4.2-rasm. Turli kimyoviy moddalarning biofaollashuvi kimyoviy jihatdan
barqarorlik va toksiklik darajasini T
1/2
belgilanishi bilan farqlanuvchi metobo-
litlarni keltirib chiqaradi.
Odatda agar barqaror metabolit CYP450 katalitik tsikl davrida shakllansa
u holda u zudlik bilan fermentdan tarqalib, natijada hujayradan chiqib ketadi.
88
Reaktiv biofaollashuv mahsulaotlari uchun bunday holat kamida 4 hil ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin. 4.3-rasmda ko‘rsatilgandek, ba’zi metabolitlar juda qisqa vaqt
mobaynida mavjud bo‘ladi (masalan, mikrosoniya diapozonida). Yana bir boshqa
holat yuzaga kelaishi mumkin, agar reaktiv metabolit yetarlicha barqaror bo‘lib
CYP katalitik kameradan chiqib ketsa, lekin o‘zi shakllangan hujayradan chiqib
keta olmasa (holat 2, 4.3-rasm).
Bunday natijalar kamdan-kam uchraydi, chunku jigar hujayralari juda
kichik. Bu holatdan kelib chiqgan holda shuni aytish mumkinki, uzoq muddat
mavjud bo‘luvchi reaktiv metabolitlar fermentativ muhitni oldini olish maqsadida
odatda hatto qisqa vaqt mobaynida bir necha hujayra diametrlaridan o‘tadi.
16
Bir
necha soniya yoki undan ortiqroq bo‘lgan vaqt mobaynida parchalanish davriga
ega bo‘lgan reaktiv metabolitlar aynan bir organdagi qo‘shni hujayralarga ham
zarar yetkizishi mumkin (holat 3, 4.3-rasm). Bu holat keng tarqalgan va ko‘p
organlar turli hujayralardan tashkil topganligini anglatadi, bunday turli hujayralar
ksenobiotiklarni qayta ishlab chiqarish yoki reaktiv metabolitlarni zararsiz-
lantirishdagi qobiliyatlari bilan farqlanadi.
Yana bir klassik misolni keltiradigan bo‘lsak, vinil xlorid sabab yuzaga
keluvchi jigar angiosarkomasi. Jigar hujayralarida vinil xlorid reaktiv metabolitga
aylanib juda zaif bo‘lgan jigar qon tomirlari ichidagi qo‘shni endotelial hujay-
ralarni zararlaydi. Yana bir keng tarqalgan holatda reaktiv metabolitlar bir necha
daqiqa yoki undan ko‘p vaqt davrida o‘zi shakillangan organdan chiqib
ketgungacha mavjud bo‘ladi (4-holat, 4.3-rasm).
Qon aylanish tizimiga qo‘shilgan metabolitlar butun tana bo‘ylab harakat
qilib boshqa to‘qimalarga ham zarar yetkazadi. Bu holat chekish bilan bog‘liq
bo‘lgan saraton kasalligida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tamaki tutunidagi
kimyoviy moddalar reaktiv metabolitlarga qadar butun tana bo‘ylab so‘rilgunga
qadar o‘pka yoki jigarda biofaollashishi mumkin. O‘pka saratoniga qo‘shimcha
tarzda tamaki chekuvchilar periferik organlar, ya’ni oshqozon osti bezi, buyrak va
16
Leung L et al. Metabolik aktivation in drug-induked liver injury. Drug Metab Rev. 2012; 44:18–33.
89
qoviq saratoni kasalligiga duchor bo‘lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |