Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


1.2.  О‘yin  maktabgacha  tarbiya  yoshida  yetakchi  faoliyat  sifatida



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

249


1.2.  О‘yin  maktabgacha  tarbiya  yoshida  yetakchi  faoliyat  sifatida

Ma’lumki,  bolaning  yoshi  ulg‘ayib,  mustaqil  harakat  qilish 

imkoniyati oshgan sari,  uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yi- 

cha  dunyoqarashi  kengayib  boradi.  Maktabgacha  yoshdagi  bola­

larning yetakchi faoliyati o‘yindir.  Bu yoshdagi bolalarning o‘yin- 

larini  uchga  bo'lish  mumkin:

1)  predmetli o‘yinlar  (15—20  minut  o‘ynaladi);

2)  sujetli-rolli  o‘yinlar  (30—60  minut  o‘ynaladi);

3) qoidali o‘yinlar (1  soatdan 2 kungacha davom etishi mumkin).

Bog‘cha  yoshidagi  bolalarning  o‘yin  faoliyatlari  masalasi  asr-

lar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kel­

moqda.  Bog‘cha yoshidagi  bolalar o‘zlarining  o‘yin  faoliyatlarida 

ildam  qadamlar  bilan  olg‘a  qarab  borayotgan  sermazmun  ha- 

yotimizning  hamma tomonlarini  aks ettirishga  intiladilar.

Bola  atrofidagi  narsalar  dunyosini  bilish jarayonida  ular  bilan 

bevosita  amaliy  munosabatda  bo‘lishga  intiladi.  Bu  o‘rinda  shu 

narsa  xarakterliki,  bola  bilishga  tashnaligidan  atrofdagi  o‘zining 

xaddi  sig‘adigan  narsalari  bilangina  emas,  balki  kattalar  uchun 

mansub bo‘lgan,  o‘zining kuchi ham yetmaydigan,  xaddi  sig‘may- 

digan  narsalar  bilan  ham  amaliy  munosabatda  bo‘lishga  intiladi. 

Masalan:  bola avtomashinani yoki  tramvayni o‘zi haydagisi,  haqi­

qiy otga minib yurgisi,  uchuvchi bo‘lib,  samolyotda uchgisi va ros-



250


takam militsioner bo‘lgisi keladi.  Tabiiyki, bola o‘zidagi bunday eh- 

tiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi.  Bu 

o‘rinda  savol  tuglladi.  Bolalarning  tobora  ortib  borayotgan  turli 

ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qar- 

shilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi?  Bu qarama-qarshilik faqatgi­

na birgina faoliyat orqali, ya’ni,  bolaning  o‘yin faoliyati orqaligina 

hal qilinishi mumkin.  Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: 

birinchidan,  bolalarning  o‘yin  faoliyati  qandaydir  moddiy 

mashg‘ulot  ishlab  chiqarishga  qaratilgan  faoliyat  emas.  Shuning 

uchun bolalarni o‘yinga undovchi  sabab  (motiv)  kelib  chiqadigan 

natija  bilan  emas,  balki  shu  o‘yin jarayonidagi  turli  harakatlar- 

ning mazmuniga bogliqdir;

ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsa­

larni,  o‘zlarini  qiziqtirgan,  ammo kattalargagina mansub bo‘lgan 

narsalarga  aylantirib,  xohlaganlaricha  erkin  faoliyatda boladilar. 

Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan 

garmonik ravishda  rivojlanishi  uchun birdan-bir vositadir.

0 ‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kat- 

talarga mansub bolgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur 

qilish, xomxayol surish,  dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlari­

ning  barchasi  o‘yin  faoliyatida  aniq  boladi.  Shuni  ham  ta’kidlab 

olish  kerakki,  o‘yin  faqat  tashqi  muhitdagi  narsa  hodisalarni  bi­

lish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir.  Ijodiy 

va sujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan bir- 

galikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi.  Demak, 

bog‘chadagi  ta’lim-tarbiya  ishlarining  muvaffaqiyati  ko‘p jihatdan 

bolalarning  o‘yin  faoliyatlarini  maqsadga  muvofiq tashkil  qila  bi­

lishga  bogliqdir.  Shunday  qilib,  o‘yin  bolalar  xayoli  tomonidan 

yaratilgan narsa emas,  aksincha,  bolalar xayolining o‘zi,  o‘yin da­

vomida yuzaga  kelib,  rivojlanadigan  psixik jarayondir.  Shuni  ham 

ta’kidlash joizki,  fan-texnika  mislsiz  rivojlanayotgan  hozirgi  davr­

da  hayratda  qoldiradigan  narsalar bolalarga  go‘yo,  bir  mo‘jizadek 

ko'rinadi.  Natijada  ular  ham  o'zlarining  turli  o‘yinlari jarayonida 

o'xshatma  qilib  (ya’ni,  analogik tarzda),  har xil  xayoliy  narsalarni



251


o'ylab topadilar  (uchar ot,  odam mashina,  gapiradigan daraxt ka- 

bilar).  Bundan tashqari,  bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab 

chiqarishlari  yana  shuni  anglatadi-ki,  ular  o‘zlarining  har  turli 

o‘yin  faoliyatlarida  faqat  atroflaridagi  bor  narsalarni  emas,  balki 

ayni  chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.

Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obraz- 

lami yaratishlari odamning  (shu jumladan, bolalarning ham) tash­

qi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, 

balki faol,  ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.

Bolalar  o‘yin  faoliyatining  yana  bir  xususiyati  bu  o‘yin  jara­

yonida  bolaning  qiladigan  xatti-harakatlari  va  bajaradigan  rolla- 

rining ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bolishidir.  Buni shun­

day tushunish kerakki,  bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat 

o‘ziga  tanish  bo‘lgan  yolglz  bir  havdovchining,  vrachning,  mi- 

litsionerning,  tarbiyachining,  uchuvchining xatti-harakatlarinigina 

emas,  balki umuman shaydovchilarning, vrachlarning,  tarbiyachi- 

larning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini  aks ettiradi.

Bu  yoshdagi  bolalar  o‘z  vaqtining  ko‘p  qismini  o‘yin  bilan 

o‘tkazadi,  ayniqsa  3  yoshdan  6—7  yoshgacha  o‘yinlar  ahamiyat­

li  taraqqiyot  yolini bosib  oladi:  predmetli-boshqaruv va  ramziy 




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish