum ilmida Batlimusga o‘xshar edi», deb yuksak baho bergan.
Ulug‘bek va uning maktabida faoliyat yuritgan olimlar «Ziji Kuragoniy»ni yozishida qadimgi Hind mamlakatidagi nujum ilmiga bagishlab yozilgan «Sindhind» asari, qadimgi yunon astronom olimi Ptolemey [Batlimus] ning «Al-Majastiy» kitobi, Muhammad al- Xorazmiyning «Ziji Ma’muniy» asari, Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» si, Umar Xayyomning «Ziji Malikshohiy» kitobi va Nasriddin Tusiyning «Ziji Elxoniy» nomli astronomik asarlari asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.
«Ziji Kuragoniy» asarida fazoviy jismlarning o‘rni va harakatlari haqida, nisbatan mukammal ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, ammo unda an’anaviy tarzda Ptolemey tomoni- dan asoslangan geotsentrizm nazariyasi saqlab qolingan.
Ulug‘bek hukmronligi davrida Markaziy Osiyo mamlakatida Samarqand ilmiy-madaniy muhiti taraqqiy etdi. Bu davrda turli ilmlar: mantiq, falsafa, matematika, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, geodeziya, geografiya, tarix, minerologiya, adabiyot va boshqa diniy va dunyoviy ilmlar rivoj topdi. Uning davrida me’moriy san’at va arxitektura sohasi ham ja- dal sur’atda yuksaldi. Ulug‘bekning buyrug‘iga muvofiq Samarqand shahridagi Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohizinda ansambli, Buxoro shahri va G‘ijduvon tumanidagi Ulug‘bek madrasalari, Shahrisabzdagi
Ulug‘bek masjidi va boshqa me’moriy san’atning nodir namunalari bunyod etildi.
Xullas, Amir Temur va temuriylar davrida olib borilgan siyosiy-davlat boshqaruvini mukammal tashkil etish, shaharlar taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratish, shahar va qishloqlarda ilm-fan va madaniyatning, san’atdagi xilma-xil turlarining rivojlanishig, jamiyat manaviy hayotining yanada yaxshilanishiga qaratilgan edi. Amir Temur va temuriyriylarning ill-fan va madaniyatni qadrlaydigan, shaharlarning har tomonlama rivojlanishi uchun alohida e’tibor qaratadigan hukmdor bo‘lganligini nafaqat yozma manbalar ma’lumotlari, balki ko‘pgina shaharlarimiz bizga qadar yetib kelgan hamda hozirgi kunda ham o‘zining go‘zalligi va ulug‘vorligini namoyish etib turgan mahobatli inshootlar yana bir bora tasdiqlaydi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish