4.3. Reaktiv metabolitlarning hujayralarga salbiy ta’siri
Dori-darmonlar yoki kimyoviy moddalar metabolizmida reaktiv oraliq
mahsulotlarining kashf qilinganligi ko‘plab tadqiqotlarni o‘tkazish uchun
imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bu kabi kashfiyotlar natijasida tug‘ilgan
savollar bir talaygina. Masalan, reaktiv metalobiltlar glutotin kabi hujayraning
“tuzog‘i” dami yoki unday emasmi? Ayrim kerakli hujayralar ham to‘liq o‘rganib
chiqilishi kerak: metabolitlar hujayra oqsillariga zarar yetkazadimi, agar shunday
bo‘lsa, ularning qaysi biri zaif hisoblanadi? Bu zarar asosiy oqsil vazifasini
o‘taydimi yoki to‘qimaning nobud bo‘lishiga olib keladimi? Metabolitlarning
DNK ga hujumi xavflimi; bunday zararning birontasi DNK ko‘payishi davrida
genetik mutatsiyaga sabab bo‘ladimi? Bu kabi har qanday natija juda jiddiy
yondashuvni talab qiladi, sababi DNK dagi bu o‘zgarish insonlarda saraton
kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Tanlangan dori yoki ksenobiotik uchun bioaktivatsiya salohiyatining kashf
qilinishi ham homiladorlik davrida ta’sir qilish oqibatlari haqida savollarni
yuzaga keltiradi: embrion, homila yoki ona yo‘ldoshidagi reaktiv metabolitning
shakllanishi peranital rivojlantirishga zarar yetkazish ehtimoli bormi? So‘nggi
savol, metabolitlar va ularning moljali bosh miya hujayralarining nobud bo‘lishiga
sabab bo‘ladimi? Bu savol ko‘plab tadqiqotchilarni hayratga solib kelmoqda.
Mazkur bobning qolgan qismlarida, biz bu savol bilan bog‘liq bir necha yirik
nazariyalarga diqqatimizni qaratamiz. Har bir mexanizmni qisqacha ko‘rib chiqar
ekanmiz, shuni yodda tutishimiz kerakki, ular alohida ko‘rinishda kamdan-kam
uchraydi.
Bioaktivatsiya holatida uchraydigan ko‘plab kimyoviy moddalar uchun,
92
quyidagi mexanizmlarning ayrimlarida to‘qimalarning zararlanishi kuzatilishi
mumkin. Haqiqatdan ham, ayrim kimyoviy moddalar uchun tirik to‘qimalarda
barcha mexanizmlar ishtirok etishi mumkin.
1. “Kovalent bog‘lanish" gepotezasi. Elektronlarning doimiy almashinuvini
o‘z ichiga olgan kovalent bog‘lanish, ikki molekula orasidagi reaksiyalar jarayoni-
da yuzaga keladigan barqaror bog‘lanishdir. Kimyoviy aktiv metabolitlarning
DNK yoki oqsillar bilan reaksiyasi jarayonida yuzaga keladigan yangi
(toksikologlar tomonidan “kovalent majburiy" deb nomlangan) kovalent
bog‘lanishning yuzaga kelishining sababi shuki, elektrofillik metabolitlari hujayra
makromolekulalarida elektronlar bilan boyitilgan nukleofillar ta’siriga uchraydi.
AQSh ning Millers, yoki Birlashgan Qirollikning MkGee kabi ilk
tadqiqotchilari hujayra ichidagi muhit nyukleofillik molekulalar bilan to‘yinishini
erta tushunib yetishgan. Elektrofillik metabolitning hujayra makromolekular bilan
reaksiyasi barqaror kovalent bog‘lanishni yuzaga keltiradi, o‘zgargan DNK esa
“DNK hissasi” termini nomini oldi. Jeyms va Elizabet Millerlar ilk bor ko‘plab
kimyoviy moddalar to‘qima makromolekulalariga hujum qiladigan reaktiv
metabolitlarni o‘z ichiga olishini aniqlashganida, aduktlarni aniqlash uchun
mavjud tadqiqot texnologiyasi yetarli darajada rivojlanmagan edi.
Dastlabki yillarida, Millerlar oddiy spektrofotometr (masalan, DAB (N, N-
dimethy l-4-aminoazobenzene) bo‘lmish yuqori rangli metabolitlar hosil qiluvchi
“boyoq" jigar konserogenidan foydalanib, hayvon to‘qimalarida kuzatiladigan
yuqori xromogenetik konserogenlarni o‘rganishgan. Bu oddiy yondashuv
kanserogenlardan davolangan hayvonlarda kuzatiladigan DNK ishtirokini past
darajasini aniqlab berolmadi. Yana bir muammo shu bo‘ldiki, zararlangan DNK
har doim ham o‘zining rang hususiyatlarini saqlab qololmaydi.
Kaliforniya Berkley universiteti tibbiyot fizikasi bo‘limi tadqiqotchilari
kanserogen molekulalarning “radioaktiv” ko‘rinishini yaratish ustida amaliyotlar
olib borgan va 1940-yillarda asosiy tadqiqotlar boshlandi. Ksenobiotiklar radio-
aktiv atomlarni birlashtirib, laboratoriyada hayvon yoki insonlardan olingan
suyuqlik yoki to‘qimalarda kuzatiladi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |