Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


13.2.  Bola  tafakkurida  egotsentirizmning  yuzaga  kelishi  predmetli



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

230


13.2.  Bola  tafakkurida  egotsentirizmning  yuzaga  kelishi  predmetli 

harakat  faoliyatlarining  rivojlanishi

Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo'lishiga qara- 

may,  ular hali vaqt va  fazo  kabi  murakkab  tushunchalarni  to‘g‘ri 

idrok  qila  olmaydilar,  chunki  ularda  hali  turmush  tajribasi  yo‘q. 

Bunday  murakkab  tushunchalar  kundalik  hayot  davomida  se- 

kin-asta hosil  qilib boriladi.

Bir  yoshgacha  bo'lgan  bolalarning  diqqati  nihoyatda  beqaror 

va ixtiyorsiz bo'lsa,  ikki yoshga to'lgan bolalarning diqqatida yan­

gi  sifatlar yuzaga  kela boshlaydi.  Bola  o‘sib  ulg'aygan  sari  uning 

diqqati  barqarorroq  bo'la  boshlaydi.  Diqqatning  ozmi-ko'pmi 

barqaror bo'la boshlagani shunda ko'rinadiki, bola o'zini qiziqtir- 

gan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug'ullana oladi.  Ik­

ki yoshga to'lib,  uch yoshga qadam  qo'ygach so'zlarni  tushunadi. 

So'z boyligi  orta borgach,  bolaning  o'ziga xos bo'lgan  situativ ti- 

li  haqiqiy tilga  aylanadi.

Bu  yoshdagi  bolalarning  tafakkurlari  o'ziga  xos  xususiyatlar- 

ga  hamda  konkret  xarakterga  ega.  Ular  ayni  chog'da  idrok  qilib 

turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar.  Bundan 

tashqari,  bu  yoshdagi bolalarning  tafakkur jarayonlarida  harakat 

elementlari ko'p bo'ladi.  Shuning  uchun ham ularning tafakkur­

lari ba’zan harakatli tafakkur deb  ham yuritiladi.

Ilk  bolalik  davridagi  bolalarda  tafakkurning  fikriy  operasi- 

yalarini,  ya’ni  analiz,  umumlashtirish  kabilarni  ko'ramiz.  Ular 

qo'llaridagi  o'yinchoqlarini  yoki  qo'llariga  tushgan  narsalarni 

amaliy  aylantirib,  paypaslab,  buzib  analiz  qiladilar.  Lekin  sin- 

tez qilishga hali qurbi yetmaydi.  Bu yoshning oxiriga kelib tafak­

kurning  o'sishida  nutqning roli juda oshadi.  Bola yangi so'zlarni 

mumkin  qadar  ko'proq  bilib  olib,  ulardan  o'z  tafakkurida  keng 

foydalana  oladilar.  Bu  esa  fiklash  operatsiyalarining  o'sishiga 

yordam  beradi.  Bolada  so'zlar  vositasi  bilan  analiz  va  sintez  qi­

lish,  abstraksiyalash  hamda  umumlashtirishning  dastlabki  alo- 

matlari  ko'rina boshlaydi.



231


Xorij  psixologi  G.Craig  bu  yoshdagi  bolalar tafakkur jarayon- 

larining  5  ta xususiyatini  ta’kidlab  ko‘rsatgan'.

Birinchidan,  bu yoshdagi bolalarning tafakkuri konkret.  Ope- 

ratsiyalargacha  intellektda  bolalar  mavhum  fikrlay  olmaydilar. 

Ularning  aqli  «shu  yerda  va  hozir»  ro£y  berayotgan  jismoniy 

obyektlar bilan band bolib,  ularni oson tasavvur qilishi mumkin.

Ikkinchidan,  kichkina  bolalarning  tafakkuri  bir  yoqlama, 

ya’ni hodisalarning rivojlanishi va boglanishlarning hosil bo‘lishi 

bir  yoqlama  ro‘y beradi.  Bolalar  qandaydir  obyektning  dastlabki 

holiga qaytishi mumkinligi yoki obyektlar orasidagi boglanishlar 

ikki tomonlama bolishi mumkinligini  tasavvur qila olmaydilar.

Uchinchidan,  bolalarning  operatsiyalargacha  bolgan  tafak­

kuri  egotsentrik,  bolaning  istiqbol  ramkalari  bilan  chegaralan- 

gan,  shuning  uchun  ham  boshqa  insonning  fikrini  qabul  qila 

olmaydi.  Bolalar o‘zlari idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qa- 

ratganlari uchun, hamma odamlar dunyoni uningdek ko‘radi, deb 

o‘ylaydilar.

To‘rtinchidan,  bu  davrda bola  tafakkuri  obyekt  yoki vaziyatni 

olchash yoki qandaydir jismoniy xususiyatida markazlashish ten- 

densiyasiga  ega.  Markazlashish bu  obyekt  yoki  vaziyatning  qan­

daydir  xarakteristikasida  diqqatning  to‘planishi  bolib,  operatsi­

yalargacha bolgan tafakkurning asosiy belgisidir.

Beshinchidan,  operatsiyalargacha  bolgan  davrda  bolalar 

o‘zgarish jarayonlariga  emas,  balki  obyektlarning  hozirgi  holati- 

ga diqqatlarini  qaratadi.

Tafakkurning o‘sishda yana bir muhim bosqich shundan ibo­

ratki,  ilk  bolalik  yoshining  oxiriga  kelib  bola  ayrim  tushuncha­

larni  bilib  olishga va  bu  tushunchalarning  eng  muhim  belgilari- 

ni o‘zlashtirishga muvaffaq boladi.  Uch yoshga tolay deb  qolgan 

bola,  katta  yoshdagi  hamma  odamlarning  ishga  barvaqt  ketish- 

larini  juda  yaxshi  biladi.  Agar  bu  yoshdagi  bolaga  «adang  endi 

barvaqt  ishga  ketmaydi»  deyilsa,  u  hayron  bolib  qoladi.  Chun-



1


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish