Bobur Afg’oniston va Hindistonda davlatni boshqarib turgan holda,umrining oxiriga qadar kindik qoni to’kilgan yurtni unutmadi.U o’z ona diyorini haddan ziyod sevadi,Vatanidan judoligidan g’am-alam chekadi. U tug’ilb o’sgan yurtini qoldirib ketishni”xatolik”,”yuz qarolik” deb bilad,o’zini o’z yurtidan judo bo’lgan g’arib his qiladi.Udeydi: Toli’ yo’qi jonimga balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yib Hind sari yuzlandim, Yorab netayin,ne yuz qarolig’ bo’ldi. Bobur pedagogik qarashlarining ahamiyati Zahriddin Muhammad Boburning ilm-ma’rifat haqidagi g’oyalari,axloq odob,yaxshilik,vafo,insonni xalqqa yaxshilik, qiladigan qilib tarbiyalash,mehnat ahlini qadrlash,insonparvarlik, Vatandan judolik g’am,alam ekanligi,adolat haqidagi qarashlari,axloqiy-ta’limiy fikrlari hozirgi davr yoshalr tarbiyasida ham g’oyat ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |