Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Ilk bolalik  davrida  nutqning  o‘sishi



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

13.3.  Ilk bolalik  davrida  nutqning  o‘sishi

Go'daklik  davridagi  bolalarga  nisbatan,  ilk  bolalik  davrida­

gi bolalar  atrof-muhitdagi  narsa va  hodisalarga  nisbatan ko‘proq 

qiziqish  bilan  qaraydilar.  Agar,  go‘dak  bola  qoliga ushlagan nar- 

sani oddiy harakatlar bilan kuzatsa,  2—3 yoshdagi bola shu pred­

met  qismlarini  diqqat  bilan  o‘rganganidan  so‘nggina,  o‘z  amaliy 

faoliyatida  ishlata  boshlaydi.  Bolani  dastlab,  ayni  shu  predmet- 

larning  qollanish  vazifasi,  mohiyati  qiziqtirib,  u  o‘z  savoliga 

javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan sa­

vol bilan murojaat  qiladi.  1—3  yoshdagi bola shakllanishda psixik 

rivojlanishning  o‘ta ahamiyatliligini inobatga  olgan holda,  ayrim 

psixologlar  (R.Zazzo)  inson  tugllganidan  to  yetuklik davrigacha 

bolgan  psixik  rivojlanish  asosining  taxminan  o‘rtalari,  3  yoshga 

to‘g‘ri  keladi,  degan  mulohazani  bildiradilar.  Bu  yoshdan  bosh­

lab,  bolalar predmetlarni  olganish olamiga  qadam  qo‘yadilar.  U 

endi  kattalar bilan  nutq  orqali  muomala-munosabatda b o la ola­

di va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar.  Kattalar bi­

lan  boladigan  muloqoti  tufayli  bola  atrof  hayot  haqida  ko‘proq 

ma’lumot oladi.  Nutq — bu yoshlarda nafaqat muloqot,  balki bo­

la tafakkurining  rivojlanishi va o‘zini-o‘zi,  shuningdek,  bilish ja- 

rayonlarini boshqarish vositasi bolib  ham xizmat  qiladi.

234



Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini  ko‘rish  mum­

kin.  Bu hukm turlari doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va 

yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi.  Bola 2,5 yoshga yetganda sa­

vollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi 

to‘g‘risida bolsa,  keyinchalik savollar asosan predmetlarning qan­

day  maqsadlarda  qo‘llanilishi  va  nimalarga  ishlatilishi  to‘g‘risi- 

da  (masalan,  bu  nima?,  bu  bilan  nima  qilinadi?,  bu  nimalarga 

ishlatiladi?  kabi)  bo‘ladi.  Hozirgi  zamon,  o‘tgan  zamon  va  umu- 

man vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvur- 

larga  nisbatan  ancha  kech  paydo  boladi.  Bola  predmetlar  bilan 

ko‘proq aloqa qilishi,  ular bilan munosabatda bolishi va ularning 

xususiyatlarini tekshirib  ko‘rishi kerak.  Bu bilan unda dastlab  ay- 

rim  predmetlar  va  hodisalar  haqida  tasavvurlar  to‘plana  boradi 

va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar 

hosil  boladi,  mantiqiy  tafakkur  rivojlana  boshlaydi.  2—3  yoshli 

bola  ko‘p  narsani  ko‘rishni,  ko‘p  narsani  bilishni  va  tushunishni 

istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib 

chiqadi.  U hamma joyga «tiqiladi»,  kattalarga  halaqit berib,  ular­

ning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.

Kattalar  mana  shu  savollarning  hammasidan  bolalarda  ta- 

fakkurni  o‘stirish  va  tevarak-atrofdagi  olamni  to‘g‘ri  tushunish­

ni  tarbiyalash  maqsadida  foydalanishi  g‘oyat muhimdir.  Bola o‘z 

savollariga  tushunarli  javob  olganidan  keyin,  bu  ma’lumotlarni 

o‘z  o‘yinlarida  aks  ettiradi  va  shu  yo‘1  bilan  ularning  xotirasida 

mustahkam  saqlanib  qoladi.  Bola  tevarak-atrofdagi  olamni  kat- 

talarning  tushuntirishi  bilan  bir  vaqtda  kuzatsa,  atrofdagi  olam­

ni  yaxshiroq  tushuna  boshlaydi,  narsa  va  hodisalarni  solishtira- 

di, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlarni va buning 

sabablarini  aniqlaydi.  Mana  shuning  o‘zi  bolada  ancha  umum- 

lashgan tafakkur paydo bolayotganidan darak beradi.

Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustah­

kam  boglangandir,  nutqning  o‘sishi  tafakkurning  rivojlanishiga 

yordam  beradi,  chunki  so‘z  narsa,  predmet  va  harakatlar  bilan 

o‘zaro  munosabatda  boladi.  0 ‘z  navbatida,  tafakkurning  rivoj-



235


lanish  darajasi  so‘z  zaxirasining  oshishiga,  umuman,  nutqning 

o‘sishiga yordam beradi.

Bu  yoshdagi  bolalarning  yana  bir  muhim  yutug‘i,  ona  tilini 

o‘zlashtirib  olishlaridir.  Bir yoshdan uch  yoshgacha bolgan  davr 

nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.

Nutq  bola  hayotining  ikkinchi  yilida  ikki  bosqichda  tarkib 

topadi.  Dastlabki  bosqich  birinchi  yoshning  oxiridan  bir  yarim 

yoshgacha bolgan davr bolib,  bolada bu  davrda  asosan kattalar­

ning unga murojaat qilib  aytgan gapini  tushunish  qobiliyati o‘sib 

boradi.  Bolaning  lug‘at  boyligi  ayniqsa  bir  yoshdan  keyin,  ya’ni 

yurishni o‘rganib,  tobora ko‘p predmetlarga  duch kela boshlagan 

davridan boshlab tez o‘sa boradi.  Bola predmetlarning nomini tez 

bilib  oladi.

Bola  ikki  yoshga  tolganda,  harakatlarning  ham  nomlarini 

bilib  oladi.  Bu  harakatlarga  bolaning  o‘zi  bajaradigan  yoki  kat­

talar  tomonidan  bajarilgan,  nomi  aytilgan  va  bola  kuzatib  bor- 

gan harakatlar kiradi.  Bu  «passiv»  nutq hisoblanadi,  chunki bola 

so‘zlarni tushunadi-yu,  lekin ularni talaffuz  qila olmaydi.

yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to la o‘zlashtir- 



gan bolalar,  o‘z  o‘yinlarida,  shu predmetlardan maqsadsiz  foyda- 

lanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga kola ishlatadilar.  Bola­

ning  nutqi  u  1,5  yoshga  yetgungacha  birmuncha  sekinlik  bilan 

rivojlanadi.  Bu  davr  ichida  u  30—40  ta  so‘zdan,  to  100  tagacha 

so‘zni  o‘zlashtiradi,  lekin  ularni  amaliyotda  juda  kam  qollaydi. 

1,5  yoshdan  boshlab  esa,  uning  nutqi  jadal  rivojlana  boshlaydi. 

Endi  bola  predmetlarning  nomlarini  aytishlarini  solabgina  qol­

may,  balki  bu  so‘zlarni  o‘zi  talaffuz  etishga  ham  harakat  qiladi. 

Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi.  2 yoshlarning oxirlari- 

ga borib, bola 300 tagacha,  3 yoshlarning oxirlariga borib esa,  500 

dan to  1500 tagacha so‘zni o‘z  nutqida ishlata oladi,  Shuningdek, 

so‘zlarni  ham  aniq  talaffuz  etib,  jumlalarni  to‘g‘ri  tuza  oladilar. 

1,5—3  yoshlar  nutqning  rivojlanishi  uchun  senzitiv  davr  hisobla­

nadi.  Bola  bilan  so‘zlashayotganda  kattalar  so‘zlarni  aniq  talaf­

fuz  etishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab  etishlari lozim.

236



Bir  predmetni  boshqasi  o'rnida  qollash  mumkinligini 

anglash,  bola  uchun  atrof-olamni  bilish,  o‘rganishidagi  ahami- 

yatli  burilish  hisoblanadi  va  u  dastlabki  tasavvurlarini  yuza­

ga  keltiradi.  Bu  yoshdagi  bolalar  endi,  asta-sekinlik  bilan 

kattalar  aytib  berayotgan  ertak,  voqea  yoki  hikoyalarni,  shu- 

ningdek  rasmda  chizilgan  narsalarni  tasavvur  eta  oladilar.  Er- 

taklarni  eshitish jarayonida  bola  ertak  qahramonlarini  kimga- 

dir o‘xshatishga harakat qiladi,  ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak 

yoki  hikoyalarni to‘qiy olishi  ham mumkin.  Ilk bolalik davrida 

xotira  bilishdagi  asosiy  vazifa  hisoblanib,  u  bilishning  barcha 

ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi.  Bu davrda bolaning 

xotirasi jadal  rivojlanadi.  Bolaning  hayotiy  tajribalarni  o‘zlash- 

tirishida  dastlab  harakatli,  emotsional  va  obrazli  xotira  ishti­

rok  etadi.  Bu  borada  harakatli  va  emotsional  xotira  ustunlik 

qiladi.  Xotira  bu  yoshda  asosan  ixtiyorsiz  bo‘ladi.  Bu  davrda- 

gi  bolalarga  ko‘p  kitob  o‘qib  berish  natijasida  ular  ertak,  she’r 

va  hikoyalarni  eslab  qoladilar,  lekin  bunday  eslab  qolish  bola­

ning  umumiy  aqliy  rivojlanishidan ham,  xotirasining  individu­

al xususiyatidan ham  dalolat  bermaydi.  Bu  ilk bolalik davrida­

gi  bolalarning  barchasiga  xos  bo‘lgan  nerv  tizimining  umumiy 

egiluvchanligi natijasidir.  0 ‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va 

hodisalarda  ketma-ketlik  borligi  uchun  ham  ularni  hali  to liq  

ravishda xotirasida  saqlab  qola  olmaydi.

Ilk  bolalik  davridagi  bolalarning  analizatorlari  yaxshi 

takomillashgani va ular erkin harakat  qila olish imkoniyatiga ega 

bolganliklari tufayli bu  davrda psixik jihatdan  tez  rivojlanadilar. 

Ma’lumki,  ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklabgi- 

na  qolmay,  yugurish,  sakrash  hamda baland va past  to‘siqlardan 

oshib  olish  imkoniyatiga  ham  ega  boladilar.  Bog‘chagacha  tar­

biya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qi­

la  olish  imkoniyatlari  tevarak-atrofdagi  muhitni  bilish  ehtiyojini 

qondirishda juda katta  sharoit yaratib beradi.

Ilk  bolalik  davridagi  bolaning  turmush  tajribasi  deyarli  yo‘q 

bolgani  uchun hamma narsa qiziqtiradi.  U  o‘zining  kundalik ti-



237


nimsiz  harakatlari  davomida  kattalarga  taqlid  qilib,  mustaqil  ra­

vishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira 

boshlaydi.  Bog‘chagacha  tarbiya  yoshidagi  bola  o‘zining  kunda­

lik  harakatlari  davomida  hech  bir  erinmay,  ko‘z  o‘ngidagi  ham­

ma  narsalarni  tekshirib  ko‘radi.  Natijada juda  ko‘p  yangiliklarni 

bilib  oladi,  o‘zining  sezgi va idrokini,  tasavvur va xotirasini,  ta­

fakkur va nutqini,  hissiyot va xayolini  — umuman hamma psixik 

jarayonlarini rivojlantiradi.

Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning 

tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir.  Ikki yoshdan oshgan bola­

ning sezgilari  (ko‘rish,  eshitish,  hid va ta’m bilish,  teri va harakat 

kabi)  uning  har  kungi  xilma-xil  harakatlari  davomida  turli  nar- 

salarga  bevosita  to‘qnash  kelishi  natijasida  rivojlanadi.  Sezgilar­

ning normal rivojlanishi bola idroki o'sishi uchun zamin yaratadi.

Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bolsa 

ham  hali  katta  odamlar  idrokidan  keskin  farq  qiladi.  Birinchi- 

dan, bolalarda turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari 

ham  anglashilmagan xarakterga  ega bo‘ladi.  Ular ko‘p  narsalar- 

ga  birinchi  marta  duch  keladilar.  Shuning  uchun  bolalar  idrok 

qiladigan ko‘p  narsalar ularga yangilik,  ya’ni  dastlabki  taassurot 

kuchiga  ega boladi.  Ikkinchidan esa,  bolalarning  idroki ko‘pin- 

cha  ixtiyorsiz  xarakterga  ega  boladi,  ya’ni  ularning  idrokida 

muayyan bir maqsadni  ko‘zlash  hali  sezilmaydi.  Shuning  uchun 

ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib 

keta beradi.  Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bolgani 

uchun  ular  o‘zlarini  qiziqtiradigan,  hayron  qoldiradigan,  hissiy 

kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.

Bu  yoshdagi  bolalar  idrokining  yana  farqlanadigan  tomoni 

shundaki,  ular idrok qilayotgan  narsalarni umumlashtira  olmay­

dilar.  Atrof-muhitdagi  narsalarni  qanday  bolsa  shundayligicha 

idrok  qiladilar.  Bu xususiyat  ularning  rasmlarni  idrok  qilishlari- 

da  yaqqol  ko‘rinadi.  Masalan,  ikki  yarim  yashar  bolaga  otning 

kallasi  solingan  surat  ko'rsatilsa,  hayron bolib,  otning  o‘zi  qani, 

deb  so'raydi.



238


Bolalar  id rokining  takom illashuvida  so‘z  katta  aham iyatga 

ega.  So‘z  m ohiyati  jih atid an   u m um lashgan  xarakterga  ega  b o ‘lib, 

u  n arsalarn i  um u m lashtirish  im k on in i  beradi.  Bola  so'z  y ordam i­

da  o ‘xshash  n arsalarni  oddiygina  gu ru hlarg a  ajrata  boshlaydi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish