Kuchli uchqun evaziga dvigatelni ishga tushirish osonlashadi va tejamkor-
lik ortadi. Tranzistor tizimidagi yondirish g‘altagining ikkinchi cho‘lg‘amida
o‘ramlar soni ko‘p bo‘lib (41500 ta o‘ram), unga ikki seksiyali qo‘shimcha re-
zistor ham kiritilgan. Tranzistorli yondirish tizimining uzgich taqsimlagichida
kondensator bo‘lmaydi.
Kommutatorning impulsli transformatori tranzistor
rejimini aniq va tez
almashtirish uchun ishlatiladi. Yondirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘amida
tokning keskin kamayishi ikkilamchi cho‘lg‘amda yuqori kuchlanishning in-
duksiyalanishiga yordam beradi. Biroq birlamchi cho‘lg‘amda tokning keskin
kamayishi unda uzinduksiya EYUK ning oshishiga sabab bo‘ladi, bu tran-
zistorni ishdan chiqarishi mumkin. Stabilitron va dioddan tuzilgan himoya tiz-
imi tranzistorni uzinduksiya kuchlanish ta‘sirida
teshilishidan saqlash uchun
xizmat qiladi. Agar uzinduksiya kuchlanishi 100 V dan oshsa stabilitron
teshiladi va g‘altakning birlamchi cho‘lg‘amda EYUK ning keskin kamayishi-
ga sabab bo‘ladi. Shunday qilib tranzistorli o‘t oldirish tizimi siqish darajasi
yuqori bo‘lgan tez aylanadigan ko‘p silindrli dvigatellarning
ishonchli va
tejamli ishlashini ta‘minlaydi.
Kontaktsiz tranzistorli yondirish tizimi.
U kontakt tranzistorli yondirish
tizimiga o‘xshaydi, faqat tranzistorni boshqarish uzgich kontaktidan emas,
bevosita magnitli elektr uzatgich orqali boshqariladi.
Magnitoelektrik datchikning tashqi ko‘rinishi uzgich taqsimlagichga
o‘xshasa ham ayrim detallari bilan farq qiladi. Datchik statori (21)
uzgich-
taqsimlagich kabi tebranuvchi plastinkaga mahkamlangan bo‘lib, podshipnikka
tayanadi va vakuum rostlagichga tortqi bilan biriktiriladi. Stator o‘rami (6)
oboymaga mahkamlangan plastinkalaridan tashkil topgan bo‘lib, jipslab shun-
day ishlanganki, har qaysi magnit simlarining sakkizta gardishi plastina gard-
ishlari bilan bir-biriga mos keladi. O‘ramning bir uchi «massa»ga,
ikkinchi
uchi izolyasiyalangan korpusdan chiqib tranzistor kommutatori (8) ga bi-
riktirilgan.
Datchik (7) rotori aylanasimon o‘n olti qutbli magnit ko‘rinishida bo‘lib, u
valdan (18) markazdan qochma rostlagich orqali aylanma harakat oladi. Rotor
magniti bo‘lib halqa (11) xizmat qiladi. Uning tores qutblariga diskmagnit
o‘tkazgichlar (20) zich siqilgan. Datchik tepasida taqsimlagich rotori (4)
o‘rnatilgan. Taqsimlagich rotori aylanganda magnit
qutblarining biri stator
o‘zagi (5) yonidan o‘tadi va o‘ram (6) da EYUK hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: