Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  «Psixologik yosh»  kategoriyasi va  L.S.  Yigotskiy ishlarida



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

11.2.  «Psixologik yosh»  kategoriyasi va  L.S.  Yigotskiy ishlarida 

bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi

Inson psixik rivojlanishi bosqichliligi haqidagi tasavvur uzluk- 

sizlik,  asta-sekin mukammallashuv va yutuqlar  (natijalar)  yig'in- 

disi g‘oyasiga qarama-qarshi turadi.  U o‘z aksini jahon psixologi- 

yasida  bir  necha  o‘n  yilliklardan  beri,  rivojlanish  jarayonining 

turli  tomonlarini  sintezlovchi va uning  mexanizmlariga tayanuv- 

chi yagona davrlashtirishni («psixik rivojlanish xaritasi») qidiruvi- 

da  topadi.  L.S.Vigotskiy  rivojlanishning  yoshga bog‘liq  davrlash­

tirish  muammosini  «barcha bolalar  psixologiyasi uchun markaz» 

va  «amaliyotning  barcha  savollariga  kalit»  deb  atagan.  U  vaqt- 

da  mavjud  bo'lgan  davrlashtirish  chizmasini  tahlil  qilib,  L.S.Vi­

gotskiy ularni tuzishning uch usulini ajratgan:  1.  Bola psixikasini 

rivojlanishi  bilan  har  tomonlama  bog‘liq  bo‘lgan,  boshqa  jara- 

yonlarni zinama-zina qurish asosida bolalikni davrlashtirish.  Mi- 

sol uchun,  biogenetik tamoyilga muvofiq ibtidoiy bosqich, hayvon 

psixikasi bosqichlari  ajratiladi;  2.  Bolalikni  ajratishda  asos  qilib, 

shartli  mezon  sifatida  rivojlanishning  biror-bir  belgisi  yoki jiha- 

ti  (tomoni)  olinadi  (masalan,  P.P.  Blonskiyning  davrlashtirishida 

dentitsiya  — tishlarning  chiqishi  va  almashinishi;  Z.Freyd  ta’li- 

motida jinsiy rivojlanish).  3.  A.  Gazell ishlaridagi kabi rivojlanish 

jarayonining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  fenomenologik  izohlash- 

ga va  qonuniyatlarni ajratishga urinish  amalga  oshiriladi.  L.S.Vi­

gotskiy  bola  rivojlanish  jarayonining  mazmun-mohiyatini  qam- 

rab oluvchi, haqiqiy ilmiy-psixologik davrlashtirish tuzilishi kerak 

bo'lgan tamoyillarni taklif qilgan. Davrlarni ajratish mezoni rivoj­

lanishga  nisbatan  ichki  bo'lishi  kerak.  «Faqatgina  rivojlanishni 

o'zining ichki  o'zgarishlari,  uning  kechish jarayonidagi  burilish- 

lar va o'zgarishlargina bola shaxsining shakllanishini asosiy davr- 

larini  aniqlash  uchun  ishonchli  asos  bo‘la  oladi».  Mezon  obyek- 

tiv bo'lib, yosh chegaralari doirasi erkin va shartli qo'yilishi kerak 

emas.  Mezonni  qandaydir bir belgiga  ko'chirib  bo'lmaydi,  chun- 

ki  rivojlanish  jarayonida  belgining  muhimligi  va  ko'rsatkichlari



193


yoshdan yoshga  o‘tishda  o‘zgaradi.  L.S.Vigotskiy yosh  davrlarida 

taraqqiy etuvchi psixik rivojlanish hodisasiga nisbatan asosiy yangi 

yondashuvni ishlab  chiqib,  yosh  davrlar psixologiyasining asosini 

qo‘ydi.  Odatda  psixologiyada  o‘rganiladigan  alohida  psixik jara­

yonlar va (idrok,  diqqat,  tafakkur)  funksiyalarning yoshga bog‘Iiq 

xususiyatlarini  o‘rganish  o‘rniga  L.S.Vigotskiy  birinchi  o'rin- 

ga  «psixologik yosh»  tushunchasini  qo'yishni va bola rivojlanishi 

taxlilining  «birligi»  sifatida rivojlanishining yoshga oid davrlarini 

talqin  qilishni  taklif  qilgan.  1932—1934-yillarda  yozilgan  «Yosh 

davriga oid bolgan muammo» asarida,  L.S.Vigotskiy ushbu fikrni 

quyidagicha  izohlagan:  «Yosh  davrlari  yaxlit  dinamik  tuzilishini 

rivojlanishning har bir qism sohalarini roli va solishtirma  og‘irli- 

gini  aniqlaydigan  tarkibni  o‘zida  aks  ettiradi».  L.S.Vigotskiyga 

ko‘ra,  har bir psixologik yosh, har bir yosh davrining boshlanishi- 

da  shakllanuvchi,  rivojlanishning  ijtimoiy holati bilan tavsiflana- 

di.  Rivojlanishning  ijtimoiy  holati  — bu  «mutloq  alohida,  ushbu 

yosh uchun o‘ziga xos, bola va uni o‘rab turgan voqelik o‘rtasida- 

gi  yagona  va  qaytarilmaydigan,  eng  avvalo  ijtimoiy  munosabat- 

lardir»  L.S.Vigotskiy muhitni  absolut  (absolut-idealistik falsafada

— borliqning abadiy,  o‘zgarmas, bemakon ibtidosi — ruh)  ko‘rsat- 

kichlarda emas, balki, bolaning o‘zini kechinmalari bilan bogliq- 

likda,  muhitni  bolaga  munosabatidan  kelib  chiqib,  talqin  qilish 

kerakligini ta’kidlagan.  «Rivojlanishning  ijtimoiy holati»  tushun- 

chasi  tashqi  muhit  va  bolaning  ichki  dunyosini  o‘zaro  aloqasini 

betakror  o‘ziga  xosligini,  ya’ni  ijtimoiy  muhit va  motivatsion  eh- 

tiyoj  sohalarini ifodalaydi.  Bundan tashqari, psixologik yosh yan­

gi tuzilishlar bilan ham tavsiflanadi.  Yoshga oid yangi tuzilishlar

— bu  yoshga  bog‘liq  rivojlanish  natijasi,  mahsuli  va  bir vaqtning 

o‘zida  keyingi  rivojlanish  zaminidir.  Psixologik  yangi  tuzilma- 

lar bolaning yangi shaxs tuzilishi turini ushbu bosqichda birinchi 

marotaba yuzaga kelayotgan hamda bolaning ongi,  uning muhit- 

ga  munosabatini,  uning  tashqi  va  ichki  hayotini,  ushbu  davrda- 

gi uning butun rivojlanish jarayonining  eng asosiysi va muhimini 

aniqlaydigan  psixik  va  ijtimoiy  o‘zgarishlarni  o‘zida  aks  ettiradi.



194


L.S.Vigotskiy  ong  va  shaxs  tuzilmasidagi  o‘zgarishlarni,  marka­

ziy va  ikkilamchi  darajali yangi tuzilmalarni  farqlagan.  Shunday 

qilib,  psixologik yosh  tuzilmasi  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:  1) 

rivojlanishning ijtimoiy holatini aniqlovchi;  2)  «bolaning turmush 

tarzi  yoki jarayonda  rivojlanuvchi  uning  ijtimoiy  borlig‘i;  3)  ong 

va  shaxs  sohasidagi yangi tuzilmalar.  L.S.Vigotskiy  fikriga ko‘ra, 

ongning  yangi  tuzilishi  so‘zsiz,  hali  tashqi  voqelikni  idrok  qi- 

lishning yangi xarakterini,  ham undagi faoliyatni anglatadi.  Ush­

bu davrda yuzaga kelgan yangi tuzilmalar rivojlanishning ijtimoiy 

holatini  o'zgartiradi:  bola kattalar bilan boshqa tizimdagi  muno- 

sabatni  talab  qilishni  boshlaydi,  o‘zi  ham  dunyoga  boshqa  ko‘z 

bilan qaraydi,  kattalar yordamida o'zining ular bilan bolgan mu- 

nosabatini o'zgartiradi.  Boshqacha qilib aytganda, vaqt olishi bi­

lan  psixologik yangi  tuzilmalar jamlanib,  asta-sekin  rivojlanish­

ning  eski  ijtimoiy  holati  bilan  qarama-qarshilikka  keladi,  uning 

buzilishiga  va  keyingi  yosh  davrida  bolaning  rivojlanishi  uchun 

yangi imkoniyatlarni ochuvchi,  yangi munosabatlarni olishga olib 

keladi.  Shu  tarzda  psixologik  yoshning  almashinuvi  sodir  b o la­

di.  L.S.Vigotskiy so‘zlari bilan aytganda,  yosh rivojlanishining di- 

namikasi  shundadir.  L.S.Vigotskiy  bir-biri  bilan  almashinuvchi, 

yosh  davrlarining  ikki tipini  ajratgan:  barqaror va  keskin.  Barqa­

ror  (yoshlarda) yosh davrlarida rivojlanish — rivojlanishning o'zi­

ga  xos  ijtimoiy  holatining  ichida  asta-sekin,  evolutsion  kichik 

qadamlar  bilan  amalga  oshadiki,  rivojlanish  samarasi  faqatgina 

birdan namoyon boluvchi yangi tuzilmalar ko'rinishida tamomi- 

la yaqqol ko'rinadi.  Boshqa keskin  davrlarda  aksincha  rivojlanish 

shiddatli, jo‘shqin  amalga  oshadi.  O'rtada kulminatsion  nuqtada 

yoki  eng  yuksak  cho‘qqida  (darajada)  inqirozning  keskin  kucha- 

yishi  xarakterli.  Unga  qarab,  inqiroz  muddatini  belgilash  qulay. 

L.S.Vigotskiy fikriga ko'ra,  inqirozlar faqatgina salbiy emas, balki 

shaxsiy ijobiy ahamiyatga ham  ega.  Rivojlanishning  eski  ijtimoiy 

holatidan voz kechish va yangisini hosil bolishi inqiroz davrining 

asosiy  mazmunini  tashkil  etadi.  0 ‘zida  buzuvchi  va  yaratuvchi 

yondashuvlarni  uyg'unlashtirgan  inqiroz  —  bu  ontogenezning



195


me’yoridir.  L.S.Vigotskiy  tomonidan  tuzilgan  davrlashtirish  qu- 

yidagi davrlarni o'z ichiga oladi:  yangi tug'ilgan chaqaloq inqiro- 

zi;  go‘daklik  (2  oylikdan  1  yoshgacha);  1  yosh inqirozi;  ilk bola­

lik  (1—3  yosh);  3  yosh  inqirozi;  maktabgacha  tarbiya yoshi  (3—7 

yosh);  7 yosh inqirozi;  maktab yoshi (8—12 yosh);  13  yosh inqiro­

zi;  Pubertat yosh  (14—17  yosh);  17  yosh inqirozi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish