Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Bola

Boshqa 

kishilar bi­

lan  taqqos- 

lashi

tomonidan 

o ‘zining atro- 

fidagilaridan 

ajralishi

O'zini  ha­

rakat sub- 

yekti  sifatida 

anglashi

Yurishni  o‘rganish bolaning jismoniy o'sishi  uchungina  emas, 

balki  uning  psixik  taraqqiyoti  uchun  ham  muhim  ahamiyatga 

egadir.  Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab 

predmetlarga  duch  keladi,  ularning  nimalarga  ishlatilishini 

«amal»da  ko‘rib  biladi  va  o‘zi  ham  ulardan  kerakli  o‘rinda  foy- 

dalana boshlaydi.  Bola yurishni  o'rgangach,  fazoni ham bila bo­

radi.  Kichkintoy bolalar  «yaqindagi»  fazoni  qo'llarining  harakati 

yordamida bilib  oladilar,  bunda ko‘z  ham  ishtirok  eta boshlaydi. 

Bog£chagacha  yoshdagi bola  «uzoqdagi»  fazoni  oriyentirovka  qi­

la boshlaydi.  Bola yura boshlaganda,  o'z oyog‘i yordamida maso- 

fa  va  yo‘na!ish  bilan  tanishadi,  uning  ko‘z,  qo‘1  va  oyoqlarining 

o'zaro  kelishib  harakat  qilishi,  boshlang‘ich  ko‘z  o'lchovi  o'sa- 

di  hamda  masofa  va  predmetlarning  turgan joylarini  birmuncha 

aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.

Bog‘chagacha  bo'lgan  yosh  davrining  birinchi  yarmida  bola­

lar predmetlar bilan harakat qilib,  tanishib boradilar.  Harakatlar- 

ning  barcha  koordinatsiyasi  bolada  barqaror  diqqatning  rivojla- 

nishiga,  idrokning  aniq  bo'lishiga  va  iroda  kuchining  o'sishiga 

olib  keladi.  Ammo  bolalarning  harakatlari  kattalarning  harakat- 

lariga  taqlid  qilish  xarakteriga  ega  bo'ladi.  Biror-bir  harakatni 

o‘z  vaqtida  o'zlashtirishi bilan bola uni  asta-sekin mustaqil baja­

ra boradi, bu harakat unda dadillik,  ishonch va sabr-matonatlilik 

kabi ijobiy xislatlarning tarkib topishiga yordam beradi.

Bola  hayotining  uchinchi yilida,  ya’ni  organizmning  intensiv 

o'sishi  va  rivojlanishi  davrida  harakatlarning  kam  bo'lishi  bola­

ning umumiy o'sishiga salbiy ta’sir  etadi.

227



Shu  sababli  asosiy  harakatlar  (yurish,  yugurish,  predmet- 

larga  tirmashib  chiqish)  bilan  birgalikda,  qo‘l  harakatlarining 

ham  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida  rivojlanishi  haqida  g‘amxo‘rlik  qilish 

zarurdir.  Bolaning  harakatlarini  asosan  uning  kundalik  faoliyati 

jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak.  Masalan,  musta­

qil  ravishda  yuvinish,  kiyinish,  ovqatlanish,  gigiyenik  mashqlar, 

o‘yin va boshqalar.

Har  xil  harakatlarni  bajarish  va  predmetlar  bilan  harakat  qi­

lish  tevarak-atrofdagi  olamni bilishga  olib  keladi.  Bola  predmet- 

larning fazodagi o‘rni, joylanishi,  sifati,  hajmi,  shakli va holatlari 

bilan  tanishadi.  Bularning  hammasi  sezgi  organlarining  o‘sishi- 

ga  ijobiy ta’sir etadi.  Bir yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan 

sezgirlikka egadir.  Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi to- 

vushlarni,  o'ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata ola­

di,  ba’zi  bir  narsalarning  ta’mi  va  hidini  farq  qiladi,  ranglarni 

taniy  boshlaydi.  Bu  yosh  davrida  ko‘rish  va  eshitish  analizator- 

larining  rivojlanishi  ayniqsa  yuksak  darajaga  yetadi.  Bola  aso­

siy  ranglarni  bir-biridan  farq  qiladi.  Lekin  bolaga  ranglarning



228


nomini  aytishga  qaraganda,  ularni  bir-biridan  ajratish  osonroq- 

dir.  Bolalar  ranglarni  bilsalar  ham,  bu  sohadagi  o‘z  bilimlari- 

dan  yetarli  darajada  yaxshi  foydalana  olmaydilar.  Bolalar  qizil 

rangni  osonlik  bilan  ajrata  oladilar-u,  binafsha  rangni  ajratish- 

da  ko‘pincha  yanglishadilar.  Ko‘pincha bolalar  har  bir  rangning 

tusini,  tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar.

Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obraz- 

larining bir-biriga o‘xshashib ketishi xarakterlidir.  Masalan, ular 

olmani biladilar,  olma bolaga bir butunligicha tanish,  lekin bo­

la olmaning  rangini ham,  shaklini ham  alohida holda  ajrata  ol- 

maydi.  Predmetni  har  tomonlama  ko‘ra bilish,  ya’ni  uni  qism- 

larga  ajratish,  belgi  va  turlariga  qarab  farqlash  —  uni  analiz 

qilish  demakdir.  Bu  esa  bolaga  butunlikni  tushunish  imkonini 

beradi.  Shu  sababli,  bolalarni  yangi  predmetlar  bilan  tanishtir- 

ganda,  ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli,  rangi va qism- 

lariga  e’tibor berish 




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish