Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Bilish jarayonlarining  rivojlanishi



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

14.3.  Bilish jarayonlarining  rivojlanishi

Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi,  idrok,  diqqat,  xotira,  tasav­

vur,  tafakkur,  nutq,  xayol,  hissiyot va irodaning  rivojlanishi jadal 

kechadi.  Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. 

Unga  ranglarning  farqini  bilishga  yordam  beradigan  o‘yinchoq- 

lar,  rangli  kiyimlar,  rangli  halqalar,  qutichalar  va  shu  singari 

o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir.

Bog‘cha yoshidagi bolalar turli  narsalarni  idrok  qilishda ular­

ning  ko‘zga  yaqqol tashlanib  turuvchi  belgilariga  (rangi va  shak- 

liga)  asoslansalar ham,  lekin chuqur tahlil  qila  olmaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni 

analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega boladilar.  Bolalar su­

ratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni 

tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim.  Bunda,  asosan, bolalar diqqatini:

1)  suratning mazmunini  (sujetini)  to‘g‘ri idrok qilishga;

2)  suratning  umumiy  ko‘rinishida  har bir tasvirlangan  narsa- 

larning  o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;

259



3) 

tasvirlangan  narsalar  o‘rtasidagi  munosabatlarni  to‘g‘ri 

idrok  qilishga qaratish kerak.

Diqqat  har  qanday  faoliyatimizning  doimiy  yo‘ldoshidir. 

Shuning  uchun  diqqatning  inson  hayotidagi  ahamiyati  benihoya 

kattadir.  Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz b o la ­

di.  Bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  ixtiyoriy  diqqatning  o‘sib  bori- 

shi  uchun  o‘yin juda  katta  ahamiyatga  ega.  Olyin  paytida  bola­

lar  diqqatlarini  bir joyga  to‘plab,  o‘z  tashabbuslari  bilan  ma’lum 

maqsadlarini ilgari  suradilar.

Bu  yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning  o‘z 

oldiga  qo‘ygan  yangi  talablari  asosida  takomillasha  boradi.  Mak­

tabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bolishi 

bilan  xarakterlidir.  Bolada  ko‘proq  ixtiyorsiz  esda  qoldirish va  ix­

tiyorsiz  esga tushirish ustunlik  qiladi.  Bola  so‘zlarni  hech  qanday 

ma’nosiz  takrorlayveradi.  Ammo  keyinchalik,  kattalarning  ta’siri- 

da,  ixtiyoriy  esda  qoldirish  ham  asta-sekin  rivojlana  boradi.  Bola 

ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi.

Uch  yashar  bola  taassurotlarini  bir  necha  oy  davomida  esda 

saqlab  tura  olishga  qodirdir.  Xotiraning  o‘sishiga  o‘yinlar,  turli 

mashg‘ulotlar,  she’r yodlash,  ertak va hikoyalar aytish hamda sayr 

paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi.  Ushbu yosh­

dagi  bolalar  yangi  so‘zlarni  ham,  hatto  chet  tillardagi  so‘zlarni 

ham  osongina  eslab  qoladilar.  Lekin,  bolalar  materialni  oson 

esda  qoldirsalar  ham,  ular  ko‘pining  ma’nosiga  yaxshi  tushun- 

maydilar  va  ulardan  nutqda  foydalanishga  qiynaladilar.  Katta­

larning  vazifasi  bolalarning  mumkin  qadar  ko‘proq  so‘zlarni  va 

tasavvurlarni  eslab  qolishigagina  emas,  balki  ular  uchun  tushu- 

narli,  foydali  bolgan  turli  bilimlarni  egallashiga  erishishdan 

iborat.  Bolalar  bu  xildagi  bilimlardan  o‘z  o‘yinlarida,  rasmla- 

rida,  ustozlari  yoki  kattalar  bilan  suhbatda  foydalanadilar,  bu 

bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi.

Bog‘cha  yoshdagi  bolalarda  ixtiyorsiz  diqqat  ustunligicha 

qolaveradi.  Masalan,  bola  juda  berilib  ertak  eshitayotgan  bolsa 

ham,  xonaga birov kirib qolsa,  uning diqqati ixtiyorsiz shu ertak-

260



dan chalg‘iydi.  Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyat­

ga  ega  bolgan,  ularda  kuchli  taassurotlar qoldiradigan va ularni 

qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib  qoladilar.

Bog‘cha  yoshidagi  bolalarning  tafakkuri  va  uning  rivojlanishi 

o'ziga  xos  xususiyatga  ega.  Tafakkur  bolaning  bog‘cha  yoshida­

gi  davrida juda  tez  rivojlana  boshlaydi.  Buning  sababi,  birinchi- 

dan,  bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  turmush  tajribasining  nisbatan 

ko‘payishi,  ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivoj- 

langan  bolishi,  uchinchidan  esa,  bog‘cha  yoshidagi  bolalarning 

erkin,  mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga  ega bolishlaridir.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘i- 

lishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi.  Bola 

o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahami- 

yat  bermasalar,  undagi  qiziquvchanlik  so‘na  boshlaydi.  Kunlar- 

ning birida 7 yoshli  Samira shunday savol berdi:  «Odam uxlagan- 

da ham  nafas  oladimi?»,  «Buvijon  sizning muchalingiz  nima?»

Odatda,  har  qanday  tafakkur jarayoni  biron  narsadan  taajjub- 

lanish,  hayron qolish va natijada turli savollarning tugllishi tufay- 

li paydo boladi.  Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda 

bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar,  «ko‘p mahmadona bolma», 

«sen bunday  gaplarni  qayerdan  o‘rganding?»,  deb  koyib  beradilar. 

Natijada  bola  o‘ksinib,  o‘z  bilganicha  tushunishga  harakat  qiladi. 

Ayrim  tortinchoq bolalar  esa  hech  bir  savol  bermaydilar.  Bunday 

bolalarga  turli  mashg‘ulotlar  va  sayohatlarda  kattalarning  o‘zlari 

ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.

Har  qanday  tafakkur,  odatda  biron  narsani  taqqoslash,  ana­

liz  va  sintez  qilishdan  boshlanadi.  Shuning  uchun  biz  ana  shu 

taqqoslash,  analiz  va  sintez  qilishni  tafakkur jarayoni  deb  atay- 

miz.  Sayohatlar  bolalardagi  tafakkur jarayonini  faollashtirish  va 

rivojlantirishga yordam beradi.  Bolalar tabiatga qilingan  sayohat­

larda  turli  narsalarni  bir-biri  bilan  taqqoslaydilar,  analiz  ham­

da  sintez  qilib  ko‘rishga  intiladilar.  Agar  2  yashar bolaning  so‘z 

boyligi  taxminan  250  tadan  400  tagacha  bolsa,  3  yashar  bola­

ning so‘z boyligi  1000 tadan  1200 tagacha,  7 yashar bolaning so‘z



261


zaxirasi  4000  taga  yetadi.  Demak,  bog‘cha  yoshi  davrida  bola­

ning  nutqi  ham miqdor,  ham  sifat jihatidan  ancha takomillasha- 

di.  Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining  o‘sishi  oilaning  madaniy 

saviyasiga ham ko‘p jihatdan  bog‘liq.

Kattalar  bolalar  nutqi ni  o‘stirish  bilan  shug‘ullanar  ekanlar, 

bog‘cha  yoshidagi  bolalarning  ba’zi  hollarda  o‘z  nutq  sifatlarini 

to la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak.  Bundan tash- 

qari,  bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish 

qobiliyati ham hali to la takomillashmagan boladi.  Tili chuchuk- 

likni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to la va 

to‘g‘ri talaffuz etib,  ravon til bilan gaplashishdir.

Respublikamizda  B.R.Qodirov  rahbarligida  D.B.Hakimo- 

va  tomonidan  «5—7  yoshli bolalar bilish jarayonlarini  rivojlanishi­

ning  yosh  va jins  xususiyatlari»  mavzusida tadqiqot  olib  borilgan1.

D.B.Hakimovaning  natijalariga  kola,  5  yoshda  psixologik belgilar 

kuchli namoyon boladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlar- 

da turli yosh davrlarida,  turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish