Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Psixik  rivojlanishni  davrlashtirish  muammosini  hal  etishdagi



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

11.4.  Psixik  rivojlanishni  davrlashtirish  muammosini  hal  etishdagi 

zamonaviy yondashuvlar

Psixika  rivojlanishini  yoshga  oid  davrlashtirish  masalalari 

A.N.Leontev,  L.I.Bojovich,  W.Davidov,  М.I.Lisina,  A.V.Petrov- 

skiy,  D.I.Feldshteyn  va  boshqalarning  ishlarida  batafsil  ko‘rib 

chiqilgan.  V.I.Slobodchikov  va  R.A.Sukermanlar  yoshga  oid 

davrlashtirishning  birmuncha  mashhur  ikki  modelini  E.Erik­

son  va  D.B.Elkonin  ta’limotlarini  tahlil  qilgan.  Ularning  fikri­

ga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»li- 

gi  bilan  farqlanadi.  E.Erikson  birinchi  o‘ringa  rivojlanishning 

ichki  manbalarini  qo‘ysa,  D.B.Elkonin-tashqi  muhitni  qo‘ydi. 

Mualliflar  umumiy  psixik  rivojlanish  va  davrlashtirish  nazari­

yasi asosiga, bir vaqtning  o‘zida  rivojlanishning ikki tomonini  — 

uning  obyekti  va  manbasini  o‘z  ichiga  oluvchi  «mavjudlik birli- 

gi»  tushunchasini  qo‘yishni  taklif  qilganlar  har  qanday  insoniy 

birlikni  (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi 

va birlikning  mazmuni  va  shaklini  almashinuvi  hamkorning  al- 

mashinuvi bilan  kuzatiladi.  Psixik  rivojlanishning  integral  davr- 

lashuvini umumiy ko'rinishi o‘zida bazis  (asos) birlikning  har xil 

turlarida shaxs rivojlanishining subyekti sifatida inson rivojlanish 

bosqichlarini  aks  ettiradi.  Har bir  bosqich  murakkab  tuzilishiga 

ega:  mavjudlikning  shakllanish  bosqichi  va  mustaqillikning 

shakllanish  bosqichi,  tug‘ilish  inqirozi  (yangi  birlikka  o‘tish)  va 

rivojlanish inqirozi  (yangi birlikni  o‘zlashtirish)  farqlanadi.  Yon- 

dashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqa- 

cha  to‘xtalib  o‘tamiz:  I.  Jonlanish  (tug‘ilgandan  12  oylikkacha, 

katta  yoshdagi  qondoshi  bilan  umumiylik.  Bola  o‘zining  jis­

moniy psixosomatik individualligini  egallaydi.  II.  Ruhlanish  (11 

oylik—6,5 yosh)  — katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (bir- 

lik).  Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bolgan 

«Mening  o‘zim!»)  kashf etadi,  o‘zining  shaxsiy xohish va  qobili­

yatini  subyekti deb biladi.  III.  Shaxsiylashuv (5,5—18  yosh)  qo‘li- 

ga  qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib,  madaniyat  sohasida-



201


gi  ijtimoiy  kattalar  hisoblanadi;  o‘qituvchi,  murabbiy,  ustoz  va 

boshqalar.  Inson birinchi  marotaba  o‘zini  shaxsiy  tarjimayi  ho- 

lining  muallifi  ekanini  anglaydi,  kelajagi  uchun  shaxsiy javob- 

garligini  his  qiladi,  boshqa  odamlar  bilan  birgalikdagi  turmush 

ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi.  IV. 

Individuallashuv  (17—42  yosh)  — insonning  hamkori bolib,  ijti­

moiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan,  faoliyat mu- 

nosabatlariga  u bilan kirishuvchi  insoniyat  hisoblanadi.  Subyekt 

rivojlanishining  ushbu  bosqichini  mohiyati  —  insonning  shax­

siy  mavqeyini  olchashiga  ko‘ra  ijtimoiy  qadriyatlarni  individu- 

allashuvidir.  Inson o‘z  mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. 

V.  Universallashuv  (39  yoshdan  yuqori)  har  qancha  rivojlangan 

individuallik  chegaralaridan  tashqariga  chiqish  va  bir  vaqtning 

o‘zida  umumiy-yuqori  insoniy,  ekzistensial  qadriyatlar  doirasiga 

«o‘zining boshqasiga» kirish.  Ilohiy insoniyat universal voqelikni 

anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir.  Slo- 

bodchikov  va  Sukermenlar  kimyodagi  Mendeleyev  jadvali  yoki 

biologiyadagi evolutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining 

ahamiyatini  taqqoslab,  davrlashtirish  chizmasini  katta  amaliy 

ahamiyatiga  ishonch  hosil  qildilar:  «Agar  rivojlanishning  umu­

miy xaritasi tuzilsa,  psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odam­

lar  uchun  rivojlanishning  maqbul  yollarini  (ma’lum  bir  qad­

riyatlar  nuqtayi  nazaridan)  ta’minlash  uchun,  ular  yaratadigan 

madaniy-ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq doglarni ko‘rishlari 

mumkin.  So‘nggi  yillarda  psixik  rivojlanishda  inqirozlar  g‘oya- 

sini  nazariy  va  eksperimental  o'rganish  keng  avj  oldi.  Inqiroz 

davrlarining  yangi  tuzilishi  L.I.Bershedova  tomonidan  yosh­

ga  bogliq  rivojlanishning  yangi  bosqichiga  o‘tishga  psixologik 

tayyorlik  shaklida  tahlil  qilingan.  K.N.Polivanova  ishlarida 

og‘ir  «inqirozli»  yosh  davrlarida  ontogenetik  rivojlanishda  real 

va  ideal  shakllarni  o‘zaro  o‘tishi  sodir  bolib,  bu  o‘zaro  ta’sir- 

ning  murakkab  ichki  mexanizmi  ochiladi.  Bu  mantiqda  inqiroz 

(og‘ir)  yoshi  zaruriyat yuzasidan bir  qator  keyingi  keluvchi bos- 

qichlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Psixologlar  diqqat  markaziga  nafaqat



202


yoshdagi  yangi  tuzilmalar  balki,  «yo‘qotishlar»,  (me’yoriy yosh­

ga  doir  involutsiya  belgilari)  ham  kiritilishiga  e’tibor  qaratiladi. 

Yoshga  oid  dinamika  nafaqat  kattalar  nuqtayi  nazaridan  (yeti- 

lishning  psixofiziologik  me’yori  va  yoshning  madaniy  me’yori- 

ga  muvofiqlikni  bola  tomonidan  egallanishi  nuqtayi  nazaridan) 

balki  «o‘zini  his  qilish»  bolalik  me’zonlarini  hisobga  olgan  hol­

da  ko‘rib  chiqilishi  kerak.  Zamonaviy  psixologlar  postindustri­

al  axborotli  davrda  ijtimoiy  hayotning  yangi  yondashuvlariga 

ahamiyat  qaratmoqdalar.  XX  asrning  oxiri  XXI  asrning  boshi 

hayotning odatiy davrlarini  chegarasi va yoshga oid barqaror ori- 

yentatsiyalarning  yemirilishi  bilan  xarakterlanadi.  Davr  hodisa- 

lari  tobora vaqt va  kenglikda individuallashadi va keng  o‘lcham- 

da turlanadi  (o‘zgaradi):  maktabga  chiqish vaqti,  talabalik  davri, 

mutaxassisligi bo‘yicha ish boshlash,  shuningdek nikohga kirish, 

erta  va  kech  farzand  tug‘ilishi.  K.N.Polivanova  «yosh  g‘oyasi», 

«madaniy  yosh»  (tushunchalari)  kategoriyalari  insonga  muno- 

sabat  vositasi  sifatida  (o‘zining  ahamiyatini)  uning  jamiyatda- 

gi  o‘rnini  aniqlab,  unga  ma’lum  bir  talab  va  kutuvlarni  qo‘yib, 

o‘z  ahamiyatini  saqlab  qoladi.  Biroq,  zamonaviy  holat  yagona 

«yosh  pog‘onalardan»  individual  rivojlanishning  noaniqligiga 

o‘tishni  aks  ettiradi.  Ayrim  tadqiqotlar  davrlashtirish yondashu- 

viga  muqobil  sifatida  hayotiy  hodisalar  psixologiyasini  rivojlan- 

tirishni taklif qiladilar.  Bu  muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay 

qolmoqda,  lekin uning  o‘rganish usullari  nazariy jihatdan yetar- 

li  darajada  aniq yoritilgan.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish