Bog'liq aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari
Markazdan qochma rostlagich yukchalar bilan ta‘minlangan bo‘lib,
ularning chiqiqlariga qiya o‘yiqli plastina joylashadi. Tirsakli valning aylanish-
lar chastotasi oshishi bilan rostlagich yukchalari markazdan qochma kuch
ta‘sirida o‘zaro ajraladilar va yukchalar shtiftlari plastina o‘yiqlarida siljib, uni
va unga ulangan mushtchani yetakchi valning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab bu-
radi. Natijada mushtcha uzgich kontaktlarini erta ajratadi va yondirishni ilgar-
ilatish burchagi kattalashadi. Dvigatelning issiqlik rejimiga, quvvatiga va
tejamkorligiga ta‘sir etuvchi yondirishni ilgarilatishning optimal burchagi ish
sharoitlariga qarab tanlangan bo‘lishi lozim.
Avtomobillardagi
uzgich
taqsimlagichga
markazdan
qochma
rostlagichdan tashqari
vakuum rostlagichi o‘rnatilgan bo‘ladi. U yondirishni
ilgarilatish burchagini dvigatel yuklamasiga qarab o‘zgartirishga xizmat qiladi.
Prujina joylashgan vakuum rostlagichining bo‘shlig‘i drossel zaslonkasi
yuqorisidagi korbyuratorning aralashtirish kamerasiga naycha yordamida
ulangan, ikkinchi tomondan esa atmosferaga tutashgan. Diafragmaga uzgich-
ning qo‘zg‘aluvchan diskiga bog‘liq bo‘lgan tortqi mahkamlangan.
Dvigatelning yuklamasi kamayganda drossel zaslonkasi yopiladi va di-
afragma tortqi bilan birga karbyuratordan naycha orqali uzatiladigan siyraklan-
ish ta‘sirida chapga siljiydi hamda uzgichning qo‘zg‘aluvchan plastinasini
mushtcha aylanishiga qarama-qarshi tomonga aylantiradi. Bunda yondirishni
ilgarilatish burchagi kattalashadi. Yuklama oshgan sayin drossel zaslonkasi
ochiladi, naychadagi siyraklanish kamayadi va diafragma prujina ta‘sirida
qo‘zg‘aluvchan diskli tortqini yondirishni ilgarilatish burchagini kichraytirib
siljitadi.
Oktan-korrektor o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini yonilg‘ining oktan
soniga qarab kul bilan o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Yondirishni ilgarilatish
burchagini tirsakli valning burilish burchagiga qarab +12° atrofida
o‘zgartiriladi. Yondirishni ilgarilatish burchagini o‘zgartirish uchun plasti-
nalarni mahkamlovchi bolt bo‘shatiladi va uzgich-taqsimlagich korpusi
rostlash gaykalarini burab zarur tomonga buriladi. Keyin mahkamlash bolti bu-
rab qotiriladi. Oktan-korrektor shkalasining bitta bo‘linmasi yondirishni ilgar-
ilatish burchagini 2° ga o‘zgartirish imkonini beradi. Shunday qilib uzgich
taqsimlagichda yondirishni ilgarilatish burchagini o‘zgartirishga oid uchta
qurilma mustaqil ishlaydi. Markazdan qochirma rostlagich mushtchali vakuum
rostlagichi uzgichning qo‘zg‘aluvchan diskini va oktan-korrektor esa korpusini
buradi.