12.4. Go‘daklik davrining psixologik yangiligi.
Bir yoshdagi inqiroz
Go‘daklik davridagi bola yura boshlaydi va birinchi so‘zlarni
aytadi. Birinchi yilning oxirida bola mustaqil harakat qilish-
ni o‘rganib oladi: emaklash, so‘ngra tik yurishni o‘rganadi.
Dunyo unga boshqacha ko‘rina boshlaydi. Yurish bolaga katta-
lardan bo‘linish, harakat subyektiga aylanish imkonini beradi.
Birinchi yilning oxiriga kelib yaqin kattalar bilan emotsional
umumiylikning bo‘linishi va rivojlanish ijtimoiy vaziyatining
qayta qurilishi ro‘y beradi. Faqat yaqinlarga tushunarli bo‘lgan
va ko‘rsatuvchi jestlar xarakteriga ega bo‘lgan birinchi so‘zlar-
ning paydo bolishi kattalar bilan yangi progressiv muloqot
usuliga aylanadi.
L.I.Bojovichning ta’kidlashicha, go‘daklik davridagi yan
gi tuzilmalardan biri motivatsiyalashgan tasavvurlarning paydo
bolishidir. Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bolgan
predmetlar obrazlarining xotirada saqlanib qolishidir. Motivatsi
yalashgan ehtiyojlarning paydo bolishi bolani harakat subyekti
ga aylantiradi.
Harakat imkoniyatlarining ortishi (dastlab emaklash, keyin
yurish) bola uchun xavfsiz bolgan ko‘p narsalarni ushlab kolish
imkoniyatiga ega boladi. Ota-onalar cheklovlar qo‘yishga majbur
boladi. Bola ayrim harakatlarini amalga oshirishda doimiy kat
talarning qarshiligiga duch kelishi tufayli uning istaklari va kat
talarning xohish va hislariga mos kelmasligini tushuna boshlay
di. Xotirjam bola endi o‘z istaklarini bajarishga harakat qiladigan
faol bolaga aylanadi.
L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, emotsional bo‘ron tipi bo‘yi-
cha kechadigan affektiv reaksiyalarning paydo bolishi bir yosh
dagi inqiroz namoyon bolishining xulq-atvor belgilaridir. Bola
o‘zi xohlayotganini talab qilib, kattalarga qarshi chiqib, yiglay-
di, polga yotib oladi. Bolaning shaxsiy istagi paydo boladi, uning
subyektiga aylanadi; xohlovchi Men paydo boladi.
223
Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsa-
tadi. Bunda turli buzilishlar kuzatiladi: bioritmning buzilishi
(masalan, tetiklik va uyqu); hayotiy ehtiyojlarni qondirishning
buzilishi (ochlik hissi); emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez
xafa bo‘lish).
Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning
faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksi-
mal xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mum
kin emas» so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi
fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mum
kin bolganda cheklovlarni boshqa alternativ xulq-atvor bilan al-
mashtirish lozim: uydagi predmetlarni yaxshilab qarab chiqib,
bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: