2. O‘zbekiston toponimikasiga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi.
Geografik nomlarini, ularning kelib chiqishi va tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganish, ularni klassifikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi
A.X.Vostokovning xizmati kattadir. U Rossiyadagi daryo nomlarini, ularning oxirgi qo‘shimchalariga qarab guruhlarga bo‘ladi va bu qo‘shimchalar hozir biror ma’noni anglatmasa ham qadimgi xalqlar tilida ma’lum ma’noni bildirgan bo‘lsa kerak, deb to‘g‘ri xulosaga keladi. A.X.Vostokovning fikri
asr oxiri XX asr boshlaridagi ba’zi bir toponimikachilarning asarlarida o‘z rivojini topdi.
asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch yoydi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.I. Sobolevskiy, N.Ya. Marr, S.V. Veselovskiy, V.V. Bartold, V.P. Semyonov-Tyanshanskiy, V.G. Shostakovich toponimika sohasida ayniqsa samarali ishlar qildilar.
O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekiston toponimikasini o‘rganish sohasida V.V. Bartoldning xizmatlarini alohida qayd qilib o‘tish kerak. Bartold (Vasiliy Vladimirovich 1869-1930 yy.) rus sharqshunosi, akademik (1913) Peterburg universiteti Sharq tillari fakultetini tamomlagan (1891).
1901 yilda professor unvonini olgan. 1910 yilda Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi qilib saylandi. Yaqin, O‘rta Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turk, mo‘g‘ul xalqlari tarixi, filologiyasi va etnografiyasi, Afg‘oniston, Eron, Kavkazorti (Zakavkaze) va qisman Xitoy tarixiga oid asarlar yozgan. Uning nashr qilgan 685 asaridan, 320 tasi O‘rta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan.
V.P. Semyonov-Tyanshanskiyning «Aholi punktlarining mahalliy nomlarida geografik manzara qanday aks etadi» asari toponomik jihatdan o‘quvchida katta qiziqish uyg‘otadi. Bu asarda muallif geografik nomlarning paydo bo‘lishida tabiiy sharoitning ta’siri haqida yozgan.
Urushdan keyingi yillarda toponimika rivojida katta bir o‘sish davri bo‘ldi. Endilikda toponimika sohasida ayrim olimlargina emas, balki butun-butun olimlar jamoasi ish olib bormoqdalar.
Endilikda o‘lkamizda toponimik tadqiqotlar avj oldirilmoqda. Toponimikaga, uning nazariyasiga doir ko‘pgina asarlar yaratildi. Bir necha yosh olimlar ham toponimika sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, T. Nafasov «Qashqadaryo toponimikasi», Sh. Qodirova «Toshkent mikrotoponimikasi», E. Begmatov esa antrotoponimika – kishi nomlarini o‘rganish sohasida ish yuritishmoqdalar.
O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekiston toponimikasini o‘rganish ham uzoq tarixga ega. O‘zbekiston toponimikasini o‘rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari: V.L. Vyatkin, N.F. Sityakovskiy, L.N. Sobolev, V.V. Bartold, S.P. Tolstov, P.P. Ivanov, M.Ye. Masson, O.A. Suxareva va boshqalar bu sohada juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Respublika joy nomlarining kelib chiqish tarixini va millat, qabila, ellat urug‘-aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini hamda geografiyaga oid atamalarni o‘rganishda Ya.G‘. G‘ulomov, R.N. Nabiev, A.R. Muxammadjonov, F. Abdullaev, S. Ibrohimov, O‘zbekistonda birinchi kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T. Zarifov; etnonimlar – E. Fozilov, geograflardan X. Xasanov, S. Qoriev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
O‘zbekistonda toponomikani rivojlantirishda X.X. Xasanovning (1919-1985) xizmatlari katta.
Uning toponimakaga oid fikr, mulohaza va ma’lumotlari «O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan» (1965), «Geografik nomlar imlosi» (1962), «Yer tili» (1977), «Geografik nomlar siri» (1985) asarlarida va ko‘pdan-ko‘p maqolalarida o‘z aksini topgan. Bu olimning toponomikaga oid kitoblarining ikkinchi qismi izohli lug‘atlardan iborat bo‘lib, bu mazkur asarlarning qiymatini yana ham oshiradi.
O‘zbekiston toponimlarini tadqiq etgan yana bir tadqiqotchi S. Qorievdir. Bu tadqiqotchi toponimlarning etimologiyasiga oid ancha ish qilgan. U toponimlarni, xususan etnotoponimlarini chuqur o‘rgangan. Uning ilmiy xulosalari «Geografik nomlar ma’nosi» (1978), «Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?» (1970), «Toshkent toponimlari» (1991) kitoblarida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |