Bobur Xo’ja Ubaydullo Ahrorning “Volidiya” risolasini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi, aruz vazni va qofiya masalalariga “Mufassal ” asarini yozdi. Zahriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida muunosib o’rin egalladi. Bobur o’z ma’rifiy,madaniy,ijtimoiy faoliyatida ilmli kishi (ustoz),ilmni o’rganish uchun ilm talabgori bo’lish g’oyasini oldinga surdi. Bobur deydi: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilm tolibi ilm yo’q, Men borman ilm tolibi,ilm kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |