Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


«Muqaddas qog‘oz» yoxud Samarqand qog‘ozining qayta tiklanishi



Download 2,56 Mb.
bet43/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117
«Muqaddas qog‘oz» yoxud Samarqand qog‘ozining qayta tiklanishi.
Samarqand shahrining o‘tmishi va bugungi kundagi yutuqlari uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida hikoya qiladi. Samarqandda qadim zamonlardanoq ma’rifatparvarlik g‘oyalarining parvarish topganligi, bu erda yozilayotgan diniy, dunyoviy, ilmiy, badiiy qo‘lyozma-kitoblar, olimu ulamolar o‘rtasidagi yozishmalar, davlatlar hokimiyatlaridagi ish yuritish va boshqa faoliyatlar Movarounnahrning markazit shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandda qadimdanoq qog‘oz ishlab chiqarishning shakllanishi va rivojlanishini taqozo etgan.
Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish aynan qaysi davrdan boshlanganligi xususida biron- bir ma’lumotga ega emasmiz va bu hunarmandchilikning ildizlari ilk o‘rta asrlarga borib taqalishi ehtimolga yaqin. O‘rta asrlarga, xususan Somoniylar davriga kelib Samarqand eng noyob qog‘oz ishlab chiqarish markaziga aylandi. Samarqand qog‘ozi o‘zining sifati va nafisli- gi bilan dong taratadi. Keyinroq Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z esdaliklarida: “Eng yaxshi qog‘oz Samarqandda ishlab chiqariladi. Qog‘oz tegirmonining arig‘i Konigildan oqib keladi. Konigil Siyoh Ob (Siyob) daryosi bo‘yida ko‘plab qog‘oz tegirmoni bor edi”, deb yozadi. Bu qog‘oz navlari turlicha bo‘lgan. Ulardan birining nomi “qog‘ozi abreshemiy” bo‘lib, o‘ta sifatliligi, tozaligi, nafisligi bilan barchani o‘ziga rom etgan. Ipakdan tayyorlangan bu qog‘oz naviga, ayniqsa, evropalik savdogarlar ko‘proq xaridor bo‘lishgan. Samarqandda tayyor- langan ikkinchi qog‘oz navi “qog‘ozi nimkatoniy” deb atalgan. Uni tayyorlashda ipak va kanop- dan foydalanilgan. Bundan tashqari, Samarqandda qog‘ozning yana bir necha, bizga noma’lum bo‘lgan navlari ham ishlab chiqarilgan.
Arxiv materiallaridan, o‘rta asrlar qo‘lyozmalari, ilmiy-amaliy manbalardan unumli foydalangan samarqandlik tadbirkor Z.A. Muxtorov, qadimiy Samarqand qog‘ozini qayta tiklashga kirishdi. 1998 yil 23 iyunda tadbirkor “Konnigil Meros” xususiy qog‘oz ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. Korxona ilk bor qo‘lbola Samarqand qog‘ozini paxta tolasidan tayyorlagan bo‘lsa, keyinchalik u zig‘ir, ipak tolasidan xam ishlab chiqarila bosh- landi. Ushbu loyiha YUNESKO va Yaponiyaning JICA tashkiloti homiyligida amalga oshirilgan bo‘lib, Samarqandda yo‘qolib borayotgan qadimiy, an’anaviy xalq san’atini qayta tiklashni rivojlantirishga qaratilgan.
Tarixdan bizga ma’lumki, Siyob arig‘i bo‘yida qator tutzorlar bo‘lgan va tut daraxti po‘stlog‘idan Samarqand qog‘ozi yaratilgan. Aytishlaricha, bu erda 2 mingga yaqin suv tegirmon- lari ishlagan. Ular keyinchalik yo‘q bo‘lib ketgan. Bugungi kunda Konigil qishlog‘ida qo‘lda qog‘oz ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yagona suv tegirmoni saqlanib qolgan bo‘lib, u taxminan 300 yil avval faoliyat ko‘rsatgan qog‘oz ustasining tegirmoni o‘rnida o‘rnatilganligi ham e’tiborga loyiqdir. Elchi Rui Gonsales de Klavixoning kundaligida tilga olingan ana shu Konigilda tiklangan suv tegirmoni atrofida ko‘lda qog‘oz ishlab chiqarish jarayonini chet el davlat arboblari kelib ko‘rdilar va hayrat bilan kuzatdilar. Samarqand qog‘ozining qayta tiklanishi uchun deyarli 10 yildan buyon jon quydirayotgan tadbirkor “Konigil Meros” firmasi asoschisi Zarif Muxtorov oq qog‘oz va Samarqand qog‘ozini solishtirib ko‘rib, bu haqda shunday deydi: “O‘sha paytlarda Samarqandda tut novda- sining po‘stlog‘i mag‘zidan, ba’zan esa unga atirgul gulbargi sharbati qo‘shib xushbo‘y qog‘ozlar ham ishlab chiqarilgan. Qog‘ozning rangi och-sariqdan to qizg‘ish malla tusgacha bo‘lib, ma’lumotlarga qaraganda, to‘q va zarg‘aldoq rangni hosil qilish uchun qog‘oz qorishmasiga turli nisbatda xino qo‘shilgan”. Korxonaga nufuzli davlat tashkilotlaridan maxsus buyur- tmalar tushmoqda. Yaqinda
Fond Forum O‘zbekiston tashkiloti rahbariyati tomonidan fransiyalik mehmonlarga “taklifnoma” yozish uchun ming dona Samarqand qog‘ozi varag‘ini tayyorlab berishga buyurtma tushdi. Bunday qog‘ozlardan samarqandlik rassomlar miniatyura chizishda, ta’mirchilar esa qo‘lyozmalarni ta’mirlash va tayyorlashda keng foydalanishmoqda. Reklama sifatida korxonamizga tashrif buyurgan har bir xorijlik sayyohlarga Samarqand qog‘ozidan namuna tuhfa etamiz.
Samarqand ipak qog‘ozining tiklanishi - “abadiy qog‘oz”ni yaratish, ya’ni qo‘lyozmalar umri- ni ming yillarga uzaytirishga imkon beradi. Buning uchun tutzorlarni ko‘paytirish lozim. Mana, istiqlolimiz sharofati bilan Samarqandning dunyoga mashhur bo‘lgan qog‘ozi qaytadan dunyo yuzini ko‘rdi. Bu texnologik jarayon hozirda qo‘l mehnati bilan bajarilmoqda, lekin kelajakda bu ishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish rejalari ishlab chiqilmoqda. Le- kin o‘shanda ham Samarqand qog‘ozining qadimiy xususiyatlarini saqlab qolish asosiy vazifa bo‘lib qoladi. Kelgusida, Samarqand qog‘ozini keng targ‘ib etish, qadriyatlarimizni tiklashning bir yo‘nalishidir.
Hozirgi kunda ipak kurti tolasidan tayyorlanayotgan Samarqand qog‘ozi XIII-XIV asrlarda ishlab chiqarilgan qog‘ozlardan o‘z sifati bilan qolishmaydi. Kelajakda ipak qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha Samarqand shahri o‘zining an’anaviy qadimiy shuhratini tiklab olishiga ishonamiz. Matbuot va axborot agentligi ma’sulligida Samarqand yubileyiga bag‘ishlab na- shrdan chiqariladigan rangli, bezakli kitob-al’bomlar, buklet va otkritkalar, plakatlar namunalari kelajakda mahalliy Samarqand qog‘oziga nashr ettirilsa ularda o‘zgacha bir mazmun, qadimiy bir shukuh paydo bo‘lur edi.
Ma’lumki, o‘lkamiz hududlarida shahar madaniyatining paydo bo‘lishi bronza davriga borib taqaladi va bu jarayon turli davrlarda bosqichma-bosqich rivojlanib boradi. Ayniqsa,
XV asrda, ya’ni, Amir Temur va Temuriylar davrida shahar madaniyati o‘rta asrlar davri o‘z rivojining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi. O‘z davrida Amir Temur o‘z saltanati hududlarini g‘arbda O‘rta Yer dengizigacha, shimolda Rossiya hududlari, janubda Hindistongacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan holda kengaytirishga erishgan edi. U hokimiyat tepasiga kelgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bilan birga shaharlar taraqqiyotiga ham alohida e’tibo qaratdi. U tug‘ulib o‘sgan yurti Shahrisabz (Kesh) da mahobatli Oqsaroy va ko‘rkam machitlar, poytaxti Smarqandda ulug‘vor va hashamatli binolar, Turkistonda, Damashqda, Tabrizda masjidu – madrasalar barpo etishda bosh-qosh bo‘ldi. Amir Temur va temuriylar davridagi katta va kichik shaharlarda tinchlik hamda osoyishtalik o‘rnatilib, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va o‘zaro iqtisodiy – savdo aloqalari rivojlandi. Bu davrda Samarqand va Hirotdan tashqari Buxoro, Xiva, Shahrisabz,
Balx, Mashhad, Sheroz kabi ko‘plab madaniy markazlar mavjud edi.
Ma’lumki, Ami Temur va Temuriylar davri Movarounnahrda ro‘y bergan tarixiy-madaniy jarayonlardan Shahrisabz ham chetga qolmagan. Amir Temur o‘z vatani sifatida, Temuriy shahzodalar esa bobolarining yurti sifatida Shahrisabzga nihoyatda katta e’tibor qaratib, bu yerda ko‘pgina obodonchilik ishlari, madaniy-me’moriy inshootlar bunyod etganliklari bois Kesh-Shahrisabz o‘rta asrlarda “Qubbatul ilm val adab” degan muqaddas nomga sazovor bo‘lgan edi. Sharofiddin Ali Yazdiy ma’lumotlariga ko‘ra, Shahrisabzda o‘z davrining mashhur islom namoyondalari yashagan bo‘lib, ulardan biri Abu Muhammad Obdon Keshiy edi. XIV-XV asrlarda Abdulloh Samarqandiy, Abu Abdulloh Muhammad Buxoriy va Abdul Husayn Muslim Nishopuriylar ham Shahrisabzda yashab islom tariqatini rivojlantirganlar.
Amir Temur va temuriylar davrida ham, hozirgi kunda ham Kesh-Shahrisabzga keluvchilarning diqqat e’tiborini tortib turgan yirik me’morchilik inshooti bu – Oqsaroy binosi hisoblanadi. XIV asr oxiri –XV asr boshlarida bunyod etilgan bu yodgorlikning umumiy balandligi o‘z davrida 70 metrga yaqin bo‘lib, hozirgi kunda 38 metri saqlanib qolgan. Yodgorlik haqida Sharofiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshoh, Zahiriddin Muhammad Bobur, ispan elchisi de Klaviholar ma’lumotlar beradilar. Oqsaroyning saqlanib qolgan ikkita ulkan ustuni sirlangan mozaika va betakror o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Bu yerdagi geometrik va tabiiy naqshlar yetti xil rangda tanlangan bo‘lib, xalq orasida “haft rangi” deb nomlanadi. Oqsaroyning g‘arbiy ustuni old tomonida, “Agar bizning kuch qudratimizga shubha qilsang, biz qurdirgan imoratlarga boq!” degan mashhur xitobnoma bitilgan. Bu xitoyunoma va binoning salobati Amir Temur salatanatining kuch-qudratidan dalolat beradi. Darhaqiqt, hozirgi kunda Oqsaroy binosining saqlanib qolgan me’moriy qoldiqlari, u hajm jihatdan ulkan bo‘lib, o‘rta asrlada shakl va me’moriy bezatilishi jihatdan tengi yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.
Shahrisabzdagi o‘rta asrar O‘rta Osiyo shaharlari me’morchiligining yana bir nodir namunalaridan biri shaharning janubi-sharqida joylashgan bitta me’morchilik majmuiga birlashgan ikkita inshoot guruhi – Borussiodat va Doruttilovat majmualari hisoblanadi. Bu majmualarda Amir temurning piri va ustosi Shayx Shamsiddin Kulol, otasi Amir Tarag‘ay, o‘g‘illari Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzolar dafn etilgan. Yozma manbalar Dorussiodat va Doruttilovatning serhasham g‘ishtan binolari o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turganligi haqida ma’lumotlar beradi.
Amir Temur va temuriylar o‘z saltanatlarining markai sifatida Smarqandining obodonligi va gullab-yashnashiga alohida e’tibor qaratganlar. 1370 yilda Samarqand davlatning poytaxti qilib olingayahch bu shaharga turli yillarda Isfaxon, Sheroz, Xorazm, Halab, Buxoro, Tabriz, Keshdan me’morlar va binokorlar, turli kasbdagi ustalar keltirilib saroylar, machitu-madrasalar, bog‘-rog‘lar, hashamatli binolar bunyod etilgan. Ta’kidlash joizki, mug‘ullar hukmronligi davrida butunlay vayron etilib, xarobaga aylangan Samarqand shahri Amir Temur davrida yangitdan qad rostlaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu davrda shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi oltita davrvoza o‘rnatiladi. Bu davrda Samarqandda Shodimulk og‘a, Amir G‘usayn, Shirinbeka og‘a kabi maqbaralar, Bibixonim masjidi, Go‘rimir dahmasi, Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi kabi ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etiladi. Ulug‘bek davrida Shohizinda ansambli to‘la qurib bitkaziladi va Samarqandning Registon maydoni, san’at, madaniy hayot, hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi.
XIV asr oxiri –XV asr boshlarida Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan sug‘orish tartibini qayta ko‘rish va yangidan tashkil etish, yangi dehqonchilik vohalarini o‘zlashtirish keng qo‘lamda olib borildi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topib, tovar-pul muomalasi o‘z rivojlaninishining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Bularning barchasi nafaqat poytaxt Samarqantda, balki mamlakatning barcha hududlarida ulkan shaharsozlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini bergan edi. Misol uchun Xo‘jad, O‘ratepa, Qandi Bodom, Isfara, Panjikent,Andijon, Sayram,Yu Turkiston kabi shaharlarda ko‘plab davlat va jamoat madaniy binolari qad ko‘tarardi. Bu shaharlarda hunarmandchilikning yetakchi tarmoqlari – to‘qimachilik, metalga ishlov berish, kiyim tikio‘, qog‘oz tayyorlash kabi o‘nlab turlari tarqqiy etishi natijasida ular Amir Temur va temuriylar davlatining iqtisodiy, siyosiy va madiny hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar.
Alohida ta’kidlan joizki, Temur va temuriylar davri shaharlarida ilm-fanning turli sohalari, madaniyat gullab yashnadi hamda davrga va hududga xos bo‘lgan boy ma’naviy qadriyatlar yaratildi. Amir Temur markazlashgan mustaqil davlat barpo etganidan so‘ng uni mustahkamlash uchun qattiq harakat olib bordi. Misol uchun, manbalarning guvohlik berishicha, Temur mamlakat iqtisodiyotining yaxshilanishi va taraqqiy etishiga, shaharlarining har tomonlama rivojlanishiga, karvon yo‘llarini tiklash asosida savdo-sotiqning kengayishiga hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligining rivojiga alohida ahamiyat berdi. Buning natijasi o‘laroq, mamlakatning katta va kichik shaharlarida madaniy hayot rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, Temur va Temuriylar davri shaharlarida madaniy hayotning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga Eron, Afg‘oniston, Arab mamlakatlari, ayrim Yevropa davlatlari, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo-sotiq, diplomatik va madaniy aloqalar tiklanadi va yo‘lga qo‘yiladi. Bunday siyosat yurgizilishi Temur va temuriylarning markazi hisoblangan Movarounnahr va Hurosondagi emas balki, ularning tasarrufida bo‘lgan ko‘pgina hududlardigi shaharlarining ham madaniy yuksalishiga ijoyuiy ta’sir ko‘rsatdi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish